Dilnavoz Yusupova


« Sen bahorni sog‘inmadingmi?



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

«
Sen bahorni sog‘inmadingmi?
»

Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim, 
Topay dedim qirdan izingni. 
Yonog‘ingdan rang olgan dedim – 
Lolazorga burdim yuzimni, 
Uchratmadim ammo o‘zingni, 
Sen bahorni sog‘inmadingmi? 
 

Bahor kunlarida kuzning havosi, 
Tanimni junjitar oqshomgi shamol.
Nega muncha g‘amgin nayning navosi,
Nega qalbim to‘la o‘kinch va malol?
 

Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog‘larda xazonlar yonadi lov-lov.
Do‘stlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to‘kilgan olov. 
 

Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun
Turnalar tovushin tinglardim faqat 
(pokiza yoshlik davri).
 
 

Sonsiz egatlarga sochilmish, ana,
Mening orzularim, mening o‘ylarim 
(o‗zbek xalqining yig‗ma obrazi). 
 


389 

Shabnam shovullaydi bog‘lar qo‘ynida,
Salqin tuman ichra bo‘zarar tonglar,
Quyoshning erinchak yog‘dularida
Nafis yaltiraydi bargi xazonlar 
(vatan timsoli).
 
 

Oyoqlangan qo‘ziday dovdirar yelda maysa,
Ko‘m-ko‘k moviy osmonda kezib yurar oq bulut. 

Qizg‘aldoq bargidek uchar dildan g‘am,
Toshqinlar kiradi qalbimga manim 
(quvonch va g‗amning birgalikdagi tasviri
)
 
Rauf Parfi O‘zturk 
(1943 – 2005) 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Rauf Parfi, taxallusi – O‗zturk. 1943-yilning 27-sentyabrida Toshkent viloyatining 
Yangiyo‗l tumaniga qarashli Sho‗ralisoy qishlog‗ida dehqon oilasida tug‗ildi. Otasi – 
Parfi Muhammadamin o‗g‗li savodli, anchagina o‗qimishli kishi bo‗lib, sho‗rolar quvg‗ini 
davrida Farg‗onaning Vodil qishlog‗idan Sho‗ralisoyga kelib qolgan. Onasi – 
Sakinaxonim Isabek qizi farg‗onalik bo‗lib, mumtoz adabiyotni biladigan ayol edi.
Rauf Parfi 1950-yili Sho‗ralisoydagi yetti yillik maktabga o‗qishga boradi va u yerda 
1956-yilgacha saboq oladi. So‗ng qo‗shni qishloqdagi maktabga o‗tib, bu yerda 1958-
yilgacha tahsilni davom ettirdi. Sakkizinchi sinfni tugatgach o‗qishni Yangiyo‗l shahridagi 
kechki maktabga o‗tqazib, mehnat faoliyatini boshlaydi. U dastlab Yangiyo‗l tuman 
gazetasida musahhih bo‗lib ishlaydi. O‗rta ma‘lumot olgach 1960-yili Toshkent davlat 
universiteti (hozirgi O‗zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga o‗qishga 
kiradi. U yerdagi saboqlar 1965-yili bitgan bo‗lsa-da, shoir «Markscha-lenincha falsafa» 
deb atalmish fandan o‗tolmagani va qayta imtihon topshirishni istamagani uchun 
universitet diplomini ololmaydi.
Rauf Parfi 1966 – 1967-yillarda Yangiyo‗lda chiqadigan «Kolxoz haqiqati» gazetasi 
muxbiri bo‗lib ishladi. 1967-yili Toshkentga kelib Kinematografiya davlat qo‗mitasida 


390 
muharrir bo‗lib ishladi. 1971 – 1977-yillarda G‗afur G‗ulom nomidagi Adabiyot va san‘at 
nashriyotida muharrir lavozimida faoliyat ko‗rsatdi. So‗ng «Oydin» gazetasida, 1987-
yilgacha yana G‗afur G‗ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyotida mehnat qildi. 
1987 – 1989-yillarda O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1989-
yildan 1997-yilgacha O‗zbekiston yozuvchilar uyushmasi targ‗ibot markazida katta 
muharrir, 1997 – 1999-yillarda «Jahon adabiyoti» jurnali bo‗lim mudiri vazifalarida 
ishladi. Unga 1999-yil «O‗zbekiston xalq shoiri» unvoni berilgan.
Rauf Parfi 2005-yili Toshkentda vafot etdi.
Ijodiy faoliyati 
Rauf Parfining birinchi she‘ri 1953-yilning 5-martida o‗n yoshida Stalin vafotiga 
bag‗ishlab yozilgan marsiya bo‗ldi. Universitetning birinchi bosqich talabasi ekanida 
«Laylo» she‘ri millat yoshlarining eng sevimli qo‗shig‗iga aylandi.
I. She‘rlari 

«Diloromning ko‗zlari»

«Yoshlik zangor fasl...»

«Xato qildim...»

«Og‗riq»

«Tavba»

«Sensiz»

«Shoir»

«Assalomu alaykum, dorning og‗ochi»
II. She‘riy to‗plamlari 

«Karvon yo‗li» (ilk she‘riy to‗plami,1968) 

«Aks sado» (1970) 

«Tasvir» (1973) 

«Xotirot» (1975) 

«Ko‗zlar» (1977) 

«Qaytish» (1978) 


391 

«Sabr daraxti» (1986) 

«Sukunat» (1989) 

«Tavba» (2000) 

«Turkiston yodi» (2013) 

«Sakina» (2013) 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish