Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/39
Sana16.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#495329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
MI Xayrullayeva M

Qaynaquvdi



23 
Katta+qo‘rg‘on > katta qo‘rg‘on – bunda esa ikki so‘z birikib, so‘z birikmasini 
shakllantirgan. Katta+qo‘rg‘on > katta qo‘rg‘on > kattaqo‘rg‘on > 
Kattaqo‘rg‘on 
-
bunda ikki so‘z o‘zaro qo‘shilib, so‘z birikmasini, keyin qo‘shma so‘zni hosil qilgan. 
So‘ngra bu qo‘shma so‘z onomastik konversiyaning toponimik konversiya turi tufayli 
onomastik leksika sathiga ko‘chirib, toponimni yuzaga keltirgan. Demak, yuqoridagi 
ikki toponim qayd etilgan so‘z birikmalaridan toponimlashuv hodisasining toponimik 
derivatsiya va onomastik konversiya jarayonlarida shakllanganligi bilan farqlanadi. 
A. Hojiyev «Shuni ham qayd etish kerakki, so‘z (leksema) yasalishi haqida gap 
borganida, albatta, uning yasalish asosi masalasiga alohida e’tibor beriladi va uning 
qanday birlik bo‘lishi haqida ham fikr bildiriladi»
53
, deydi. Ammo toponimlar 
so‘zdan iborat bo‘lganini e’tiborga olgan holda, uning yasalish asosi haqida gapirish 
lozim. Sababi, qadimdan qo‘llanib kelinayotgan toponimlar bugungi kunda bir so‘z 
holiga kelgan bo‘lsa ham, oldin ular bir necha so‘zdan iborat bo‘lgan. Bunday 
toponimlarga Buxoroni ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Tilshunoslik bir butun tizim bo‘lgani singari nomshunoslik ham alohida tizim 
hisoblanadi. Demak, so‘z va toponim orasida qo‘yilgan chegara ham, aslida, nisbiy 
sanaladi. Shu o‘rinda so‘zning etimologik tahlili toponimning etimologik tahlili 
uchun ma’lum ma’noda asos bo‘lishi e’tiborga olinishi shart. So‘zdan obyektlarni 
nomlash ehtiyoji tufayli toponimlar hosil bo‘lgani kabi ijtimoiy-madaniy, siyosiy va 
iqtisodiy zaruryatlar natijasida toponimlardan so‘zlar, ya’ni lug‘aviy asoslarning 
yuzaga kelishi ham tabiiy hol. Masalan, Buxoro > buxorolik, Vobkent > Vobkentlik, 
Baxmalbof > baxmalboflik, Kulonxona > kulonxonalik va boshqalar. Tadqiqot olib 
borish uchun to‘plangan toponimik materiallar majmui mavjud so‘zlarning ikki 
guruhga bo‘linganini ko‘rsatadi: 
1.
Tilda mavjud bo‘lgan, ammo obyektlarni nomlash uchun tanlanmagan hamda 
toponimik ma’no yuklanmagan so‘zlar. 
2.
Obyektlarni nomlash ehtiyoji tufayli tanlangan va toponimik ma’nolar 
yuklangan lug`aviy asoslar. 
53
Ҳожиев А. Тил қурилишининг асосий бирликлари юзасидан мулоҳазалар// Ўзбек тили ва 
адабиёти. 2004, 5-сон, 33-43-б. 


24 
Asosiy maqsadimiz – ikkinchi guruh so‘zlardan, ya’ni obyektlarni nomlash 
ehtiyoji tufayli tanlangan va toponimik ma’nolar yuklangan lug‘aviy asoslardan 
shakllangan joy nomlarini etimologik tadqiqini yaratish. Demak, so‘z bilan toponim 
o‘rtasida doimiy munosabat hamda uzviy aloqadorlik bo‘ladi. Mazkur munosabat 
chegaralangan holatda apellyativ va onomastik leksika sathlarida yuz beradi. Chunki 
nom – voqelikning (narsa, belgi kabilarning) tildagi ifodasidir. Toponimga asos 
bo‘lgan so‘z, ya’ni lug‘aviy asos onomastik konversiya tufayli ma’lum toponimik 
ma’no (lar)ni ifodalashi bilan odatdagi so‘zlardan farqlanadi. Mana shu o‘rinda 
toponim va uning lug‘aviy asos (lar)i haqida to‘xtalish lozim bo‘ladi. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish