O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-rasm. Moliyaviy tizim funksiyalari



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

10-rasm. Moliyaviy tizim funksiyalari 
 
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri boshqasi bilmagan axborotga 
egalik qilganda yoki ishtirokchilardan biri ikkinchisi nomidan agent 
(komissioner) sifatida ish ko‘radigan vaziyatlarda yuzaga keladi. 
Ushbu bobning keyingi o‘rinlarida yuqorida sanab o‘tilgan moliyaviy tizim 
barcha funksiyalarining to‘liqroq tushunchasini berishga va ularning xarakteri 
vaqt (davr, zamon) o‘zgarishi bilan qay tartibda o‘zgarib borishini ko‘rsatishga 
harakat qilamiz.
Moliyaviy tizim iqtisodiy resurslarning vaqt (davr, zamon) bo‘ylab 
(bo‘yicha), geografik hududning biridan boshqasiga, shuningdek, iqtisodi-
yotning bir tarmog‘idan boshqasiga (o‘tish) joyini o‘zgartirish usulini 
ta’minlaydi.
Ko‘p hollarda moliyaviy oqimlar harakati jismoniy yoki yuridik shaxs 
bugungi kunda o‘zining mablag‘ini boshqa shaxsga kelgusida o‘rniga o‘rin 
boshqa mablag‘ni olish uchun, va aksincha, berishiga asoslangan. Talabalarga 
qarzlar, uy sotib olish qarzlari, jamg‘arilgan pensiya va ishlab chiqarish quvvatiga 
Resurslarni vaqt (zamon) va makonda 
joylashtirish 
Riskni boshqarish 
(riskiy boshqaruv)
Hisob-kitob- 
to’lov tizimi 
Moliyaviy tizim funksiyalari 
Stimullashtirishning psixologik 
muammolarini echish 
Resurslarning birlashishi va kapitaldagi 
ishtirok 
ulushining bo’linishi 
Informatsion qo’llab-quvvatlash 
(axborot ko’magi) 


348 
kapital qo‘yilmalar – ushbu barcha operatsiyalar resurslarni vaqt (davr, 
zamon)ning bir nuqtasidan boshqasiga o‘tishi (joylashuvi)ga olib keladi. Ushbu 
kabi 
vaqt (davr, zamon)lararo
resurslarning joylashuvi
93
uchun shart-
sharoitlarning ta’minlanishi moliyaviy tizim funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Masalan, agar talabalarga oid qarz
 
mavjud bo‘lmaganda edi, ko‘pchi-lik 
yoshlar, ularning oilalarida keyingi ta’lim olishiga mablag‘ yo‘q bo‘lganligi bois, 
oliy ma’lumotli bo‘lishdan bosh tortishlariga to‘g‘ri kelar edi. Xuddi shuningdek, 
ko‘plab tadbirkorlar, agar aksionerlardan yangi, odatda riskning yuqori darajasi 
bilan xarakterlanadigan kompaniyalar tuzish uchun pul olish imkoniyatiga ega 
bo‘lmaganlarida, o‘zlarining biznes-lari bilan shug‘ullana olmagan bo‘lar edilar. 
Moliyaviy tizim resurslarni vaqt (davr, zamon) bo‘ylab joylashuviga yordam 
berishdan tashqari, resurslarning makonda joylashishida ham juda muhim rol 
o‘ynaydi. Ba’zida u yoki bu biznes-loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
kapital undan yuqori samaradorlik bilan foydalanish mumkin bo‘lgan joydan juda 
uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Masalan, Germaniyada uy xo‘jaliklari 
O‘zbekistonning biron-bir joyida yuqori samara bilan ishlatish mumkin bo‘lgan 
kapitalni pul mablag‘larini jamg‘arib borish yo‘li bilan yig‘a oladilar.
 
Moliyaviy 
tizim ham pul resurslarini Germaniyadan O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishiga yordam 
beradigan bir qator mexanizmlarni taqdim etadi. Ulardan ikkitasini keltirsak 
yetarli: birinchidan, nemis fuqarolari O‘zbekiston kompaniyalari chiqargan 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olishlari mumkin; ikkinchidan, Germaniya banklari 
O‘zbekiston firmalariga qarz berishlari mumkin. 
Amaliyotning ko‘rsatishicha, iqtisodiyotning rivojlanib va murakkab-lashib 
borgani sari moliyaviy tizim uning sub’ektlarini pul resurslarini vaqt bo‘ylab va 
makonda ko‘chirib o‘tkazish (o‘tish, joyini o‘zgartirish)ning samarali usullari 
bilan ta’minlashda tobora muhim rol o‘ynamoqda. Bugungi kunda mavjud 
bo‘lgan bozorlar va moliyaviy tizim vositachi-larining o‘ta murakkab tarmog‘i 
yapon ishchisining pensiyaga oid jamg‘ar-masini amerikalik yosh oilalarga uy 
sotib olishlarini moliyalashtirish uchun ishlatilishiga imkoniyat yaratmoqda. 
Shuningdek, turli xil innova-tsiyalar ham iqtisodiyot samaradorligini oshirishga 
katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Ular tufayli defitsitli pul resurslari 
vaqt (zamon) va makon bo‘ylab ko‘chirib o‘tkaziladi. Pul resurslari yuqori 
daromad keltirmaydigan joydan oqib keladi va katta foyda keltiradigan joyda 
ishlatiladi. Masalan, faraz qilaylik, barcha oilalar o‘z jamg‘armalarini uyidan 
tashqariga chiqmasdan investitsiya qilishga majburlar. Bunda “A” oila 
jamg‘armasi bo‘yicha yillik daromadlilik stavkasi bor-yo‘g‘i 2%ni tashkil etadi, 
“B” oila esa o‘zining jamg‘armasidan yiliga 20% daromad olish imkoniyatiga 
ega. “A” oilaning jamg‘armasini jalb qilib, “B” oilaga qarzga beruvchi 
93
Bu o‘rinda “
intertemporal”
so‘zining so‘zma-so‘z tarjimasi “vaqtlar orasida” degan ma’noni bildiradi. 


349 
investitsion kompaniya tuzish yo‘li bilan ikkala jamg‘ar-maning samaradorligini 
oshirish mumkin.

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish