2.
Rentabellikning va dividend siyosatining IMEga koʻrsatadigan
ta’siri tahlili
Ixtiyoriy moliyalashtirish ehtiyoji (IME)ni tasvirlab, biz aks ettirilgan
moliyaviy talablarimizni asosiy oʻzgaruvchilarga qanchalik bogʻliqligini tezgina
bilib olamiz. Masalan, oldingi misolda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, sof
foyda marjasi (SFM) 1%ga, 5%ga, va 10%ga tengboʻlgan holatlarni dividend
toʻlovlari koʻrsatkichi 30%, 50% hamda 70% boʻlgan holatlar bilan birga
birikmasi orqali ta’siri quyidagicha boʻlishini koʻramiz:
462
Turli sof foyda marjalari va dividend toʻlovlari uchun kerak boʻlgan
ihtiyoriy moliyalashtirish.
Sof foyda
marjasi
DIVIDEND TOʻLOVLARI KOʻRSATKICHI =
DIVIDENDLAR + SOF FOYDA
30%
50%
70%
1%
$716,000
$740,000
$764,000
5%
380,000
500,000
620,000
10%
(40,000)
200,000
440,000
Agar ushbu SFM korxonaning boshidan oʻtkazishi mumkin boʻlgan
qiymatlar diapazonining oqilona baholanishi boʻlsa, va korxona dividend
toʻlovlarini 30%dan 70%gacha oʻzgarishini qabul qilsa, unda biz korxonaning
moliyaviy talablarini $40,000 dan $764,000 gacha baholay olamiz. SFM qancha
kichik boʻlsa, shuncha koʻproq moliyalashtirish talab qiladi.Shuningdek, boshqa
koʻrsatkichlar oʻzgarmagan holda, dividend toʻlovlari foizi qancha koʻp boʻlsa,
shuncha koʻp ihtiyoriy moliyalashtirishga talabni oshiradi.Ushbu holat, katta
dividend toʻlaydigan korxona kamroq daromadga ega boʻlishidan kelib chiqadi.
Sotuv koʻrsatkichlari oshirilishining korxona IMEga ta’siri tahlili.
16.1-jadvalda biz kelgusi yilda sotuv hajmi $10milliondan $12millonga
koʻtarilishi kutilayotgan Drew Inc. uchun IMEni tahlil qildik.Eslatib oʻtamiz,
sotuv hajmining 20% ga koʻtarilishini ehtimoli, korxonaning moliyalashtirishga
boʻlgan ehtiyojini $500,000 ga oshirdi. Biz korxonaning qoʻshimcha moliyaviy
ehtiyojini IME deb takidladik, chunki ushbu barcha mablagʻlar bank kreditlari
yoki yangi aksiya emissiyalari kabi manbalardan olinishi kerak, va ular oʻz
navbatida manba tanlashda boshqaruvchilar oʻz ihtiyoriga qarab ish tutishlarini
talab qiladi. Ushbu boʻlimda biz korxonaning IME har xil kutilayotgan sotuv
koʻrsatkichlarida oʻsishga qarab oʻzgarishini oʻrganib chiqishni xoxlaymiz.
16.1-jadvalda keltirilgan moliyaviy prognoz 16.2-jadvalda toʻliqroq koʻrib
chiqilgan. Xususan, biz 1- jadvaldagi asosiy taxmin va prognoz qilish metodlarini
ishlatamiz, va ularni 0%, 20% va 40% savdo koʻrsatkichlari oshishida qoʻllaymiz.
Ushbu sotuv koʻrsatkichlarining oʻsishi uchun IME ($250,000) dan $1,250,000
gacha oʻzgaradi.IME manfiy boʻlgan hollarda, korxona prognoz qilingan sotuv
hajmini yuzaga keltirishni moliyalashtirish uchun keragidan ortiqroq mablagʻga
ega boʻladi.Xuddi shunday, IME musbat boʻlgan holatda, korxona qarz olish yoki
aksiya emissiya qilish yoʻli bilan qoʻshimcha mablagʻ jalb etishi kerak boʻladi.
463
Do'stlaringiz bilan baham: |