O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

7-MAVZU: DAVLAT BYUDJETI 
REJA: 
1.
 
Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati. 
2.
 
Davlat byudjetining daromadlari. 


147 
3.
 
Davlat byudjetining xarajatlari. 
4.
 
Davlat byudjeti defitsiti
 
va uni moliyalashtirish. 
1.
 
Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati 
 
Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida 
paydo bo’lgan. Davlat byudjeti tashkil etishga ehtiyoj, eng avvalo, siyosiy 
tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir.
 
Har bir davr 
ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy 
belgilari davlat faoliyati va davlat byudjetiningtaqsimlash mexanizmi sifatidagi 
mazmunini belgilab beradi. 
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda 
etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy 
daromadning muayyan qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli 
sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, 
boshqaruv, mudofaa va boshqalar) mablag’ bilan ta’minlash imkonini beradigan 
muhim taqsimlash vositasidir.
Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi 
bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha belgilarga ega va unga 
tegishli bo’lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti 
faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z 
navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib 
turadi va unda markaziy o’rinni egallashga asos bo’ladi. Uning ana shunday 
xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har 
bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-
da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarni asosiy 
taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. 
Davlat byudjeti juda keng qamrovli va murakkab tushuncha bo’lib, uni 
boshqarishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, tegishli kodeks, 
qonun, farmon, qaror va qonunosti hujjatlari huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. 
Ularning ichida eng muhimlaridan biri “O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
byudjeti Kodeksi” hisoblanadi”.
Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim 
xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiy byudjetlar ko’pligiga qaramasdan, 
ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga ketma-ket bo’ysunishiga 
rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning o’zida davlat 
byudjeti resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm 
prinsiplariga ham rioya qilinadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari 
o’zlarining davlat byudjeti mablag’lariga ega va o’zlariga tegishli davlat byudjeti 
huquqlaridan foydalanadilar. Davlat byudjetiga xos ana shu xarakterli belgilar 


148 
mablag’lar bilan manyovr qilish va davlat byudjeti siyosatini oqilona tashkil etish 
uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. 
Moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan farqli holda, davlat byudjetida, 
ikki tushunchaning terminologik qo’shilishi mavjud:
1) davlat byudjeti – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 
2) davlat byudjeti – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.
Ayrim hollarda davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy 
moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to’g’ri deb e’tirof etib bo’lmaydi. 
Chunki iqtisodiyotga tegishli bo’lgan har qan-day reja u yoki bu iqtisodiy 
kategoriyaning namoyon bo’lish shakllaridan biri hisoblanadi. Shunga muvofiq 
ravishda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi davlat byudjeti kategoriyasining 
namoyon bo’lish shaklidir. Ya’ni davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy 
rejasi sifatida iqtisodiy kategoriya va byudjetga xos bo’lgan xususiyatlar 
majmuining namoyon bo’lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy 
moliyaviy rejasi sifati-da ularning “davlat byudjeti” deb bir xil nomlanishi 
predmetning mohiyatini o’zgartirmaydi va davlat byudjetini iqtisodiy (moliyaviy) 
kategoriyalar tarkibidan chiqarishga asos bo’la olmaydi.
Bundan kelib chiqadigan 
asosiy xulosa shuki, davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning 
qo’shilishini tushunmoq kerak:
1) davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida 
vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya); 
2) shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy 
moliyaviy rejasi. 
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi (instrumenti) 
sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliya yordamida 
taqsimlash qiymatning shakllari o’zgargan sharoitda va ko’plab oldi-sotdilar 
natijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning davlat byudjeti orqali 
taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. 
Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning 
harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat 
byudjetidan tashqarida, davlat byudjeti resurslari sarflanayotganda taqsimlash va 
almashuv operatsiyalarining qayta qo’shilib ketishi sodir bo’ladi. 
Moliya tizimining boshqa barcha bo’linmalari va iqtisodiy (moliyaviy) 
kategoriyalar (baho, ish haqi, kredit va boshqalar) bilan chambarchas bog’liqligi 
ham davlat byudjetiga xos xususiyatdir. 
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan 
taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. 


149 
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning 
o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichdan 
iborat bo’ladi:
1)
umumdavlat pul fondini shakllantirish (davlat byudjeti daromadlari); 
2)
hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli davlat byudjeti 
fondlarini yaratish; 
3)
davlat byudjeti fondidan foydalanish (davlat byudjeti xarajatlari). 
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning bu 
bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu ularning nisbatan 
alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo’lish va ularni alohida-
alohida ko’rib chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va 
metodlari to’g’risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. 
Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag’larining 
bir qismi davlatning qo’lida to’planishi (jamlanishi) sodir bo’ladi. Ana shu asosda
mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida 
moliyaviy (byudjet) munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, 
majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining 
xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib, 
ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – 
umumdavlat ehtiyojlarini qondi-rishga yo’naltirilgan. Davlat pul fondining 
alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish 
boshlanganda barham beriladi. 
Davlat byudjeti fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi:
1)
byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 
2)
davlat byudjetining daromadlari. 
Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ikkalasi ham
davlat va mablag’ to’lovchilar o’rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash 
munosabatlarini ifoda etadi. Bu yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy 
jihatdan ham bir xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham milliy 
daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning ikkiyoqlamalik 
xarakterga egaligini ham unutmaslik lozim. 
Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng 
avvalo, to’lovchilarning xara-jatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan 
chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari 
sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan 
ishtirokchilar (tomon-lar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga 
keladi. Davlat davlat byudjetiningdaromadlarini oshi-rishdan manfaatdor bo’lsa, bu 
narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfa-
atdorligini (qiziquvchanligini) pasaytiradi. 


150 
Shunday qilib, “byudjetga to’lovlar” va “davlat byudje-tining daromadlari” 
tushunchalari yuqorida ko’rsatilgan umumiylikka ega bo’lsalar-da, bir vaqtning 
o’zida, ular o’rtasida obyektiv farqlar ham mavjud. Byudjetga to’lovlar xo’jalik 
yurituvchi subyektlar yoki to’lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan 
hisoblanadi va boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o’zaro organik bog’liqlikda 
ko’riladi; davlat byudjetida ular daromadlar shaklini oladi va davlat 
byudjetiningsubyektlar (xo’jaliklar) bilan davlat byudjeti munosabatlari keng 
sohalarining boshqa elementlari bilan o’zaro bog’liqlikda tahlil qilinadi. Bu 
holda, taqsimla-nayotgan milliy daromadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy 
mazmun kasb etadi va moliya tizimining turli bo’lin-malarida turlicha ko’rinishga 
ega bo’ladi. 
Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitligi (yagonaligi, birligi) 
bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga – ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga 
xizmat qiladi. Undirish metodlari, to’lovchilarning tarkibi, to’lash muddat-lari va 
hokazolarda katta farqlanishlar bo’lishiga qara-masdan, ularning barchasi davlat pul 
fondini shakllantirish bo’yicha davlat va to’lovchilar o’rtasida vujudga kelgan 
taqsimlash munosabatlarini tashuvchilar (ifodalovchilar)dir. Bu o’z navbatida, 
mablag’larni to’lovchilar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning barchasi 
orasidan moliyaviy (byudjet) kategoriyaning bir ko’rinishi sifatida alohida 
munosabatlarni ajratib olishga asos yaratib beradi. Agar 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish