354
Ko‘rinib turibdiki, buning uchun joriy bozor stavkalarini bilish foydadan holi
bo‘lmaydi. Faraz qilaylik, opangiz o‘zining jamg‘arma hisobraqami bo‘yicha yillik
6% ustama haq olayotganligi Sizga aniq ma’lum va mahalliy bank Sizdan ipoteka
krediti bo‘yicha yillik 8% ustama haq olmoqchi. Bu ma’lumotlar Sizga qarorlar
qabul qilishda yordam beradi.
Xuddi shuningdek, oila doirasida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida
aktivlarning bozor narxi (bahosi)ni bilish ham kerak bo‘lishi mumkin. Masalan, faraz
qilaylik, Siz singlingiz bilan uyni yoki oilaviy biznesni meros qilib oldingiz va u
ikkalangizning o‘rtangizda teng, baravar bo‘linishi kerak. Biroq, Siz uni sotgingiz
kelmayapti. Boisi, qaysidir biringiz shu uyda yashamoqchi yoki oilaviy biznes bilan
shug‘ullanishni davom ettirmoqchisiz. Bunda oilaning boshqa a’zosi qancha olishi
kerak? Ko‘rinib turibdiki, merosni to‘g‘ri baholash uchun shunga o‘xshash
aktivlarning bozor narxlarini bilish lozim.
Bundan tashqari, aktivlarning narx (baho)lari va foiz stavkalari menejerlar
uchun ular tomonidan investitsion loyihalarni tanlashda va moliyaviy shartnomalarni
tuzishda tayanch signal bo‘lib xizmat qiladi. Majburiyatlari bo‘yicha moliyaviy
bozorlarda doimo bitimlar tuzish bilan shug‘ullanmaydigan menejerlar, odatda
boshqa sohalarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kerak bo‘lganda, zarur axborotlarni
olish uchun har holda bu bozorlardan foydalanadilar.
Tasavvur qilaylik: masalan, qaysidir bir firma 100,0 mln. so‘m miqdorida foyda
oldi va u olingan summani qanday sarflashni: uni biznesga qayta investitsiya qilish,
aksionerlarga dividendlar to‘lash yoki pullarni o‘z aksiyalarini qaytarib olishga
sarflash muammosini hal qilmoqchi. Ushbu masalani hal qilishda, shubhasiz, mazkur
firma va boshqa kompaniyalarning aksiyalari kursini, shuningdek, bozor foiz
stavkalarini bilishi juda asqotadi. Bunday sharoitda, ayrim hollarda bo‘lganidek,
“Baxtash – tavakkal”, “Yo – ustidan, yo – ostidan”, “Shuni ham o‘ylab o‘tira-
mizmi?” yoki “O‘ychi o‘yini o‘ylaguncha, tavakkalchi ishini bitiradi” tarzida ish
tutib bo‘lmaydi. Shunday qilinsa, hatto “og‘zimizdagi tayyor oshimiz”dan ham
ajralib qolishimiz hech gap emas.
Har bir yangi moliyaviy instrumentning paydo bo‘lishi bilan axborot olishning
yangi imkoniyatlari yuzaga keladi. Masalan, 1973 yildan birja-larda opsionlarga
standartlashtirilgan savdo shartnomalari qo‘llanilishi boshlangandan so‘ng, son
jihatidan axborotning hajmi turli moliyaviy va iqtisodiy operatsiyalarning risklilik
darajasiga nisbatan keskin oshib ketdi. Bunday ma’lumotlar riskni boshqarish bilan
bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: