O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

TASHKILOTLAR 
REJA: 
1.
 
Markaziy banklar. 
2.
 
Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar. 
3.
 
Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar. 
1.
 
Markaziy banklar 
Markaziy bank - mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib 
chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh 
davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga 
solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan 
organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta 
zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining 
hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini 
nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada 
Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya 
banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi. 
Markaziy banklar – bu asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum 
parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat 
siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan 
moliyaviy vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati ba’zi davlatlarda davlat 
ijroiya organlarining bevosita nazorati ostida bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular 
ma’lum darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar
113

Bank ma’lum bir davlatning markaziy banki ekanligini ko‘pincha uning 
nomiga qarab bilib olish mumkin: 
Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii 
va hokazo. Biroq, masalan, markaziy bank AQShda 
Federal Reserve System
(Federal zahira tizimi), Germaniyada esa 
Bundesbank
deb ataladi. 
Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U 
davlatni milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning 
boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi 
kamida o‘rtacha bo‘lishi
va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb 
ko‘rishlari shart. 
Biroq, ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq bandligini hamda davlat 
iqtisodiy o‘sishini ta’minlash kabi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan 
113
AQSh Markaziy banki (
Federal Reserve System – 
Federal zahira tizimi) davlatga nisbatan yuqori darajadagi 
mustaqillikka ega. Uning tarkibiga 7 a’zodan iborat bo‘lgan va Kolumbiya shtatidagi Vashington shahrida 
joylashgan boshqaruvchilar kengashidan tarkib topgan 12ta mintaqaviy bank kiradi. Biroq, shuni ham qayd etish 
joizki, boshqaruvchilar kengashining barcha 7 a’zolari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va mamlakatning 
Senati tomonidan tasdiqlanadi. 


403 
harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri 
bilan nizoli maqsadlarni balansga keltirish: narxlar barqarorligini va aholining 
to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga to‘g‘ri keladi. 
Mamlakatimizda Markaziy bankning asosiy maqsadlari quyidagilardan 
iborat:

narxlari barqarorligi; 

bank tizimining barqarorligi va rivojlanishi; 

to‘lov tizimining barqarorligi va rivojlanishi. 
Belgilanishicha, foyda olish Markaziy bankning asosiy maqsadi emas. 
Bundan tashqari, Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

pul-kredit siyosati va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilishni tashkil etish va 
amalga oshirish; 

bank tizimining barqarorligini ta'minlash, mikrokredit tashkilotlari va 
lombardlar faoliyatiga ko‘maklashish; 

O‘zbekiston 
Respublikasida 
to‘lov 
tizimlarining 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish va ta'minlash; 

banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta 
birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish; 
banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit 
byurolarini nazorat qilish; 

bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilishni ta'minlash, 
aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish; 

bank, pul-kredit statistikasi shakllantirish va e'lon qilish; 

tashqi sektor statistikasi, shu jumladan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya 
pozitsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzlari, zaxiraviy aktivlari va 
valyuta kurslarini shakllantirish va e'lon qilish; 

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini boshqarish, hisobga 
olish va saqlash. 
Markaziy bank quyidagi huquqlarga ega emas: 

moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanish; 

tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish; 

uchinchi shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi 
hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berish; 

banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitalida ishtirok etish, bunda 
valyuta birjasi kapitallaridagi ishtirok etish istisnodir. 
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hisobot beradi. 


404 
Oliy 
Majlis 
Senati 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
prezidentining 
taqdimnomasiga binoan Markaziy bank raisini lavozimga tayinlaydi va 
lavozimidan ozod qiladi; yillik hisobotni, shuningdek auditor xulosasini ko‘rib 
chiqadi. 
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlarni qabul qilishda 
mustaqildir. 
Davlat Markaziy bankning va Markaziy bankning davlatning majburiyatlari 
bo‘yicha, agar ular o‘zlari bunday majburiyatlarni o‘z zimmalariga olgan 
bo‘lmasa yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, 
javobgar emas.
Markaziy bankning auditi har yili mustaqil nazorat tashkilotlari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat 
qiluvchi organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq 
javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQShda 
ham, boshqa davlatlarda ham moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha ba’zi 
masalalarni bajarish ma’lum bir moliyaviy sektor qatnashchilari assotsiatsiyasi 
yoki fond birjalariga o‘xshash xususiy sektor muassasalarining vakolatiga 
o‘tkaziladi.
Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya (SEC 
– Securities Exchange Commission) tashkil etilgan. Xuddi shunday Komissiya, 
xususan, O‘zbekistonda ham mavjud. Uning asosiy vazifasi har bir yangi 
qimmatli qog‘ozlarni ommaviy chiqarishda firmalar tomonidan taqdim etilishi 
lozim bo‘lgan ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot hajmiga bo‘lgan aniq 
talablarni ishlab chiqishdan iborat. Boshqa davlatlarda ham shu kabi tartibga 
soluvchi organlar mavjud. 
Biroq, davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani 
bilan bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosatining boshqa maqsadlariga 
erishish uchun foydalanadi. Misol tariqasida hukumatning pul-kredit siyosatini 
iqtisodiy o‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi 
uchun foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rinlarda biz u yoki bu 
moliyaviy tizim sohasini tartibga soluvchi yoxud boshqa iqtisodiy maqsadlarga 
yetishish uchun ushbu tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan 
ba’zi davlat tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish