O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

davlat byudjeti
deyiladi.
 
Davlat byudjetiga uning faqat amaliy ahamiyatini tavsiflovchi quyidagicha
ta’rif berish ham mumkin: 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti 
(Davlat byudjeti) – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy 
jihatdan ta’minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul 
jamg’armasi”
52

Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda uning boshqa taqsimlash 
instrumentlari va moliya tizimining bo’lin-malari bilan o’zaro aloqalari muhim 
rol o’ynaydi. Shu bois ta’kidlash joizki, davlat byudjeti jamiyatning boshqa 
taqsimlash instrumentlari (baho, kredit, ish haqi va boshqalar) va moliya 
tizimining bo’linmalari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik 
davlat byudjetining mohiyatidan, taqsimlash munosabatlari tizimidagi roli va 
o’rnidan kelib chiqadi. Davlat byudjetdan markaziy taq-simlash mexanizmi sifatida 
foydalanadi, u ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi nisbat (proportsiya)larni tartibga solishga 
yordam beradi. 
52
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.


156 
Davlat byudjetining baho bilan o’zaro bog’liqligi ikki yoqlamalik xarakterga 
ega. Bir tomondan, davlat byudjeti baho mexa-nizmidan moliyaviy resurslarni jalb 
qilish uchun foyda-lanadi. Masalan, davlat byudjeti daromadlarning bir qismi 
qo’shilgan qiymat solig’i shaklida bo’lib, bu soliq bahoning, aniqrog’i, sof 
daromadning elementlari tarkibiga kiradi. Bu baho ko’rinishida davlat byudjeti 
tomonidan sof daromadning bir qismini davlatning ixtiyoriga olishda alohida 
mexanizm rolini o’ynamoqda. Boshqa tomondan esa, davlat byudjeti mol yetkazib 
beruvchilarning yo’qotganlarini qoplash yo’li bilan bahoning qiymatdan 
farqlanishida moliyaviy imkoniyatlar yaratib, baholarni shakllantirishda ham 
ishtirok etadi. Masalan, mamla-katimizda agrar soha uchun qishloq xo’jaligi 
texnikalari va mineral o’g’itlar yetkazib berish bu sohada faoliyat ko’r-satuvchi 
subyektlarga ularning haqiqiy qiymatidan past baholarda amalga oshirilib, 
baholar o’rtasidagi farq davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Bunday hollarda 
davlat byudjeti baholarni shakllantirish mexanizmidan foydalangan holda qishloq 
xo’jaligi tarmog’ini bilvosita qo’shimcha moliyalashtiradi. Aholi uchun ijtimoiy 
ahamiyat kasb etuvchi xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplanishi ham 
xuddi shu mexanizmga asoslangan. 
Davlat byudjetining uzoq va qisqa muddatli kreditlar bilan o’zaro bog’liqligi 
ham o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo, amaliyotda davlat byudjeti va 
kredit resurslarining o’zaro almashuvchanligi tarkib topganligini e’tirof etish 
kerak. Mablag’larning kredit va davlat byudjeti manbalari bir-birini to’ldirib 
turishi mumkin. Albatta, bunday o’zaro ta’sirchanlik (bog’liqlik) obyektiv 
ravishda o’zining chegara-siga ega bo’lib, undan chetga chiqish iqtisodiy jihatdan 
maqsadga muvofiq emas. Masalan, shunday faoliyat sohalari va moliyalashtirish 
obyektlari mavjudki, unda faqat davlat byudjeti va aksincha, faoliyatning tijorat 
turlarida, asosan, kredit hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin. 
Davlat byudjeti va kreditning o’zaro bog’liqligi bank-larning kredit 
resurslarini shakllantirish jarayonida ham yaqqol namoyon bo’ladi. Davlat 
byudjeti, avvalo, zarur hollarda banklarning qat’iy passivlarini shakllantirish-ning 
muhim manbai sifatida maydonga chiqadi. Ular, o’z navbatida, uzoq muddatli 
kreditlashtirish (ustav fondi, zaxira fondi, banklarning kredit resurslarini to’ldirish 
uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablag’lari va boshqalar) uchun zarur. Bundan 
tashqari, davlat byudjeti hisobvaraqlarida va davlat byudjeti tashkilotlarining 
hisobvaraqlarida bo’lgan davlat byud-jetining vaqtincha bo’sh mablag’lari qisqa 
muddatli kredit-lashtirish yo’li bilan banklarning kredit resurslarini to’ldirishi 
mumkin. Shu bilan birgalikda, banklarning kredit operatsiyalari daromadlarni 
shakllantirib, bu ularning daromadining bir qismini byudjetga olishda manba 
bo’lib xizmat qiladi. 


157 
Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi ham davlat byudjeti bilan uzviy 
bog’langan. Xususan, ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning ish 
haqi fondini shakllantirishda davlat byudjetining mablag’lari hal qiluvchi rol 
o’ynaydi. 
Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o’rin egallab, uning 
barcha bo’linmalari bilan bog’langan. Bunday bog’lanish ikki yo’nalish – 
byudjetga to’lovlar va byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa 
bo’linmalari singari ikki xil funksiyani bajaradi: 
1)
taqsimlash; 
2)
nazorat. 
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon 
bo’ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash 
munosabatlarining mazmu-nida yaqqol ko’rinadi. Davlat byudjeti orqali amalga 
oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning 
uchun ham davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi o’ziga xos bo’lgan 
xususiyatga ega bo’lib, undan taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta 
taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida davlat 
byudjeti mablag’lari (byudjetga to’lovlar) milliy daromadda davlatning ulushi 
sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga 
bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va 
fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi. 
Aholining byudjetga to’lovlari ham qayta taqsimlash xarakteriga ega. 
Ularning byudjetga turli soliqlar ko’rinishida kelib tushishi ikkinchi taqsimlash 
aktidan iboratdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar 
tomonidan turli ko’rinishdagi soliqlarning byudjetga to’lanishi ham bu 
mablag’larning ko’p sonli taqsimlash bosqichlaridan o’tishini taqozo etadi. 
Chunki juda ko’p hollarda bu mablag’lar ancha oldinroq davlat byudjeti 
yordamida taqsimlanish bosqichidan o’tib, ijtimoiy sohaga davlat byudjeti 
mablag’lari shaklida etib borgan bo’ladi. 
Demak, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy 
daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning davlat byudjeti mexanizmi 
orqali bir necha marta taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) mumkin. Bu davlat 
byudjeti taqsimlash funksiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir. 
Amalga oshiriladigan operatsiyalar ko’lamining, pul oqimlarining kengligi va 
tashkil topadigan maqsadli fondlarning xilma-xilligi davlat byudjeti taqsimlash 
funksiyasining ikkinchi xususiyati bo’lib hisoblanadi. Davlat byudjeti yalpi ichki 
(milliy) mahsulotning kattagina qismini taqsimlab, turli maqsadlarga mo’ljallangan 


158 
turli fondlarni shakl-lantiradi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning 
barcha bo’linmalari bevosita yoki bilvosita bog’langandir. 
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasining uchinchi xarakterli xususiyati 
shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy obyekti bo’lib jamiyatning sof 
daromadi (qo’shilgan qiymat solig’i, foyda va boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin 
bu milliy daromad, yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylikning boshqa 
elementlarining ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Davlat 
byudjeti orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslarning daromadlari ham qayta 
taqsimlanadi. Shuningdek, davlat byudjeti mexanizmi orqali xo’jalik yurituvchi 
subyektlar o’rtasida ham mablag’-lar qayta taqsimlanishi mumkin. 
Davlat byudjeti kanallari bo’yicha qiymatning jamg’arish va iste’mol 
fondlari tomon harakati sodir bo’ladi. Iqtisodiyotga xarajatlarning ma’lum bir 
qismi, markazlash-tirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish va ijtimoiy sohani 
saqlash bilan bog’liq bo’lgan xa-rajatlarning asosiy qismi davlat byudjeti 
mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlatning moddiy rezervlari o’sgan 
qismining hammasi ham byudjetdan to’liq moliyalash-tiriladi. Davlat byudjeti 
ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi, 
ijtimoiy soha xodimlari uchun iste’mol fondining yaratilishini ta’minlaydi. 
Davlat byudjeti orqali taqsimlash jarayoni ko’p bosqichda amalga oshiriladi. 
Agar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohalarida (birlamchi taqsimlash) amalga 
oshirilsa, davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotning ikkilamchi 
taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) sodir bo’ladi. Uning uchinchi bosqichi 
(byudjetdan moliyalashtirish) iqtisodiyot va ijtimoiy soha-larning bo’linmalarini 
qamrab oladi. Biroq taqsimlanayotgan yalpi ichki (milliy) mahsulotning ayrim 
elementlari davlat byudjeti orqali ko’p martalab ham taqsimlani-shi mumkin. 
Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining ijtimoiy sug’urta fondiga to’lovlari 
byudjetli taqsimlashning mahsulidir. Chunki bu soha tashkilotlarida ish haqi fondi 
byudjetdan moliyalash-tirish asosida vujudga keladi. Lekin taqsimlashning 
ikkinchi bosqichidan o’tib, ular yana ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar shaklida 
byudjetga kelib tushadi. 
Shunday qilib, davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi taqsimlashning ko’p 
martaligi bilan xarakterlanadi. U ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida 
namoyon bo’ladi. Jamiyat iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, 
san’at, mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan foydalanadi. 
Faqat davlat byudjetidagina yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash-ning ana 
shunday xilma-xil shakllari va metodlari namoyon bo’ladi. 
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. 
Davlat byudjetiningmilliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi takror ishlab 


159 
chiqarishning barcha bo’linmalarida ahvolning qandayligi to’g’risida ma’lumotlar 
bilan doimiy ta’minlab turadi.
Mablag’larning byudjetga kelib tushishi, byudjetdan ajratiladigan 
mablag’larning yo’nalishi va ulardan foyda-lanish ishlab chiqarish, taqsimlash, 
almashuv va iste’mol-dagi muvaffaqiyat va kamchiliklarni ifoda etadi. Ular milliy 
iqtisodiyotda 
nomutanosibliklarning 
vujudga kelayotganligi, 
rivojlanish 
sur’atlaridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bo’layotgan taqsimlash 
jarayon-larining to’g’riligi va o’z vaqtida amalga oshirilayotganligi, ishlab 
chiqarishning samaradorligi va hokazolar to’g’risida go’yo signal berib turadi. 
Milliy iqtisodiyotning istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, 
albatta, davlat byudjeti bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarga – soliqlarga, 
to’lovlarga, byudjetdan moliyalashtirish hajm-lariga va hokazolarga ta’sir 
ko’rsatadi. Demak, davlat byudjeti orqali rejadan og’ish tufayli tarmoqlararo 
moliyaviy aloqalar va davriy qisman disproportsiyalar, jamg’arma-larning hajmi, 
mablag’larni o’zlashtirish sur’atlari va boshqalardagi o’zgarishlar yaqqol ko’rinib 
turadi. Bularning barchasi davlat byudjetining nazorat funksiyasiga umumiylik, 
universallik xarakterini beradi (birinchi xususiyat). Bu esa, o’z navbatida, milliy 
iqtisodiyotni boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng 
foydalanish uchun sharoit yaratadi. 
Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli bo’lgan ikkinchi xarakterli 
xususiyat moliyaviy munosabat-larning alohida sohasi sifatida davlat 
byudjetining 
yuqori 
darajada 
markazlashtirilganligidan 
kelib 
chiqadi. 
Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot 
berib turishi-ni, ma’lum ketma-ketlikda bo’ysunishning tizimliligini anglatadi. Bu 
esa, o’z navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil 
etishga shart-sharoit yaratib beradi. 
Kuchli majburiylik, imperativlik davlat byudjetining nazorat funksiyasiga 
tegishli bo’lgan uchinchi xususiyatdir. Davlat byudjeti davlatniki bo’lganligi 
uchun uning nazorat funk-tsiyasi milliy iqtisodiyotni boshqarish vositalaridan biri 
hisoblanadi. Nazorat funksiyasining obyektiv ravishda byudjetga xosligi, uning 
iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyati davlatning huquqiy asosga egaligini 
taqozo etadi. Shuning uchun ham davlat byudjeti nazorati o’ta ta’sirchan va 
samarali hisoblanadi. Davlat bunday nazoratni amalga oshira borib, 
subyektlarning moliyaviy faoliyatiga tezkor ravishda aralashuvi, kerakli hollarda 
esa, u yoki bu jazolarni qo’llashi mumkin. 
Ob’ektiv ravishda byudjetga xos bo’lgan nazorat funk-tsiyasi faoliyatning 
barcha sohalarida davlat tomonidan keng qo’llaniladi. Byudjetni rejalashtirish 
jarayonlarida va uni ijro etishda subyektlar faoliyatining barcha tomonlari 


160 
tekshirilishi yoki nazorat qilinishi mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi 
maqsadlarni ko’zda tutadi:
1)
davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag’larini jalb 
qilish; 
2)
mablag’larni sarflashning qonuniyligini ta’minlash; 
3)
moliyaviy 
(byudjet) 
mexanizm 
orqali 
ishlab 
chiqarishning 
samaradorligini oshirish. 
Davlat byudjetining funksiyalari uning iqtisodiy mohi-yatini ifoda etib, 
byudjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda o’zini namoyon etadi. 
Davlat byudjetiningtaqsimlash va nazorat funksiyalari o’z harakatlari 
davomida miqdoriy va sifat tomonlarga egadir. 
Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fondning hajmini 
ifodalashi bilan xarakterlanadi. Bunda turli fondlarning nisbatlari va ularning 
miqdoriy para-metrlarini to’g’ri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki 
funksiyaning harakati bir xilda muhimdir. Agar davlat byudjetiningtaqsimlash 
funksiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki kamaytirish yo’li bilan uni ko’zlangan 
darajaga etkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funksiyasi esa ana 
shunday taqsimlashning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga 
imkon beradi. 
Taqsimlashning sifat tomoni davlat byudjeti tomonidan subyektlar 
faoliyatiga har tomonlama faol ta’sir ko’r-satadi va o’zida chuqur aloqalarni 
ifodalaydi. Byudjetdan moliyalashtirishdan to’g’ri foydalangan holda fondlarning 
shakllantirilishi davlat byudjeti mablag’larini iqtisod qilib, ulardan samarali 
foydalanishiga, iqtisod rejimiga rioya qilinishiga, subyektning barcha 
bo’linmalarida samara-dorlikni oshirishga xizmat qiladi. Bunga davlat 
byudjetiningtaqsimlash funksiyasi faqat miqdoriy omillarga bo’ysun-dirilganda 
emas, balki u sifat ko’rsatkichlariga ham bog’langandagina erishilishi mumkin. 
Bu holatda davlat byudjetiningnazorat funksiyasi ham o’z yo’nalishini biroz 
o’zgartiradi: u faqat fondlarning miqdoriy jihatdan nomuvofiqligi to’g’risida emas, 
balki ana shu nomuvofiq-liklar sifat ko’rsatkichlariga ham ta’sir ko’rsatganligi 
to’g’risida signal beradi. 
Davlat byudjetining ikkala funksiyasidan foydalanish natijasida 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish