«
Dahr uyi bunyodikim, suv uzradur, mahkam emas
»
tarji‘bandi dunyo omonat binoga,
bo‗yi, vafosi yo‗q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o‗xshatiladi va insonni unga ko‗ngil
berib, aldanib qolmaslikka chaqiradi.
109
Tarji‘bandlar ko‗pincha falsafiy mavzuda yozilgan. Alisher Navoiyning «G‗aroyib
us-sig‗ar» devonidan joy olgan «Xarobot aro kirdim oshuftahol...» tarj‘ibandi quyidagi
satrlar bilan boshlanadi:
Ketur soqiy, ul mayki, subhi alast,
Aning nash’asidin ko‘ngul erdi mast.
Mayikim, qilur quysalar jom aro,
O‘zi mast-u kayfiyati mayparast.
Eshit sarguzashteki, bukun manga
Necha mayparast o‘ldilar hamnishast...
Ko‗rinadiki, tarji‘bandning birinchi bandi g‗azalga o‗xshab qofiyalanadi. Ya‘ni
birinchi bayt o‗zaro
«
alast – mast
»
tarzida qofiyalangan, qolganlarida esa toq misralar
ochiq qolib, juft misralar o‗zaro qofiyalanib kelayotir:
«
alast – mast
»
,
«
mayparast –
hamnishast
»
. Boshqacha aytganda, qofiyalanish tizimi xuddi g‗azaldagiday
a-a, b-a, v-a,
g-a
shaklida. Tarji‘bandning o‗n bayt yoki yigirma satrdan tarkib topgan birinchi bandi
quyidagi bayt bilan yakunlanadi:
Xarobot aro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing‘on safol.
Mazkur tarji‘band o‗n band – ikki yuz satrdan iborat. Har bir band
«
Xarobot aro
kirdim oshuftahol, May istarga ilgimda sing‘on safol
»
maqta‘si bilan yakunlanadi.
Ushbu bayt mazmun va ruhiga ko‗ra barcha bandlarni bir-biriga bog‗lab turadi. She‘rga
boy hayotiy kuzatishlarga tayangan teran falsafa asos qilib olingan. Bu kuzatishlar, bir
tomondan, yengil mutoyibaga yo‗g‗rilgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan, jiddiy xulosa-
hukmlari bilan xayolingizni egallab oladi. Masalan, dastlabki bandda oshiqning qiziqarli
bir sarguzashti hikoya qilingan: u bir necha mayxo‗r do‗stlari bilan mayxonaga kirib
qolib, ko‗zi piri mug‗on (mayxona egasi)ga tushibdi. Birdan uning jozibasi oshiqni
mahliyo etib, havaskor mayxo‗r qarmoqqa ilingan baliqdek inon-ixtiyorini yo‗qotib
110
qo‗yadi. Darveshlik libosini garovga berib bir ko‗zacha may oladi. Og‗zini mum bilan
mahkam berkitib, mastona qadam bosib kelmoqda edi, hamshishalari yugurishib kelib
ko‗zacha ichida nima borligini tekshirishga tushib ketadilar. Oshiq bechora oyoqlar ostida
qolib, hamma narsa shunday ag‗dar-to‗ntar bo‗ladiki... «Mening shikastlanganim hech
narsa emas, ko‗zacha chil-chil bo‗lib, chorasiz qolgan edim», – deb davom etadi o‗z
sarguzashtini oshiq. «May ichish istagida parishon bir holda mayxonaga kirdim. Qo‗limda
singan safol idish» mazmunidagi yuqorida keltirilgan maqta‘ – bayt bu voqeani o‗ziga xos
tarzda yakunlaydi.
Shu tariqa har bir band soqiyga murojaat bilan boshlanadi va oshiqning aftodahol
ahvoli tasviri bilan tugallanadi. To‗g‗ri, sarguzasht faqat birinchi bandda, qolganlarida
asosiy o‗rinni hol tasviri egallaydi. Shoir goh umrning foniyligidan g‗alayonga kelib
mayxonada g‗avg‗o ko‗tarmoqchi bo‗ladi, goh safol ichidagi mayda jahonning
jilvalanishini tomosha qiladi. Goh may xumoridan oshuftahol bo‗lib, soqiydan «og‗ziga
may quy»ishini o‗tinadi. Lekin ushbu tarji‘bandning har jihatdan eng yuksak va
mukammal bandi so‗ngisidir. U tarji‘bandni yakunlaydi. Ilohiy ishq tasviri mazkur bandda
o‗zining haddi a‘losiga ko‗tarilgan:
Nechuk may bila bo‘lmasun ulfatim
Ki, jon qasdi aylar g‘am-u mehnatim.
Nazar ayla bu korgoh vaz’ig‘a
Ki, ortar tamoshosida hayratim.
Quyosh yo‘qki, bir zarra mohiyatin
Topa olmadi sa’y ila fikratim.
Ne kelmak ayon bo‘ldi, ne ketmagim,
Ne mabda’ yaqin bo‘ldi, ne raj’atim.
Ne kasbi ulum etti hal mushkulim,
Ne tutti ilik taqvi-yu toatim.
Topay deb xabar ushbu maqsuddin
Tutashti base qavm ila suhbatim.
Mening boshima bas qotiq tushdi ish,
111
Chu toq o‘ldi bu dard ila toqatim.
Xarobot aro kirdim oshufta hol,
May istarga ilgimda sing‘on safol.
Bandda dunyoni anglamoq, o‗zini bilmoqqa tiyiqsiz ishtiyoqmand oshiqning iztirob
va kechinmalari o‗z ifodasini topgan.
Shoir o‗z fikrlarini quyidagicha dalillaydi: bu dunyo tuzumiga nazar sol, tomosha
qilganing sayin hayrating ortadi. Mening fikr-u g‗ayratim quyosh u yoqda tursin, bir
zarraning mohiyatini ham anglab yetolmadi. Na kelishim ayon bo‗ldi, na ketishim. Na
ularning sabab-oqibatini tushunib yetoldim. Bularni bilmoq qasdida egallaganim ilm ham
mushkulimni oson qilolmadi. Anglamoq ilinjidagi taqvo-toatim ham yordam bera olmadi.
Ushbu maqsadda odamlar bilan suhbatga zo‗r berdim, natija bo‗lmadi. Bu dardimga na
hakim iloj qiloldi, na shayx daf etoldi. Shuncha harakatim zoye ketdi, samara bermadi. Na
biror niyatga yetolaman, na niyatdan voz kechib ketolaman. Boshimga juda og‗ir ish
tushdi. Bu dard bilan toqatim toq bo‗ldi. Shu bois
Do'stlaringiz bilan baham: |