O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


davlat byudjetining joriy xarajatlari



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

davlat byudjetining joriy xarajatlari
deyiladi. 
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra davlat byud-jetining xarajatlari 
iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy 
qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi. Bu xarajatlarga, dastlab, davlat 
korxonalari va davlat ulushi bor bo’lgan korxonalarning ustav kapitalini 
shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy 
zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi.
Davlat byudjetiningijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash 
xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol 
fondlarini shakllantirish bilan bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining 
shaxsiy, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga 
mo’ljallangan. Bunda davlat byudjetining xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini 
(mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) 
shakllantirishni to’liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman (markazlash-
tirilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, 
davlat byudjeti mablag’larining katta qismidan shaxsiy iste’mol fondlarining 
ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, 
ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan 
xizmatlar bahosi o’rtasidagi farqlarni qoplash, ko’p bolali va kam ta’minlangan 
oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo’lgan qismini shakllantirishda 
keng foydalaniladi. 
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo’yicha guruhlarga ajratishga 
asos qilib milliy iqtisodiyotning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo’linishi qabul 
qilingan. Shunga muvofiq ravishda davlat byudjeti xarajatlari sanoat, qishloq 
xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, 
fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. 
xarajatlariga bo’linishi mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlari milliy iqtisodiyot (xo’jalik) tarmoqlarining pul 
fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda,
xarajatlarning tarmoqlararo bo’linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi 
nisbatlarini aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo’jalikning tarmoq tarkibiy 


170 
tuzilishini kerakli yo’nalishga o’zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda 
mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi davlat byudjeti mablag’-
larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo’llab-
quvvatlashga yo’naltirish imkonini bera-yapti. Bir vaqtning o’zida 
iqtisodiyotning ustuvor tarmoq-larini (mashinasozlik, qishloq xo’jaligi, 
elektroenergetika va boshqalar) keng ko’lamlarda byudjetdan moliyalashti-rilishi 
ham ta’minlanmoqda. 
Ijtimoiy yo’nalishi bo’yicha davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy 
guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan 
funksiyalarni o’zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq davlat byudjetining barcha 
xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 

ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo’llab-quvvatlash xarajatlari; 

milliy xo’jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar; 

mudofaa xarajatlari; 

boshqaruv xarajatlari. 
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z tarkibiga 
maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun 
ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash 
va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o’zida aks 
ettirib, bu guruhdagi davlat byudjetiningxarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish 
va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy 
xizmatga bo’lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni 
amalga oshirishga keng yo’l ochib beradi. 
Iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo’jalik yurituvchi 
asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng 
miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida 
qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va 
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga 
imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida 
iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish xarajatlari alohida 
o’rin egallaydi. 
Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib 
chiqadi. Ular har bir davlatning o’z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan 
bog’liq-dir. Qurolli Kuchlarning barcha turlari davlat byudjeti mablag’lari hisobidan 
moliyalashtiriladi. 
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga oshirilishi, 
uning xo’jalik-tashkilotchilik funksiyasi davlat byudjetidan boshqaruv xarajatlari 
deb nomlangan alohida xarajatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat 
hokimiyati organlari, sud va prokuratura fuqaro-larning o’zini-o’zi boshqaruv 


171 
organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, 
jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi. 
Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi to’rtta guruhdan qaysi 
biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o’zlarining aniq maqsadlarga mo’ljallanganligi 
bo’yicha ham bir necha qismlarga bo’linadi. Bu qismlar davlat byudjeti 
xarajatlarining aniq turlaridan tarkib topadi. Kapital qo’yilmalar, dotatsiyalar, 
subventsiyalar, subsidiyalar, davlat byudjeti ssudalari, ish haqi, ovqatlanish 
xarajatlari, kapital va joriy remont, kantselyariya va xo’jalik xarajatlarini davlat 
byudjeti xarajatlarining aniq turlari sifatida ko’rsatish mumkin. Davlat byudjeti 
xarajatlarining ma’lum aniq maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha turkumlanishi 
davlat byudjeti mablag’la-ridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, davlat 
byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy 
nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi. 
Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtai nazardan turkumlarga ajratish bilan birga 
xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida 
yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, assotsiatsiyalar, birlashmalar, 
kontsernlar, korxonalar), davlat byudjeti xarajatlari va hududiy belgilar yotishi 
mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo’yicha guruhlanishi 
davlat byudjeti mablag’larini aniq oluvchilarni ko’rsatadi va ular tarmoq ichida pul 
fondlarini shakl-lantirishda mas’ul bo’lib, ajratilgan davlat byudjeti mablag’-laridan 
o’z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar. 
Davlat byudjeti xarajatlarini hududiy belgiga mos holda bo’linishi ular 
markazlashuvining turli darajalarini o’zida aks ettiradi. Shu munosabat bilan, 
davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 
xarajatlari respublika va mahalliy byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi. 
Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat
53


ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari; 

nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari; 

iqtisodiyot xarajatlari; 

markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; 

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura 
organlarini saqlab turish xarajatlari; 

sudlarni saqlab turish xarajatlari; 

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; 

boshqa xarajatlar. 
Davlat byudjetining xarajat qismi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining, 
Qoraqalpo-g’iston 
Respublikasi 
respublika 
53
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”ning
69- moddasi. -T.: “Adolat”, 2014 y. 9-b.


172 
byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudje-
tining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari hisobga olinadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning 
daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik xarajatlarning 
miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o’zaro ta’sir 
ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, davlat byudjeti 
xarajatlarining hajmi davlat byudjeti daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O‘z 
navbatida, davlat byudjeti daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy 
imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda davlat byudjeti 
xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo’ja-likda pul fondlarini 
shakllantirishda davlat byudjeti mablag’-laridan foydalanishning shunday 
muddatlarini o’rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga 
erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli 
bajarilishini ta’minlasin. Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o’sishiga 
ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo’jalikdagi 
proportsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari uning 
daromadlari darajasining ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy 
xo’jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni dolzarb muammoga 
aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat 
unga tegishli bo’lgan daromadlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor 
berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning o’zida, 
jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muam-molarning qay darajada 
hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xo’jalikning 
yakuniy natijasi davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy 
tuzilishiga, davlat byudjeti mablag’laridan to’g’ri, tejamli va samarali 
foydalanishga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat byudjeti 
xarajatlarining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga, davlat byudjeti 
mablag’laridan foydalanish ustidan o’rnatilgan moliyaviy nazorat tizimiga alohida 
e’tibor berish lozim. 
Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositalaridan biri ham 
davlat byudjetining xarajat-laridir. Moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy 
xo’jalikdagi oqilona nisbat (proportsiya)larni ta’minlash maqsadida davlat 
byudjeti mablag’larini tarmoqlar va hududlar bo’yicha taqsimlash va qayta 
taqsimlashning shakllari va metodlari majmui tushuniladi. Milliy xo’jalikni 
moliyaviy tartibga solishning obyektiv zarurligi katta o’zgaruvchanlik bilan 
xarakterlanadigan, uning murakkab organizmi turli qismlarida moliyaviy resurslarni 
jamg’arish sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi. Davlat byudjeti resurslarini 
sarf qilish orqali davlat pul mablag’larini taqsimlashda vujudga kelgan 


173 
proportsiyalarni o’zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning 
(hududlarning) rivojlanishini tezlashtirishi va boshqalarining rivojla-nishini 
rag’batlantirmasdan, milliy xo’jalikning rivojla-nishini tartibga solishi mumkin. 
Davlat byudjeti mablag’larining katta qismini muhim ishlab chiqarish-hududiy 
komplekslarni rivojlantirishga sarflash sekin-astalik bilan chuqur sifat 
o’zgarishlarining sodir bo’lishiga – ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy 
tuzilmasining o’zgarishiga olib keladi. 
Mamlakat iqtisodiyotini moliyaviy jihatdan tartibga solish davlat byudjeti 
daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida 
amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq davlat byudjeti 
xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga (tarmoq, vazirlik va maqsadli 
yo’nalishlarga) va vertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda) 
taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar-ning sodir bo’lishi uchun tegishli 
sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining 
ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida 
va undan tashqarida keng xarajat qilish imkoniga ega bo’ladi. Mablag’larni 
konkret taqsim-lovchilarga davlat byudjeti kreditlarini ochish, davlat byudjeti 
mablag’-larini berish va ulardan samarali foydalanishni nazorat qilib, moliya 
organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan kuzatuv olib boradilar va zarur 
holatlarda taqsimlanayotgan davlat byudjeti mablag’larining proportsiyalarini 
o’zgartiradilar. 
Daromadlarni davlat byudjetidagi xarajatlarning aniq turlari va yo’nalishlari 
bo’yicha biriktirilishi prinsipi bo’lmaganligi uchun bu yerda davlat byudjeti 
resurslarini keng miqyosda o’tkazish va shunga muvofiq ravishda davlatning 
ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’laridan har qanday zarur yo’nalishlarda 
foydalanilishi mumkin. 
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning 
tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xo’jalikning 
ehtiyojlariga bog’liq hamda davlat byudjeti mexanizmi orqali ishlab chiqarish va 
iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar 
bilan belgilanadi. 
Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byud-jetdan moliyalashtirish 
orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish 
deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga 
byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag’larini taqdim 
etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda 
ma’lum bir prinsiplarga tayanadi. Byudjetdan moliya-lashtirishning prinsiplari, 
shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy elementlari bo’lib hisoblanadi va uning 
amal qilish natijalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar 


174 
hal etilayotgan paytda byudjetdan oqilona va samarali moliyalashtirish tizimining 
ahamiyati yanada ortadi. 
Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, 
moliyalashtirish prinsiplari muhim rol o’ynaydi. Hozirgi amaliyotda 
foydalanilayotgan byudjetdan moliyalashtirishning prinsiplarini umumiy va 
xususiy guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy prinsiplar byudjetdan mablag’ 
oladigan barcha subyektlarning faoliyatiga tegish-lidir. Xususiy prinsiplar esa
subyektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda davlat byudjeti 
mablag’larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi. 
Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyidagilardan iborat 
bo’lishi mumkin: 

minimum xarajatlardan maksimum samara olish; 

davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi; 

ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag’lardan 
foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat byudjeti mablag’larini taqdim etish. 
Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamo-yillar bilan birgalikda 
xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: 

davlat byudjeti mablag’larini faqat ishlab chiqarishni kengay-tirish 
xarajatlariga ajratish; 

davlat byudjeti mablag’larining miqdorini aniqlashda “qoldiq” 
yondashuvidan foydalanish;

byudjetdan moliyalashtirish rejalashtirilayotgan xarajatlardan kredit 
metodini ta’minlash bilan birgalikda foydalanish; 

korxonalarning moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish prinsipi va 
boshqalar. 
Amaliyotda 
byudjetdan 
moliyalashtirishning 
turli 
shakllaridan 
foydalaniladi. Smetali moliyalashtirish, dota-tsiya, subventsiya, subsidiya, davlat 
byudjeti ssudalari, baholardagi farqni qoplash va boshqalar byudjetdan 
moliyalashtirishning shakllaridir. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish