Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

Asarning umumiy mazmuni:
«Sohibqiron» dramasida Amir Temur janglarda emas, balki ko‗proq o‗ylar girdobida 
aks ettiriladi. Asarda Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, Sulton Boyazid, 
amirlar, o‗g‗illariga munosabatini ko‗rsatish mobaynida yorqin aks etgan. Amir Temur 
tajribali hukmdor va o‗ychil faylasuf sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlarni «
Mo‘l 
xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar
» deya belgilaydi. Uning jahongirlik tabiati 
suruvda bitta cho‗pon bo‗lganiday, xalqni ham bir podshoh boshqarishi kerakligi 
borasidagi qanoatida namoyon bo‗ladi. Dramada jahongirning fuqarolarga munosabati 
«
Hukmdorlar seva turib fuqarolarni Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor
» degan 
qarashida aks etadi. 


386 
A.Oripov Temurni o‗z yo‗lining to‗g‗ri-noto‗g‗riligini aniqlashga tinmay urinadigan, 
bosgan har bir qadami xususida fikr yuritadigan kishi sifatida ko‗rsatadi. Shuning uchun 
Temurning «
Unutmagil, muzaffarman haqligim uchun
» degan so‗zlari o‗quvchiga 
qahramon fikrlash tarzining mantiqiy hosilasiday ta‘sir qiladi. 
Asarda Amir Temurning o‗z dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani 
Sulton Boyazid, haddidan oshgan kimsani jazosiz qoldirmasligi Amir Husayn, ezgu amalli 
kishilarni taqdirlashi Hofiz Sheroziy va Qosimbek timsollari orqali ishonarli aks ettirilgan. 
Dostonda Boyazidning Amir Temurga yozgan xatidagi haqoratlar uni urushga kirishishga 
majbur etishi ishonarli tasvirlangan: «
Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur, bilib 
qo‘yki, xotunlaring uch taloq bo‘lgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening 
xotunlarim bo‘lsin uch taloq
». Muallif hech bir musulmon chidashi mumkin bo‗lmagan 
bunday odobsizlikka Temurning jang bilan javob berishi tabiiyligini tarixiy haqiqatga ham 
mos holda ko‗rsatadi. 
A.Oripov asar bosh qahramonini o‗ylar og‗ushida aks ettiradi. Temur xato qilib 
birovlarning umriga zomin bo‗lishdan qo‗rqadi. Ammo o‗zini buyuk bir tarixiy missiyaning 
ijrochisi deb biladi: «
Nega ko‘pdir nayrangboz-u kazzob kimsalar? Nega bosgan yer yuzini 
buncha ko‘p illat? Men zaminni tozalashim kerak ulardan
». Jahongir jangovor yurishlarida 
doim biror xalqqa qarshi emas, balki yovuz hukmdorga qarshi qo‗shin tortadi. Shu tariqa 
muallif Sohibqiron faoliyatining axloqiy asoslarini aks ettiradi. 
Amir Temurning Ahmad Yassaviy bilan uchrashuvi asarning eng ta‘sirli lavhalaridan 
biridir. Bu o‗rinlarda Amir Temur o‗z xatti-harakatlariga ma‘naviy asos qidiradi. 
Yassaviyning: «Ayt-chi, Temur, sen besabab qon to‗kkanmisan?» – degan so‗rog‗iga 
javob berish jahongirga oson kechmaydi. Sohibqiron islomiy tartiblar o‗rnatish, adolatni 
qaror toptirish uchun qon to‗kkani haqida o‗ylaydi. Dunyoda banda tomonidan kuch bilan 
adolat o‗rnatilishi shubhali ekanligi Yassaviyning «Niyat qancha jozibali bo‗lsa ham, 
Temur, qilich bilan murod hosil bo‗lmog‗i gumon» degan so‗zlarida ifoda etiladi.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish