1.20-rasm. Chuqurlikdan yonilg’i tortuvchi nasos.
Bunday nasoslar bevosita sig’imlarga tushirilgan
bo’lib, bir navdagi yonilg’idan bir paytda bir necha
YOТKga yetkazib bera oladi. Har bir YOТKga ulangan
truba o’tkazgich kran orqali ochiladi va yopiladi.
Quyilayotgan yonilg’i miqdorining oxirgi 0.4-1.0
litri
qolganda
ishlovchi
elektromagnit
klapan
tarqatilayotgan (berilayotgan) yonilg’i miqdorining
aniqligini oshirish, bakdagi yonilg’ining sachrab isrof
bo’lishini oldini olishga mo’ljallangan bo’lib, u
kolonkani boshqarish tizimidagi avtomatik rejimda
amalga oshiriladi.
YOТKdan o’tayotgan yonilg’i hajmini o’lchash uchun hajm o’lchagichdan
foydalaniladi (1.21-rasm). U o’lchagich vazifasini bajaruvchi 4 ta silindrli korpusdan,
4 ta porshendan, har 2 porshenni birlashtiruvchi kulisadan ,
silindrlarning yon
qopqoqlaridan, zolotnikdan tashkil topgan. Porshenlar manjetalar yordamida
zichlanadi, har bir silindrning hajmi 125 sm
3
. Porshenlarning harakati to’rtta taqa
(upor) yordamida chegaralanadi, ushbu taqalar yordamida porshenlar harakati hamda
ular harakatidan hosil bo’luvchi o’lchash hajmini o’zgartish mumkin. Тaqalar maxsus
36
qopqoq bilan yopilib, plombalanadi. Yonilg’i bosimi ostida porshenlar galma-gal
hisoblagich o’qi tomon harakatlanib, ro’parasida joylashgan silindrdagi yonilg’ini
siqib chiqaradi va yonilg’i zolotnik va truboo’tkazgichdan shlangga o’tkaziladi va
jo’mrak orqali bakka quyiladi. Porshenlar harakati tirsakli valga va u orqali hisoblash
qurilmasiga uzatiladi va aylanma harakat hisoblagich ko’satkichlarini o’zgartirib
boradi.
1.21-rasm. Hajm o’lchagich chizmasi:
1- porshen, 2- zolotnik, 3- tirsakli val, 4- sozlash vinti, 5- ichki qopqoq, 6- tashqi
qopqoq, 7- kontr gayka, 8- zolotnik korpusi, 9- asosiy korpus,
10- kulisa.
Korpusga o’rnatilgan zolotnik tirsakli valdan harakatga keladi va zolotnikning
kirish va chiqish darchalarini o’zgartirish evaziga yonilg’i oqimini sozlab turadi.
Val tirsagi va kulisa orasidagi masofani o’zgartirish evaziga porshenning yo’li
va u yerdan o’tayotgan yonilg’i miqdorini ham o’zgartirish mumkin.
Hisoblash mexanizmi esa, har gal quyilgan yonilg’i miqdorini, hamda
hisoblagich orqali o’tgan jami yonilg’i miqdorini ko’rsatib boradi. Тirsakli valning 1
aylanishida uzatiladigan yonilg’i miqdori 0.5 litrga teng keladi va ushbu raqamlar
tirsakli valdan uzatilgan harakat orqali o’zgarib boradi.
YOТKning yana bir detali indikator deb nomlanadi, u tiniq shishadan qilingan
bo’lib, yonilg’i tarqatishda havo va gaz pufakchalari bor yo’qligini ko’rsatib turadi
(1.22-rasm).
37
Do'stlaringiz bilan baham: |