Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

a-a-
a-a-a-a
tarzida qofiyalangan. Keyingi olti bandning dastlabki to‗rt misrasi 
b-b-b-b, d-d-d-
d, f-f-f-f, g-g-g-g, h-h-h-h, i-i-i-i
tarzida qofiyalangan. Lekin oxirgi ikki, ya‘ni beshinchi 
va oltinchi misralar aynan naqarot tarzida takrorlanib keladi. Shu jihati bilan bu 
musammatning 
a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, d-d-d-d-a-a
va hokazo tarzda qofiyalanadigan 
turidan farq qiladi.
4. Musammatning yana bir turi bor. Bunda birinchi bandning barcha misralari bir 
qofiyaga bo‗ysundirilmagan bo‗ladi. Masalan, Nodiraning «Firoqnoma» muashsharining 
birinchi bandi 
a-a-a-a-a-a-a-a-b-b
tarzida qofiyalangan. Asar jami o‗n banddan iborat. 
Muashsharning keyingi bandlari dastlabki sakkiz misrasi 
b-b-b-b-b-b-b-b, d-d-d-d-d-d-d-
d, f-f-f-f-f-f-f-f
va hokazo tarzda qofiyalanib keladi-da, to‗qqizinchi va o‗ninchi misralar 
sifatida birinchi bandning oxiridagi ikki misra aynan – naqarot tarzida takrorlanadi.
5.3. Zamonaviy she’riy janrlar 
 
BALLADA
she‘riyatning o‗ziga xos janri bo‗lib, fransuzcha «
ballada
» so‗zidan 
olingan va «
raqs qo‘shig‘i
» ma‘nosini anglatadi. Hajman u qadar katta bo‗lmagan bu xil 
asarlarda shoir o‗z his-tuyg‗ularidan tashqari ana shu tuyg‗ularga sabab bo‗lgan 
voqealarni ham tasvirlagan.
O‗zbek adabiyotida balladalar ko‗proq tarixiy-fantastik va qahramonlik 
yo‗nalishlarida bitilib, ularda o‗tmishda ko‗pchilikning foydasi yo‗lida fidoyilik 
ko‗rsatgan kishilarning jasorati tasvirlangan.


121 
Shoir Shuhrat qalamiga mansub 
«
Mardlik afsonasi
»
balladasi xalqimizning shonli 
o‗tmishidagi qahramonliklardan birini tasvirlashga bag‗ishlangan. Mirkarim Osimning 
«To‗maris» afsonasi Shuhrat tomonidan boshqacharoq talqin etilgan. Agar «To‗maris» 
afsonasida voqealar yozuvchi tomonidan xolis tasvirlangan bo‗lsa, «Mardlik afsonasi»da 
shoir asarda aks etgan voqealarga aralashadi, qahramonlarning xatti-harakatlariga 
munosabat bildiradi. Shuhrat To‗maris va uning qavmiga muhabbatini, ayni vaqtda, 
Kayxusrav va uning bosqinchi qo‗shinlariga nafratini ochiq bayon etadi.
Balladada To‗marisning qahramonligiga alohida urg‗u beriladi. Yovqur ayolning 
qonxo‗r bosqinchi bilan yakkama-yakka olishuvi va zo‗ravonlikni kasb qilgan 
Kayxusravni yenggani ta‘sirli ravishda aks ettiriladi. Ballada janrining talabidan kelib 
chiqib To‗marisning bosqinchi forsni o‗z qo‗li bilan o‗ldirgani alohida tasvir etiladi. 
Asarda To‗maris qanchalik jangovar hukmdor, mohir jangchi bo‗lmasin, el-ulusning 
fikrini tinglaydigan, unga quloq soladigan odam sifatida ko‗rsatiladi. Bu hol, obrazning 
ta‘sir kuchini yanada oshirib, unga insoniy joziba baxsh etadi.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish