Dushmaningga bildirma;
To`ndo`zlik qo`shiqlari
da lirik qahramonning o`z kasbiga muhabbati,
yorga muhabbat tuyg`usiga
singishib, o`zgacha joziba kasb etib keladi:
Banorasdan to`n tikay,
Oldiga po`pak tutay.
YOqasiga gul solay,
Arabiyning xatiday.
Sarboz qo`shiqlari
da o`tmishdagi amirlik navkarlarining nojo`ya xatti-
harakatlaridan norozilik kayfiyati etakchidir:
Karmana hrtidan chiqdim dalaga,
Bir to`da sarbozdan qoldim baloga.
Bir to`da
sarbozga gel berib qochdim,
Buxor darvozasin nayzalab ochdim.
O`zbek xalq mehnat qo`shiqlari juda boy va janr e`tibori bilan rang-barang
bo`lib, ular orasida
qandolatchilik va pazandachilikni
ifoda etuvchi namunalar ham
bor. CHunonchi, taomlarimiz sultoni sanaluvchi palov ta`rifidagi mana bu qo`shiq
hamon el og`zidan tushmay kelayotir:
Nimcha guruchdan osh bo`lur,
Qozonga solsam-chosh bo`lur.
Mehmonni ko`ngli xush bo`lur,
Vaqosiz ko`rsa- tush bo`lur.
SHuningdek, moshova, chuchvara, atala, sumalak, ugro, sho`rva, piyoba,
chalpak va boshqa qator milliy taomlarimiz bilan bog`liq kechinmalarni ifodalagan
qo`shiqlar hali – hanuz uchrab turadi. Lekin ular juda kam miqdorda bizgacha etib
kelgan.
Keyingi
vaqtlarda
mehnat
jarayonining
mexanizatsiya
va
avtomatizatsiyalashtirilishi natijasida mehnat
turlarining tabiatida turli
o`zgarishlar hz bermoqda yoki muayyan mehnat turi batamom yo`qolib bormoqda.
Natijada o`tmishda ular bilan bog`liq tarzda yaratilgan ayrim mehnat qo`shiqlari
ham unutilib, yo`qolib bormoqda.
Oilaviy munosabatlar, ishq-muhabbat mavzusi, oshiqning ma`shuqaga
dil izhori
yoki sevib sevilmagan oshiq yoki ma`shuqaning dil o`rtanishlari, muhabbatni
baxtsizlik tomon olib boradigan feodal munosabatlaridan norozilik,
turmushdan
nolish, xotinlarning qiyin ahvoli, adolatsizlikdan shikoyat, vafodorlikni talab etish,
visol onlariga intiqlik,
hijron kulfatlari, yorni sog`inish, uning yo`liga intizorlik
kayfiyatlari, bevafolikni qoralash, saodatli sevgi va turmushga intilish g`oyalari
lirik qo`shiqlarda tarannum etiladi.
Lirik qo`shiqlar professional ijroga moslanmagan.
Ularni istagan shaxs
istalgan joyda ijro qilib ketaverishi mumkin. Lirik qo`shiqlarni, odatda, matnni
yaxshi biluvchi, hofizasi kuchli, yoqimli ovozga ega bo`lgan kishilar xalq o`rtasida
kuylashi odat tusiga kirgan. Bunday shaxslar xalq orasida qo`shiqchi, ashulachi,
hofiz yoki g`azalxon deb hritiladi. Biroq bundan lirik qo`shiqlarning
ijrosi
professional ijrochilar bilan bog`liq degan qat`iy fikrga kelib bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: