O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-jadval  O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish konsepsiyasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

5-jadval 
O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish konsepsiyasi
Bosqichlar
Yo‘nalishlar
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
1-pog‘ona 
Institutlarning 
amal qilishi 
Respublika iqtisodiyotida bazaviy shart-sharoitlarni yaratish 
maqsadida jamoat, siyosiy va iqtisodiy institutlarning samarali 
ishlashi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- o‘zgarmas soliq stavkalari va oddiy soliqqa tortish tartibi; 
- korxonalar innovatsiya faoliyatini imtiyozli soliqqa tortish; 
- mulk huquqini muhofaza qilish; 
- investorlar huquqini himoyalash; 
- intellektual mulkni himoya qilish; 
- eksportni qo‘llab-quvvatlash; 
- sifatli bank xizmati; 
- hukumatning barqaror siyosati va hokazolar. 


369 
2-pog‘ona 
Sifatli ta’lim 
Aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun sifatli 
ta’lim tizimini ta’minlash quyidagilar orqali tadqiqotlarga 
sharoitlar yaratadi: 
- ta’limga yuqori xarajatlar; 
- zamonaviy ta’lim standartlari; 
- xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; 
- malaka oshirish va xususiy ta’lim markazlarini 
rag‘batlantirish; 
- texnik mutaxassislar va muhandislarni ko‘proq tayyorlash. 
3-pog‘ona 
Tadbirkorlik 
madaniyati 
Aholi, olimlar va tadqiqotchilar orasida quyidagilar orqali 
tadbirkorlik madaniyatini oshirish: 

innovatorlarning 
tadbirkorlik 
tashabbusini 
amalga 
oshirishlarini qo‘llab-quvvatlash; 
- olimlar va tadqiqotchilarning tadbirkorlik bilan bandligini 
ta’minlash; 
- biznes yuritishda huquqbuzarliklar uchun qonuniy 
javobgarlikning yumshoqligini ta’minlash; 
- aholi o‘rtasida tadbirkorlik va innovatsiya jarayonlarini faol 
targ‘ib qilish. 
4-pog‘ona 
Rivojlangan 
infratuzilma 
Tadbirkorlik faoliyatini yuritishni yengillashtirish uchun 
rivojlangan infratuzilmani yaratish: 

yuqori tezlikdagi Internet va aloqadan foydalanish; 

muhandislik-kommunikatsiya 
tarmoqlarining 
elektr 
ta’minoti, gaz ta’minoti, texnik va ichimlik suv ta’minoti 
uzluksizligini ta’minlash; 

avto va temir yo‘llardan foydalanish imkoniyatlarini 
kengaytirish; 

sifatli logistika xizmatlari. 
5-pog‘ona 
Rivojlangan 
bozorlar 
Quyidagi imkoniyatlar mavjud ichki raqobat rivojlangan 
bozor: 
- kreditlar va venchur moliyasidan foydalanish; 
- bozorda innovatsion ishlanmalarni kommersiyalash; 
- iqtisodiyotda klasterlar rivojlangani; 
- yaxshi rivojlangan mehnat bozori; 
- ko‘chmas mulk va tijorat binolari ijarasi rivojlangani; 
- valyuta va fond bozorining ishlashi. 
Dastlabki beshta pog‘ona iqtisodiyotda innovatsiyalar uchun qulay muhitni 
shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. Bu vazifalar ado etilgan taqdirdagina 
innovatsion taraqqiyot uchun qulay muhit yaratish, shunda O‘zbekistonda 
innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash samara berishi mumkin. 
6-pog‘ona 
Ilm-fanning davlat 
tomonidan 
moliyalashtirilishi 
Ilmiy-texnik yutuqlarimizni erishilgan darajada saqlab 
turish va yanada oshirish maqsadida ilm-fan va 
fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish: 


370 

tadqiqotlar uchun grantlar ajratish; 

ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari 
ilmiy-texnik 
bazasini 
mustahkamlash 
maqsadida 
subsidiyalar ajratish; 

fanlararo tadqiqotlar faol olib borish; 

olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasida xalqaro tajriba 
almashinuvini rag‘batlantirish. 
7-pog‘ona 
Innovatsiya 
ishlanmalarining 
davlat tomonidan 
moliyalashtirilishi 
Umumiy tovarlar, ish va xizmatlar hajmida innovatsion 
mahsulotlar ulushini oshirish uchun tajriba-konstruktorlik 
faoliyatini va innovatsion korxonalar ishlanmalari 
kommersiyalashuvini moliyalashtirish: 

innovatsion ishlanmalar va ularni ishlab chiqarishga 
tatbiq etishning davlat tomonidan moliyalashtirilishi; 

kreditlarga garov sifatida kafolatlar berish; 

strategik muhim loyihalarni amalga oshirish uchun 
soliq imtiyozlari berish; 

innovatsion yangi mahsulotlar ishlab chiqarishning 
dastlabki bosqichlarida ularga talabni saqlab turish uchun 
davlat xaridini ta’minlash; 

davlat venchur fondlarini tashkil etish hamda xususiy 
fondlar investitsiyalarini riskdan kafolatlash fondini 
tashkil qilish. 
8-pog‘ona 
Innovatsion 
faollik (effekt) 
Qulay muhit shakllantirilishi va innovatsiyalarni faol 
moliyalashtirish natijasida: 

O‘zbekiston iqtisodiyotining innovatsion faolligi 
oshadi; 

mehnat unumdorligi ko‘tariladi; 

milliy va xalqaro patentlar berish ko‘payadi; 

innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan korxonalar 
safi kengayadi; 

tadqiqotlar va ishlanmalar bilan band kishilar soni 
oshadi. 
9-pog‘ona 
Siyosat natijasi 
Shundan so‘ng O‘zbekistonda olib borilgan innovatsiya 
siyosat natijasini quyidagi ko‘rsatkichlar orqali his etish 
mumkin: 

berilgan patentlar soni; 

venchurli investitsiyalar hajmi; 

yuqori texnologik eksportning umumiy eksport 
hajmidagi ulushi; 

xorijiy texnologiyalarga bog‘liqlikning pastligi; 

ekologiya, sog‘liqni saqlash va aholi turmush 
darajasining yuqoriligi. 
10-pog‘ona Iqtisodiy oqibatlar 
Shu tariqa O‘zbekiston xalqaro yuqori texnologiyalar 
bozoridagi yetakchilardan biriga aylanadi va turli xalqaro 
reytinglarda mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha yuqori 
o‘rinlarga erishamiz. 


371 
Qulay muhitni ta’minlashdan tashqari, innovatsiya siyosatining uzviy 
tarkibiy qismi bo‘lmish ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri moliyalashtirish ham muhim hisoblanadi. Faol moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash siyosati davlat uchun jozibaliroq. Chunki u aniq o‘lchanadigan 
natijalarga tezroq erishishini ko‘zlaydi. Jozibali muhitni yaratish esa unga 
nisbatan uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, murakkab tizimlashtiriladi va unda 
kim aniq naf oluvchi ekanini oldindan bilib bo‘lmaydi. 
Innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash davlat uchun jozibador 
bo‘lsa-da, aynan qulay muhit yaratishga ustuvorlik berilishi kerak. Innovatsion 
taraqqiyotda muvaffaqiyatlarga erishgan barcha mamlakatlar, qanday model 
doirasida rivojlanmasin, birinchi navbatda, qulay innovatsion muhit yaratib olgan. 
Xorijiy mamlakatlarning rivojlanish tajribasini o‘rganish asosida 
innovatsiyani bugungi kunda farovonlik va raqobatbardoshlikning asosiy omili, 
innovatsiyalarni rivojlantirishni esa raqobat kurashidagi afzalliklarni qo‘shimcha 
tarzda kuchaytiruvchi vosita sifatida tavsiflasak bo‘ladi. Rivojlangan 
mamlakatlar bu omillarni oldindan hisobga olib, o‘z pozitsiyalarini xalqaro 
maydonda kuchaytirish yo‘lida foydalanmoqda. Unutmaslik kerakki, innovatsion 
faollikni boshqalarga nisbatan oldinroq ishga tushirgan davlat doimo yutib 
chiqadi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish