K ibraхimov, Т. Kadirshayev, A. Sobirjonov, N. Mo’minjonov, S. Raхimberdiyev



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/141
Sana16.03.2022
Hajmi4,85 Mb.
#496585
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141
Bog'liq
yonilgi quyish shoxobchasida texnik servis korsatish

Issiq qaytarish qoplamalari 
yerusti
 
rezervuarlarning tashqi yuzasini quyosh
radiatsiyasidan isib ketishini kamaytiradi. Natijada rezervuar ichidagi gazsimon hajm 
va neft mahsuloti yuza qismining haroratini o’zgarish amplitudasi pasayadi. 
Haroratning o’zgarishi kamaygani uchun neft mahsulotining bug’lanishi ham mos 
ravishda kam bo’ladi. Agarda rezervuar ichidagi haroratni kunlik o’rtacha havo 
haroratiga yaqinlashtirilsa bunday samara yanada ortadi. Rezervuar yuzasining 
rangiga qarab uning issiqlik qaytarish xususiyati o’zgarib boradi (4.3 – jadval). 
4.3-jadval 
Bo’yoq rangining quyosh nurini qaytarishga ta’siri 
Bo’yoq rangi 
Quyosh nurini qaytarish, % 
Oq 
90 
Oq - sariq 
88 
Pushti (Och – qizil) 
86 
Havo rang 
85 
Och - yashil * 
78,5 
Alyumin 
35—67 
Och – kul rang 
57 
Bo’yalmagan rezervuar 
10 
Qora 

Issiq qaytaruvchi PF-5135 va PF-5144 emallari neft mahsulotlarining 
bug’lanish natijasidagi yo’qotishlarni o’rtacha 16—30 % ga kamaytiradi. 
 
Neft mahsulotlarining atrof muhitga ta’sirini kamaytirish. 
Neft bazasi va 
YOQSH xududidan chiqayotgan uglevodorodlar bilan atmosferani zararlanishini 
kamaytirish uchun neft mahsulotlarining nobudgarchiligini yo’qotish va zararli 
moddalarning nazoratini tashkil etish chora – tadbirlarini ishlab chiqish zarur.


138 
Neft bazasi va YOQSH tarkibini asosiy tashkil etuvchisi – bu neft 
mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun mo’ljallangan rezervuarlardir. 
Vertikal va gorizontal joylashtirilgan po’lat rezervuarlarni ekspluatatsiyasi 
atrof muhitni (havo, suv yuzalari, yer-tuproq) ruxsat etilgan me’yordan ortiq iflos 
qilmasligi kerak. Rezervuarlardan atmosferaga asosan neft mahsulotlarini qabul 
qilish, saqlash va tarqatish jarayonida ajraladigan yonilg’i bug’lari chiqadi.
Rezervuarlardan chiqib atmosferani zararlantiradigan moddalarni hisoblashda 
O’zbekiston Respublikasining «Atrof muhit muhofazasi haqida»gi qonuni va 
«Rezervuarlardan chiqadigan zararli moddalar miqdorini aniqlash uslubiy 
ko’rsatmasi»dan foydalaniladi. 
Rezervuarlardan chiqayotgan moddalarni hisoblash natijalari, texnologik 
jarayoni neft mahsulotlari qabul qilish, saqlash va tarqatish bilan bog’liq bo’lgan 
korxonalarning chegaraviy ruxsat etilgan zararli miqdorlarini hisobga olish va 
me’yorlash uchun foydalaniladi.
Chegaraviy ruxsat etilgan tashlanma deb shu korxonaning barcha 
manbalaridan atmosferaga chiqayotgan zararli moddalarining yig’indisiga (ChRТ) 
aytiladi. Chegaraviy ruxsat etilgan tashlanma me’yori (ChRТ) belgilangandan keyin 
korxonada me’yoriy hujjatlar talabiga asosan o’tkaziladigan nazorat tashkil etilishi 
shart.
Nazorat korxona kuchi yoki boshqa korxona tomonidan shartnoma asosida 
amalga oshirilishi mumkin.
Havo namunasini olish joyi, davri, chastotasi va ularning kerakli miqdori va 
tahlil uslubi sanitar-epidemiologiya va gidrometeorologiya tashkilotlari bilan 
kelishilgan holda tanlanadi.
Ish o’rnidagi (ishchining doimiy yoki vaqtincha bo’ladigan maydon yoki 
poldan 2 m balandlikda) havoda zararli moddalarning yig’ilganlik darajasi chegaraviy 
ruxsat etilgan konsentratsiyasi (ChRK) dan ortib ketmasligi shart mg/m

:
-
benzin uglerod hisobida 
-
mineral moylar 
-
tetraetilqo’rg’oshin 
-
karbonat angidrid 
—100; 
— 5; 
— 0,005; 
— 20. 
Aholi yashaydigan tumanlar uchun benzin bug’larining ChRK si (mg/ m
3
): 
-
o’rtacha sutkalik 
-
bir martali maksimal 
— 1,5; 
— 5. 
YOQSH manbalaridan atmosferaga chiqadigan zaharli moddalarni kamaytirish 
uchun quyidagi tadbirlar tavsiya etiladi: 

rezervuarlar, texnologik jihozlar va truboprovodlarni to’liq texnik soz holda 
saqlash. Ularning jipsligini ta’minlash; 

nafas olish klapanlarini texnik sozligini ta’minlash, o’z vaqtida ularga texnik 
xizmat ko’rsatish va kerakli sozlashlarni bajarish; 


139 

to’kish va o’lchash qurilmalari, ko’rish va to’kish quduqlarining jipsligini 
ta’minlash, shu jumladan neft mahsulotlarnini quyish va saqlash amallarini 
bajarishda ham; 

avtomobil sisternasi va YOQSH rezervuarlaridan neft mahsulotlarini tez 
ajraydigan germetik muftalar ishlatib to’kish; 

rezervuarlar va avtotransportni yonilg’i to’ldirishda mahsulotni toshib va 
to’kilib ketishiga yo’l qo’ymaslik; 

benzinli rezervuarning gir atrofini havo bo’shlig’i bilan o’rash; 

rezervuarlarni va yonilg’i tarqatish kolonkalarini benzin bug’ini yig’ish va 
bug’ni suyuqlikka aylantirish tizimi bilan jihozlash; 

hisoblash – o’lchash qurilmalari, toshib ketishni oldini oluvchi qurilmalari, 
quyish – to’kish jarayonini zichligini ta’minlash tizimi, quyilayotgan neft 
mahsulotini miqdorini massasi (hajmi) ni avtomatik o’lchash tizimi hamda 
truboprovodlarning sozligini saqlab turish; 

avtotransport vositalarining YOQSH xududida bo’lish vaqtini kamaytirish. 

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish