138
Neft bazasi va YOQSH tarkibini asosiy tashkil etuvchisi –
bu neft
mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun mo’ljallangan rezervuarlardir.
Vertikal va gorizontal joylashtirilgan po’lat rezervuarlarni ekspluatatsiyasi
atrof muhitni (havo, suv yuzalari, yer-tuproq) ruxsat etilgan me’yordan ortiq iflos
qilmasligi kerak. Rezervuarlardan atmosferaga asosan
neft mahsulotlarini qabul
qilish, saqlash va tarqatish jarayonida ajraladigan yonilg’i bug’lari chiqadi.
Rezervuarlardan chiqib atmosferani zararlantiradigan moddalarni hisoblashda
O’zbekiston Respublikasining «Atrof muhit muhofazasi haqida»gi qonuni va
«Rezervuarlardan chiqadigan zararli moddalar miqdorini aniqlash uslubiy
ko’rsatmasi»dan foydalaniladi.
Rezervuarlardan chiqayotgan moddalarni
hisoblash natijalari, texnologik
jarayoni neft mahsulotlari qabul qilish, saqlash va tarqatish bilan bog’liq bo’lgan
korxonalarning chegaraviy ruxsat etilgan zararli miqdorlarini hisobga olish va
me’yorlash uchun foydalaniladi.
Chegaraviy ruxsat etilgan tashlanma
deb shu korxonaning barcha
manbalaridan atmosferaga chiqayotgan zararli moddalarining yig’indisiga (ChRТ)
aytiladi. Chegaraviy ruxsat etilgan tashlanma me’yori (ChRТ) belgilangandan keyin
korxonada me’yoriy hujjatlar talabiga asosan o’tkaziladigan nazorat tashkil etilishi
shart.
Nazorat korxona kuchi yoki boshqa korxona tomonidan shartnoma asosida
amalga oshirilishi mumkin.
Havo namunasini olish joyi, davri, chastotasi va
ularning kerakli miqdori va
tahlil uslubi sanitar-epidemiologiya va gidrometeorologiya tashkilotlari bilan
kelishilgan holda tanlanadi.
Ish o’rnidagi (ishchining doimiy yoki vaqtincha bo’ladigan maydon yoki
poldan 2 m balandlikda) havoda zararli moddalarning yig’ilganlik darajasi chegaraviy
ruxsat etilgan konsentratsiyasi (ChRK) dan ortib ketmasligi shart mg/m
3
:
-
benzin uglerod hisobida
-
mineral moylar
-
tetraetilqo’rg’oshin
-
karbonat angidrid
—100;
— 5;
— 0,005;
— 20.
Aholi yashaydigan tumanlar uchun benzin bug’larining ChRK si (mg/ m
3
):
-
o’rtacha sutkalik
-
bir martali maksimal
— 1,5;
— 5.
YOQSH manbalaridan atmosferaga chiqadigan zaharli moddalarni kamaytirish
uchun quyidagi tadbirlar tavsiya etiladi:
rezervuarlar, texnologik jihozlar va truboprovodlarni to’liq texnik soz holda
saqlash. Ularning jipsligini ta’minlash;
nafas olish klapanlarini texnik sozligini ta’minlash, o’z vaqtida ularga texnik
xizmat ko’rsatish va kerakli sozlashlarni bajarish;
139
to’kish va o’lchash
qurilmalari, ko’rish va to’kish quduqlarining jipsligini
ta’minlash, shu jumladan neft mahsulotlarnini quyish va saqlash amallarini
bajarishda ham;
avtomobil sisternasi va YOQSH rezervuarlaridan neft mahsulotlarini tez
ajraydigan germetik muftalar ishlatib to’kish;
rezervuarlar va avtotransportni yonilg’i to’ldirishda mahsulotni toshib va
to’kilib ketishiga yo’l qo’ymaslik;
benzinli rezervuarning gir atrofini havo bo’shlig’i bilan o’rash;
rezervuarlarni va yonilg’i tarqatish kolonkalarini benzin bug’ini yig’ish va
bug’ni suyuqlikka aylantirish tizimi bilan jihozlash;
hisoblash – o’lchash qurilmalari, toshib ketishni
oldini oluvchi qurilmalari,
quyish – to’kish jarayonini zichligini ta’minlash tizimi, quyilayotgan neft
mahsulotini miqdorini massasi (hajmi) ni avtomatik o’lchash tizimi hamda
truboprovodlarning sozligini saqlab turish;
avtotransport vositalarining YOQSH xududida bo’lish vaqtini kamaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: