O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


moliya iqtisodiy kategoriya  sifatida e’tirof etilgan bo’lsa,  davlat byudjeti



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

moliya
iqtisodiy kategoriya 
sifatida e’tirof etilgan bo’lsa, 
davlat byudjeti 
bu kategoriyaning tarkibiy qismi, 
ko’rinishlaridan biridir. O‘z navbatida, davlat byudjeti o’ziga tegishli bo’lgan
(byudjet) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular 
davlat byudjeti
deb nomlangan 
kategoriyaga nisbatan ma’lum darajada bo’ysunuvchanlik xarakteriga ega bo’lib, 
uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqadi. Ana shunday davlat byudjeti 
kategoriyalaridan biri 
davlat byudjetining daromadlaridir. 
Davlat byudjeti daromadlarining
davlat byudjeti kategoriya-larining 
ko’rinishlaridan biri sifatida ajratilishi ularning umumiy iqtisodiy asoslari va 
xarakterli belgilarini yaxshiroq tushunishga imkon yaratadi. Davlat byudjeti 
daromadlari davlatning subyektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro 
munosabatlarining aniq chegaralangan, aniq-langan qismini ifoda etadi. Bu 
munosabatlar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va 
umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining 
alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining 
iqtisodiy tabiatiga ko’ra obyektiv bo’lib, ular davlatning subyektlar (xo’jaliklar va 
aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning obyektiv zarurligi davlatning 
o’ziga xos funksiyalarga ega bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi.
Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod ilmining 
kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash obyekti (masalan, korxonaning yalpi 


151 
yoki sof daromadi) yoki taqsimlash natijasi (masalan, aholining oxirgi daro-
madlari) bo’lishi mumkin. Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi 
shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga to’lovlar) va yanada 
taqsimlash obyekti (davlat byudjeti ichidagi fondlarni shakllantirish va moliya-
lashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining daromadlari 
aniq ifodalangan davlat byudjeti kategoriyasi bo’lib, ularni shakllantirish va 
ulardan foydalanish taqsimlashning davlat byudjeti mexanizmi orqali amalga 
oshiriladi.
Davlat byudjeti daromadlarining turli ko’rinishlarini (qo’shilgan qiymat 
solig’i, aksizlar, daromad solig’i va boshqalar) davlat byudjeti kategoriyalarining 
navbatdagi ko’rinish-lari sifatida talqin qilish uchun asoslar etarli emas. Chunki 
mazmuniga ko’ra iqtisodiy kategoriyalar obyektiv bo’lib, ular iqtisodiy 
qonunlarning harakatini ifodalasa, ularning namoyon bo’lish shakli esa, ma’lum 
darajada, subyektiv bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir 
ko’rinishiga tegishli bo’lgan xususiyatlar obyektiv harakatdagi (amaldagi) iqtisodiy 
kategoriyaning – davlat byudjeti daromadlarining namoyon bo’lish, ifodalanish 
shaklidir. Bu xulosaning to’g’riligini ko’p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi.
Davlat bor ekan, davlat byudjetiga to’lovlar ham mavjud bo’ladi. Lekin 
byudjetga to’lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda jamiyatning oldiga 
qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. Tarixiy taraqqiyotning 
ma’lum bir bosqichida byudjetga to’lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol 
o’ynashi, vaqt o’tishi bilan esa ular o’z ahamiyatini yo’qotib, boshqa to’lovlar 
bilan almashtirilishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish