Dilnavoz Yusupova


« May ichish istagida parishon bir



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

«
May ichish istagida parishon bir 
holda mayxonaga kirdim. Qo‘limda singan safol idish
»
.
Shu tariqa shoir xarobot – mayxonaga kelish yo‗lini atroflicha asoslaydi. Bu holatni 
tasavvufdagi ramzlarni tushunish orqali tahlil etish mumkin. Unga ko‗ra:

May – Alloh ishqi.

Xarobot – ahli darveshlar, soliklar, ya’ni yo‘lchilar.

Soqiy – Alloh yo‘liga boshlovchi piri murshid.

May ichiladigan jom – oshiq qalbi.
Shoir Yaratganini, demakki, o‗zini izlayotgan, tushunmoqchi bo‗layotgan, dunyo 
tartibotini anglashga intilayotgan shaxs ruhiyati, iztiroblarini yoritadi.
Tarji‘band epik dostonlarga xos bo‗lgan 
mutaqorib bahri
(
fauvlun fauvlun fauvlun 
fauvl
)ni tanlash orqali mazmun va ohang uyg‗unligiga erishgan.
Nodirabegimning «Xating ishtiyoqin savod ayladim» deb boshlanadigan bir asari 
ham tarji‘bandning yaxshi namunasidir: 


112 
Xating ishtiyoqin savod ayladim, 
Ko‘zumning qorasin midod ayladim.
Meni baski devona qildi g‘aming, 
Junun ahlig‘a ittihod ayladim.
Ko‘rub tushda yuzingni beixtiyor, 
Fig‘on chektim andog‘ki, dod ayladim.
Rafiqim jigarxasta afgorlar, 
Alar birla ahli vidod ayladim.
Seni jud-u ehsona targ‘ib etib, 
Xitobingni xayruljavod ayladim.
TARKIBBAND 
«
biriktirib bog‘lamoq
» ma‘nosini bildirib, qofiyalanish tizimi va 
hajmiga ko‗ra tarji‘bandga yaqin turadi. Faqat, undan farqli o‗laroq, tarkibbandda har 
bandning maqta‘si o‗zaro qofiyalanuvchi va bir-birini takrorlamaydigan mustaqil 
baytlardan iborat bo‗ladi. Alisher Navoiyning «Navodir ush-shabob» devonidan o‗rin 
olgan tarkibbandi marsiya yo‗nalishida bo‗lib, ustozi va do‗sti Sayyid Hasan Ardasher 
xotirasiga bag‗ishlangan, hajman 56 baytdan iborat.
Tarkibband quyidagi band bilan boshlanadi: 
Dahr bog‘iki jafo shoriidur har chamani,
Juz vafo ahlig‘a sonchilmadi aning tikani.
 
Kimdakim dog‘i vafo ko‘rsa shahid aylamasa,
Lolasining ne uchun qong‘a bo‘yalmish kafani? 
 
Poymol etmasa andinki kelur mehr isi,
Oyog‘ ostida nedin qoldi giyohi damani.
 
Safhayi xotiri pok o‘lmasa barbod andin, 


113 
Bas, ne sovrulmoq erurkim ko‘rar aning samani.
 
Rostlar bo‘lsa aning arsasida barxo‘rdor,
Javrdin, bas, nega bebarlik erur sarvi fani.
 
Gar yaqin ahlini Mansur kebi qatl etmas,
Bas, nedindur shajar-u sunbuli dor-u rasani.
 
V-ar kamol ahli jaloyi vatan ermas andin,
Nega tufrog‘dur ul akmali davron vatani.
 
Bahri urfon duri Sayyid Hasan ulkim aflok,
Yetti durji aro bir ko‘rmadi andoq duri pok.
MUSAMMAT
so‗zi lug‗aviy jihatdan «
ipga terilgan marvarid
» degan ma‘noni 
anglatadi. Uning istilohiy ma‘nosi ham shundan kelib chiqadi. Ya‘ni bu tushuncha she‘rlar 
bandlarining baytdan tashqari turlarini anglatuvchi umumiy atama hisoblanadi.
Musammatlar yaratilish xususiyatiga ko‗ra, avvalo, ikkiga bo‗linadi: 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish