“еr yuzаsining quruqlik qismidа jоylаshgаn tаbiiy-jugʻrоfiy vа sunʼiy
(insоn yarаtgаn) obyektlаrning аtоqli оti: оykоnim, оrоnim, spеlеоnim, хоrоnim,
urbаnоnim, drimоnim, nеkrоnim vа b.
”
9
Mаrkаziy vа Oʻrtа Оsiyo jоy nоmlаrini oʻrgаnish rus mutахаssislаri fаоliyatidа
аsоsiy oʻrinni egаllаgаni mаʼlumdir. Bu bоrаdа V.V.Bаrtоld, L.S.Bеrg,
А.Х.Vоstоkоv, S.B.Vеsеlоvskiy, V.Vyatkin, А.P.Dulzоn, V.А.Juchkеvich,
Yu.А.Kаrpеnkо, M.Е.Mаssоn, А.K.Mаtvеyеv, E.M.Murzаyеv, V.А.Nikоnоv,
4
Никонов В.А. Введение в топонимику. – М.: Наука, 1965. – С.164.
5
Розенталь Д.Э., Теленкова М.А. Справочник лингвистических терминов. – М., 1972. –
С.447.
6
Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. – Т.: Фан, 1965. – Б.3.
7
Қораев С. Географик номлар маъноси. – Т.: Ўзбекистон, 1978. – Б.6.
8
Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган,
2006. – Б.76-83.
9
Бегматов Э., Улуқов Н. Кўрсатилган луғат. – Б.76-77.
9
А.I.Sоbоlеvskiy,
V.P.Sеmеnоv-Tyan-Shаnskiy,
B.А.Sеrеbrеnnikоv,
А.V.Supеrаnskаya,
V.N.Tоpоrоv,
А.I.Pоpоv,
S.P.Tоlstоv,
А.M.Shyogrеn,
V.B.Shоstаkоvich kаbi оlimlаr kеng koʻlаmli fаоliyat оlib bоrgаn.
Oʻrtа Оsiyo tаriхiy gеоgrаfiyasini oʻrgаnishdа N.V.Хаnikоv
10
, L.N.Sоbоlеv
11
,
N.F.Sityankоvskiy
12
lаrning хizmаti kаttаdir.
Хususаn, tаriхchi оlim V.L.Vyatkinning nоmini аlоhidа tilgа оlish zаrur.
CHunki V.L.Vyatkin Tоshkеnt vа Sаmаrqаnd hududlаrigа mаnsub tоpоnimlаrni
tаdqiq qilishdа аlоhidа jоnbоzlik koʻrsаtgаn. U vаqf hujjаtlаri аsоsidа tоpоnimlаrning
mаʼnоsi, pаydо boʻlish tаriхi hаmdа tаlаffuz jihаtlаrini tаhlil etgаn
13
. Bu hаqdа
mаʼlumоt bеrgаn S.Qоrаеv V.Vyatkin fаоliyatigа V.V.Bаrtоldning judа yuksаk bаhо
bеrgаnligini qаyd etgаn.
XIX аsr охiri XX аsr bоshlаridаgi rus shаrqshunоslаridаn аkаdеmik
V.V.Bаrtоldning аsаrlаri tоpоnimikаdа аlоhidа oʻrin tutаdi. V.V.Bаrtоld аsаrlаrini
oʻrgаnmаsdаn turib Oʻrtа Оsiyo tоpоnimikаsi bilаn shugʻullаnib boʻlmаydi
14
.
Oʻrtа Оsiyo tоpоnimiyasining qаdimgi hоlаti hаqidа А.L.Хrоmоvning аsаridа
hаm mаʼlumоtlаr bеrilgаn. Jumlаdаn, jоy nоmlаri hаqidаgi fаn – tоpоnimiyaning
shаkllаnishi uzоq tаriхgа bоrib tаqаlishini shаrqshunоs vа tilshunоs А.L.Хrоmоv
mаʼlumоtlаridаn bilib оlish mumkin. Uning хаbаr bеrishichа, hоzirgi Oʻrtа Оsiyo
hududining tоpоnimikаsi erаmizdаn аvvаlgi I аsrdа grеk оlimi Strаbоn, Ibn
Хoʻrdоdbеh (IX аsr), Аbu Jаʼfаr Nаrshахiy (X аsr), Muqаddаsiy (X аsr) vа
bоshqаlаrning аsаrlаridа ilk tоpоnimik mаʼlumоtlаr uchrаydi.
Turkiy qavmlarning qadimgi yodgorligi – O‘rxun-Enasoy bitiktoshlarida,
Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk»
15
asari va boshqa yozma
10
Хаников Н.В. Описание Бухаркого ханства. – СПб., 1843.
11
Соболев Л.Н. Географические и статистические сведения О Зерафшанском округе с
приложинием списка населенных мест округа. – СПб., 1874.
12
Ситянковский Н.Ф. Заметки о Бухарской части долины Зерафшана. ИТОРГО. Т.1, вып. 2.
1900. – С.121-314.
13
Вяткин В.Л. К исторической геграфии Ташкентского района. ПТКЛА,1900. – С. 156-159;
Материалы к исторической географии Самаркандского вилайета. СКСО, вып. VII, 1902. –
С.1-63.
14
Қораев С. Кўрсатилган асар. – Б. 19.
15
Кошғарий Маҳмуд. Девону луғотит турк. Уч томлик. 1- т. - Т.:ФА нашр., 1960. - Б.50.
10
manbalarda ham joy nomlari qayd etilgan, qadimda kishilar joylarni o‘z tillariga xos
so‘zlar bilan nomlashgan hamda shu nomlar toponimlar sifatida bugungacha saqlanib
qolgan. Toponimlarni o‘rganish, tasnif, tavsif va izohli tahlil qilish bo‘yicha jahonda,
shu jumladan, respublikamizda ham bir qancha ishlar bajarilgan. Quyida ulardan eng
asosiylariga maxsus to‘xtalishni o‘rinli deb bilamiz.
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Narshaxiy, Mahmud Koshg‘ariylar qadim
Turkiston zaminidagi joy nomlari maxsus qayd etilib, ulardan ba’zi birlarini izohlab
berishganini H.Hasanov va S.Qorayev amalga oshirgan tadqiqotlarida bayon
etishgan
16
. Toponimlarni o‘rganishda Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit
turk» asarida berilgan so‘zlar va ularga oid izohlar alohida ahamiyatga ega. Bu lug‘at
mamlakatimiz toponimlaridagi ba’zi bir tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘z va ma’noli
qismlarning izohlarini topishda, shuningdek, toponimlarning etimologik tahlilidagi
bahsli o‘rinlarga aniqlik kiritib, joy nomlarining etimonlarini ko‘rsatishda noyob
manbalaridan biri hisoblanadi.
Atoqli rus olimi, sharqshunos V.V.Radlov Oʻrta Osiyo va Rossiyaning
Qorabuloq, Qiziltosh, Krasnoyarskiy kabi bir necha joy nomlarini o‘rgangan. Uning
bu tadqiqoti toponimlarning etimologik tahlili sifatida tan olingan
17
.
Sharqshunos V.V.Radlovning mashhur lug‘atida so‘zlarning qanday ma’nolarga
egaligi, shuningdek, ularning qaysi manbalarda uchrashi haqida fikr yuritilgan.
Mazkur lug‘atda muallif so‘zlarning ma’nolarini o‘zi yashagan davr imkoniyatlaridan
kelib chiqib izohlagan. M.N.Melxeyev fanda toponimlarni qanday va qay holda
tadqiq qilish kerak degan bahs borayotgan bir paytda izohli hamda qisman etimologik
mazmundagi taxminlari bo‘lgan toponimik lug‘atni nashr qildirgan
18
.
15
Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. T.: Фан. 1965, 46-б.; Географик терминлар
луғати. T.: Фан, 1964; Қораев С. Географик номларнинг маьносини биласизми? - Т.:
Ўзбекистон, 1970; Қораев С., Ғуломов П. Раҳимбеков Р. Географиядан изоҳли луғат. Т.:
Ўқитувчи, 1979.
16
Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. T.: Фан. 1965, 46-б.; Географик терминлар
луғати. T.: Фан, 1964; Қораев С. Географик номларнинг маьносини биласизми? - Т.:
Ўзбекистон, 1970; Қораев С., Ғуломов П. Раҳимбеков Р. Географиядан изоҳли луғат. Т.:
Ўқитувчи, 1979.
17
Благова Г. В.В.Радлов и изучение топонимии Сибири//Развитие и методы топонимических
исследований. –Mосква: Наука, 1970, с. 80-90.
18
Мелхеев Географические имена. –Mосква: Учпедиздат, 1961, с. 99.
11
Turli tillarga oid joy nomlarini o‘rganib, tarixiy, geografik va tilshunoslik fanlari
nuqtayi nazaridan tadqiq etishda E.M.Murzayevning xizmati katta u toponimlarning
etimologik tahlili bo‘yicha ilmiy ishlar qilgan bo‘lsa ham, bu sohada jiddiy
shug‘ullanmagan
19
.
V.A.Nikonov joy nomlarini qanday tarzda va qanday darajada o‘rganish
kerakligi masalalarini alohida kitobida bayon etgan
20
. Ammo uning toponimlarini
o‘rganish haqidagi fikrlari izohli, tavsifiy hamda qisman etimologik yo‘nalishda
bo‘lgani uchun bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan qaralganda mukammal holga
kelmagan. Sababi, ular tavsifiy, tasnifiy va izohli tadqiq yo‘nalishida berilgan. Bu
olimning toponimik lug‘atida to‘rt mingga yaqin toponimlar tahlil qilingan. Masalan,
Sibir toponimi
21
. Kitobda berilgan ko‘p toponimlarning etimologik tahlili hozirgi
davr ilm-fani talablari asosida baholansa, ularda toponimlarga oid izohli mazmungina
mujassamlashgan, xolos.
V.N.Toporov atoqli otlarning mustaqil tizimligi, maxsus atalganligi va
toponimik xususiyatlarga egaligini, etimologik tadqiqning sinalgan ma’lum bir usul
hamda tamoyillarsiz ularning etimologik tahliliga kirishib bo‘lmasligini bayon
qilgan
22
. Muallif bu o‘rinda haq. Shuning uchun toponimlarni etimologik tadqiq
qilishning yo‘sinlarini o‘rganish zaruriyati seziladi. A.V. Superanskaya onomastik
tadqiqotlarda lingvistik jihatdan tadqiq etish yo‘nalishi:
1) nomlarning umumiy nazariy masalalari;
2) onomastik tizimning ma’lum tip va turlarga bo‘linishi;
3) tadqiqotning metodikasi;
4) regional va areal onomastika;
5) tarixiy onomastika;
6) badiiy asarlar onomastikasi;
7) onomastikadagi ishonchlilik va etimologik tadqiq;
8) leksik tamoyil asosida nomlarni o‘rganish;
19
Мурзаев Э.М. Очерки топонимики. –М., Мысль, 1974, -382 с.
20
Никонов В.А. Введение в топонимику. –М., Наука, 1965. -178 с.
21
Никонов В.А. Краткий топонимический словарь.−М.: Мысль,1966, −150 с.
22
Топоров В.Н. Из области теоретических топоономастики //ВЯ. 1962. № 6, −С 3−12.
12
9) nomlarning transkripstiyasi, transliteratstiyasi;
10) nomlash modellari;
11) atoqli otlarning standartlashtirilishi;
12) ularning lug‘atlarini tuzish tarzida borishini ta’kidlaydi
23
. Bular nomlar
tadqiqiga oid bo‘lgan bir butun tadqiqotlar majmuini anglatadi. Ularni bir tadqiqot
davomida amalga oshirib bo‘lmaydi. Muallif ushbu fikrlari bilan toponimlar
tadqiqining o‘ziga xos bo‘lgan alohida tizimliligini ko‘rsatgan.
Bugungacha toponimlarning etimologik tadqiqi usullari mukammal holda ishlab
chiqilmagan. Onomastik atamalarning, jumladan, toponimlarning etimologik tahlili
hamda tadqiq yuzasidan bahs, munozaralar bo‘lishiga sabab: bunday birliklirni tadqiq
qilishning nazariy asoslari hamda amaliy qimmatga molik usullari har tomonlama
o‘ylanmagan va ilmiy – amaliy jihatdan dalillanmaganligidir. Ushbu holat haqida
A.V.Superanskaya
24
va T.D.Januzoqov
25
maxsus to‘xtalishgan. Bunday hol turli
tillarga oid onomastik atamalarning, shuningdek, toponimlarning ham etimologik
tahlil va tadqiqiga xos xarakterli xususiyatlardan biridir.
E. M. Paspelovning toponimik lug‘atida turli mamlakatlardagi 1250ga yaqin
toponimlarning tasnifiy va tavsifiy tahliliga to‘xtalgan. Ammo ular etimologik tahlil
emas, chunki muallif ushbu tadqiqotini ilmiy-ommabop asar tarzida tayyorlagan
26
.
M.Geldixanov Turkmanistonning milliy geografik terminlarini tasnifiy va tavsifiy
yo‘nalishda o‘rgangan
27
.
S.Ataniyozovning
Turkmaniston
etnonimlari
va
toponimlarini tasniflash, izohlash, shu jumladan, etimologik tahlil qilishga oid ilmiy
ishlari mavjud
28
. Shuningdek, D.Isayev, K.Konkobaev, S.Xudayberganov kabi
olimlarning faoliyati bilan Qirg‘iziston toponimiyasi tadqiqi izohli tarzda amalga
23
Суперанская А.В. Лингвистический аспект ономастических исседований //Вопросы
ономастики. −С., СамГУ, 1976, −С 5−12.
24
Суперанская А.В. Теоретические проблемы региональных топонимических исследований
// Материалы конференции по ономастике Узбекистана. −Джизак, 1985, −С 10−11
25
Джанузаков Т.Д. Некоторые аспекты теории и методики ономастических исследований в
тюркских языках // Материалы конференции по ономастике Узбекистана. −Джизак, 1985, −С
33−34.
26
Поспелов Е.М. Школьный топонимический словарь. −М., 1988, 224 с.
27
Гельдиханов М. Местные географические термины Туркменистана. Автореф.канд.диссер.
−Баку, 1973, −23 с.
28
Атаниязов С. Туркманистанын топонимияси. −Ашгабад. Илми, 1981, −224 б.
13
oshirildi. K.Konkobayev toponimik qatlamlar, toponimlarning leksik-semantik tahlili,
ularning tuzilishi janubiy Qirg‘iziston toponimlari misolida ko‘rsatib o‘tgan. Shu
bilan birga muallif Ayni o‘sha hudud toponimlari va geografik terminlarining qisqa
lug‘atini bergan
29
.
O.T.Molchanova tog‘li Oltoydagi turli tillarning so‘zlari asosida yuzaga kelgan
toponimlarni tilshunoslik va geografiya fanlari yondashuvi asosida tavsifiy
yo‘nalishda o‘rgangan. T.M.Garipov va F.G.Garipovaning; A.Devonaqulov va
R.Dodixudoyevning ilmiy tadqiqotlarda Qozog‘iston, Boshqirdiston, Tatariston,
Tojikiston toponimlarining tavsifiy, tasnifiy jihatlardan tahlili amalga oshirilgan.
Qozog‘istonda onomastika masalalariga, shu jumladan, toponimlarning
etimologik tadqiq va tahlili masalalariga bag‘ishlangan to‘plam nashr etilgan. Unda
toponimiya, antroponimiya, etnonimiya va zoonimiya bo‘limlari bo‘lib, asosan,
izohli, qisman etimologik tahlil talqinlari ham qayd etilgan
30
.
Turkiy tillarning etimologiyasi muammolariga bag‘ishlangan anjuman (1986-yil
28-30-may)
materiallari 1990-yilda nashr qilingan. Unda A.T.Kaydarov,
S.V.Voronin, O.P.Molchanova kabi olimlarning oltmishdan ortiq maqolasi mavjud.
Ushbu kitobda etimologik tadqiqning nazariy masalalari ham etimologik tahlil kabi
bahsli ekanligi ko‘rsatilgan
31
.
Ozarbayjon onomastikasi, xususan, toponimikasi bo‘yicha professor
A.Kurbanov boshchiligida bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Unda
toponimlar taxmin asosida izohlangan. Shuning uchun olib borilgan etimologik
tahlillarda nimadir yetishmayotganligi sezilib turadi. Sababi, ular mukammal tadqiq
va talqin etilmagan
32
.
Shuningdek, turkiy xalqlardan biri bo‘lgan qalmiqlar onomastikasi bo‘yicha ham
maxsus tadqiqot olib borilgan
33
. Unda toponim va antroponimlar tadqiqiga oid qator
fikrlar bildirilgan.
29
Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. T.: Фан. 1965, 46-б.
30
Вопросы ономастики Казахстана. Алма-Ата. Илим, 1986. С 134.
31
Проблемы этимологии тюркских языков. –Алма-Ата, Илим, 1990, -400 с.
32
Проблемы Азербайджанской ономастики. Вып. 2. –Баку, 1988, -308 с.
33
Ономастика Калмыкии. –Элиста, 1983. -148 с.
14
Ba’zi bir joy nomlariga o‘rganilgan mavzuga ma’lum ma’noda aloqador
bo‘lgani uchun tavsifiy mazmunda izohli va etimologik sharhlar berilgan tadqiqotlar
jumlasiga S.Ibrohimov, A.Ishayev va Sh.Nosirov kabi olimlarning ishlarini qayd
etish lozim (adabiyotlar ro‘yxatiga qarang). S.Ibrohimov bilan A.Ishaev Andijon va
Mang‘it toponimlari haqida izohli hamda qisman etimologik tahlil berishgan
34
.
Sh.Nosirov esa Qo‘qon joy nomini faqat tavsifiy jihatdan talqin qilgan, xolos
35
H.Hasanovning ishlarida toponimlarni transkripstiya qilish, izohli tasnifi va
tavsifi, shuningdek, ularning geografik tavsiloti muammolariga to‘xtalingan. Biroq
muallif ularning etimologik tahlili yuzasidan fikr yuritmagan
36
.
E. Begmatov toponimika masalalariga oid ilmiy maqolalar yozgan, ammo joy
nomlarining etimologik tahliliga maxsus to‘xtalmagan
37
.
A.Muhammadjonovning tadqiqotlarida ba’zi bir toponimlarning tavsifi va
etimologik tahliliga tarixiy jihatdan ko‘proq yondashish seziladi. Uning bir qator
maqolalarida ba’zi toponimlarning etimologik tahlili amalga oshirilgan
38
.
Q.Abdumuratov Qoraqalpog‘istondagi joy nomlarini izohlagan
39
.
S.Qorayevning tadqiqotlarida toponimlarning tasnifi, tavsifi va izohli tahliliga
ham lingvistik, ham geografik nuqtai nazardan munosabat bildirgan (adabiyotlar
ro‘yxatiga qarang). Uning «O‘zbekiston viloyatlari toponimlari» nomli kitobida
34
Каримов С.А., Бўриев С.Н. Ўзбек топонимикаси тараққиёт босқичида. –Тошкент, “Фан”
нашриёти, 2006, - Б. 54-60.
35
Носиров Ш. Ўзбек тилининг Қўқон шеваси. −Т., Фан, 1980, −176 б.
36
Ҳасанов Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. T.: Фан. 1965, 46-б.; Ҳасанов Ҳ. Географик
терминлар луғати. T.: Фан, 1964.
37
Бегматов Э., Наимов С. О классификации топонимов // Тюркское языкознание. –Т.: 1985.-
С 275-279; Истиқлол ўлкасининг топонимик сиёсати // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1997. – 3-
сон. – Б.3-9.; Жой номлари – маънавият кўзгуси. – Т., 1998. – Б.33-34.
38
Муҳаммаджонов А. Топонимлар – халқ тарихини ўрганиш манбаи// “Ономастика
Узбекитана” тезисы 2-республиканской научно-практической конференции. (Карши, 14-16
сентябрь 1989). – Т., 1989. – С.55.; Жой номлари – тарихий манбадир // Илмий-амалий
конференция докладлари тезислари. – Т., 1994. – Б.15-17.; Работ атамаси этимологияси //
Ўзбек тили ва адабиёти. – 1995. – 2-сон. – Б.43-45.; ; Айрим топонимлар семантикаси// Ўзбек
тили ва адабиёти – 2004. – 2-сон. – Б,39-42.; Самарқанднинг тарихий топонимлари // Ўзбек
тили ва адабиёти. – 2007. – 4-сон. – Б.38.
39
Абдумуратов К. Почему так названо? (На материале Каракалпакской топонимии). −Н.,
1970. −129 с.
15
mamlakatimiz maydoni 14 ta toponimik hududga bo‘linib, etnonimlarning ma’nosi,
toponimikani kodlari yoritilgan.
O‘zbekiston toponimiyasining tadqiq etilishida bevosita ishtirok etgan
olimlardan yana biri professor Zaripboy Do‘simovdir. Uning tadqiqotlarida Xorazm
hududidagi joy nomlarining yasalishi, nomlanishi hamda izohlanishiga, ba’zi
toponimlarning etimologik tadqiqiga e’tibor qaratilgan (adabiyotlar ro‘yxatiga
qarang). Muallifning «Toponimika asoslari» nomli kitobida tarixiy toponimika va
uning muammolari, toponimlar tasnifi, joy nomlarining semantik turlari, joy
nomlarining grammatik tarkibi va tarixiyligiga ko‘ra turlari, ularning yasalishi,
toponimik indikatorlar, ularning tasnifi, toponimlarning atalish prinstiplari,
tomonlarni o‘rganish metodlari, maktabda toponimika mavzulari tavsifiy–tasnifiy
holatda yaratilgan
40
.
T.Nafasovning ilmiy tadqiqot ishlarida O‘zbekistonning janubiy tumanlaridagi
kelib chiqishi va shakllanishi umumturkiy, o‘zbek hamda o‘zlashma toponimlar
etnolingvistik va izohli tahlil qilingan
41
.
T.Nafasov Oʻzbekiston toponimlari tadqiqiga oid ko‘p ilmiy izlanishlarni
amalga oshirgan olim sanaladi. O‘zbekistonning janubiy hududlari toponimlari
bo‘yicha tuzilgan izohli lug‘ati muallifning tadqiqotlaridagi o‘ziga xoslikni ko‘rsata
oladi.
N.Oxunovning ilmiy kuzatishlari Farg‘ona vodiysidagi turli tillarga mansub
bo‘lgan toponimlarning tasnifi, tavsifi va yasalish modellari tahliliga bag‘ishlangan
42
.
40
Дўсимов З. Топонимлар таснифи масаласига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1978. – 1-
сон. – Б. 17-20.; Топонимларнинг ясалиши масаласига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1980.
– 2-сон. – Б.45.; Хоразм топонимлари. – Т.: Фан, 1985. – 104 б.
41
Нафасов Т. Объектларнинг номланишига доир // Ўзбек тилшунослиги масалалари. – Т.,
1976. – Б.56-59.; Ўзбекистон топонимларининг изоҳли луғати (Ўзбекистоннинг жанубий
районлари). – Т.: Ўқитувчи, 1988. – 135 б.; Ўзбек номномаси. – Қарши: Насаф, 1993. – 154
б.; Қашқадарё қишлоқномаси. Қашқадарё вилояти қишлоқлари номининг тадқиқи. – Т.:
Муҳаррир, 2009. – 430 б.
42
Охунов Н. Жойлар ва номлар. – Тошкент, “Ўзбекистон”, 1986. -22 б.; Тил ва жой номлари.
– Тошкент, “Ўзбекистон”, 1988. -24 б.; Топонимлар ва уларнинг номланиш хусусиятлари –
Тошкент, “Фан”, 1989. - 52 б.; Жой номлари таъбири. –Тошкент, “Ўзбекистон”, 1994. -86 б.
16
X.Xolmo‘minov “Boysun rayon mikrotoponimlarining leksik-semantik
xususiyatlari” nomli maqolasi
43
va Yo.Xo‘jamberdiyevning dissertatsiyasi
44
Surxondaryo viloyati makrotoponimlari bilan mikrotoponimlarning tavsifi hamda
tasnifiga, shuningdek, ba’zi bir toponimlarning izohli tahliliga qaratilgan.
J.Latipovning
“Margʻilon shahri va uning atrofi toponimiyasi” nomli
dissertatsiyasi
45
da Marg‘ilon shahri mikrotoponimlari tasnifiy va tavsifiy jihatlardan
o‘rganilgan.
Sh.Qodirova Toshkent mikrotoponimlari tahliliga bagʻishlangan tаdqiqоtida
Toshkent shahri mikrotoponimlarini tavsifiy, izohli, qisman etimologik tahlil qilgan,
biroq shahar mikrotoponimiyasi to‘liq to‘planmagan, mikrotoponimiya tushunchasi
va bu tushuncha doirasiga kiruvchi nomlar haqida to‘xtalmagan
46
.
T.Rahmatov tadqiqotida Samarqand shahridagi toponimlarni, jumladan,
Samarqand joy nomini tadqiq etgan
47
.
O‘zbekiston toponimiyasida Buxoro viloyati o‘z nomlari bilan alohida o‘rin
tutganligini qayd etish lozim. Uzoq o‘tmishga ega bo‘lgan, qadim Sharqning
durdonasi sanalgan Buxoro 3000 dan ortiq toponimga egaligi bilan ajralib turadi.
Buxoro viloyat toponimlarning bayon va tadqiq etilishida Narshaxiy, Abulg‘ozi
Bahodirxonlar bilan qatorda dostent S.Nayimovning ham alohida o‘rni bor.
S.Nayimov Buxoro viloyati oykonimlarini ma’lum darajada to‘plagan,
shuningdek, Buxoro toponimini tavsifiy va tasnifiy jihatdan asosan izohli, etimologik
mazmunida tadqiq etgan. S.Nayimov tadqiqotlarida Buxoro viloyati toponimlarning
43
Холмўминов Х. Бойсун район микротопонимларининг лексик-семантик хусусиятлари //
Ўзбек тилининг лексик-грамматик хусусиятлари. Илмий мақолалар тўплами. – Т., 1988. – Б.
73-75.
44
Худжамбердиев
Я.
Историко-этимологические
исследование
топонимики
Сурхандарьинской области Узбекской ССР. Автореф.канд.диссер. –Т., 1973, -25 с.
45
Латипов Ж. Марғилон шаҳри ва унинг атрофи топонимияси: Филол. фанлари номз....дисс.
– Т., 1975. – 219 б.
46
Кадырова Ш. Микротопонимы Ташкента. Автореф.канд.диссер. –Т., 1970, -28 с.
47
Рахматов Т. Топонимия города Самарканда и его окрестностей. Автореф.канд.диссер. –М.,
1973, –31 с.
17
etnotoponimlar, antropotoponimlar hamda topotoponimlari keng va atroflicha
o‘rganilgan
48
.
L.Karimovaning “Oʻzbek tilida toponimlarning oʻrganilishi” nomli ishi shimoliy
o‘zbek shevalarida uchragan toponimlarning asosan izohli, qisman etimologik tahlili
va o‘zbek tilshunosligida toponimlarning o‘rganilishi kabi masalalarga qaratilgan
49
.
Muallif Qarnoq, Cho‘rnoq, Suvnoq, Chilik, Qarsaqti, Qo‘rali kabi bir qancha joy
nomlarining etimologik tahliliga to‘xtalgan. Ammo ulardan ba’zi birlarining
etimologik tahlili yakunlanmagan va ularning etimonlari haqida to‘xtalinmagan.
B.O‘rinboyev Jizzax va Samarqand viloyati toponimlarini izohli tahlil qilgan
50
.
Toponimlar zaminida etimologik kuzatishlar olib borib, ularning etimologiyasi
bilan birgalikda etimonini izohlashga harakat qilgan ishlardan biri A. Otajonovaning
«Xorazm etnotoponimlari»
51
nomli monografiyasi hisoblanadi. Unda Qozoqovul
(Qoraqalpoqiston Respublikasi Amudaryo tumani), Ilonli (Qoraqalpoqiston
Respublikasi Xo‘jayli tumani), Bolg‘ali, Qo‘ng‘irot (Xorazm viloyati Yangibozor
tumani), Yuzovul (Xorazm viloyati Yangibozor tumani), Uyshun, Uyshunli
(Qoraqalpoqiston Respublikasi Amudaryo, Xo‘jayli tumanlari), Tuyachi, Jilanli,
Qushchi (Qoraqalpoqiston Respublikasi Amudaryo tumani), Qazayaqli (Xorazm
viloyati Xonqa tumani), kabi etnotoponimlarning izohli hamda tarixiy-etimologik
tahliliga bag‘ishlangan mulohazalar bayon qilingan.
Soʻnggi yillаrdа tоpоnimiya boʻyichа аmаlgа оshrilgаn ishlаr оrаsidа
I.Хоlmurаtоvning dissеrtаtsiyasi аlоhidа eʼtibоr lоyiq. Ushbu ishdа Jаnubiy
Qоrаqаlpоgʻistоn оykоnimiyasi mаsаlаlаri tаhlilgа tоrtilgаn
52
.
48
Наимов С. Топонимик аниқлагичлар ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. – 1983. – 4-сон. – Б.
62-63.; Ойконимы Бухарской области: Автореф. дисс... канд. филол. наук. – Т., 1984. – 20 с.;
Бухоро область топонимияси. –Т., 1984, –24 б.
49
Каримова Л. Ўзбек тилида топонимларнинг ўрганилиши. – Т.: Фан, 1982 . – 96 б.
50
Ўринбоев Б. Асрлардек барҳаёт номлар. –Самарқанд, Зарафшон. 2003. -258 б.; Жиззах
топонимларининг таъбири. –Самарқанд, 2007. -80 б.
51
Отажонова А. Хоразм этнотопонимлари. – Т.: Фан, 1997. –129 б.
52
Холмуратов И. Жанубий Қорақалпоғистон ойконимлари ва уларнинг луғавий
асосларининг лисоний тадқиқи. Филол. фанл. Бўйича фалс.доктори (PhD) диссер. Автореф. –
Бухоро, 2020. -52 б.
18
O‘zbekiston toponimlarining tahlili va tadqiqiga oid ilmiy ishlarda ularning
morfologik, leksik – semantik, sintaktik va yasalish xususiyatlari haqida fikr
yuritilgan.
Ba’zi bir tadqiqotlarda etimologik tahlil haqida fikr ilgari surilgan va ularda
etimologiya termini qo‘llangan. Bunda etimologik tahlil yoki etimologik tadqiq
terminlarini ishlatish o‘rinli bo‘lar edi. Bugungi kungacha joy nomlari geografik,
geologik va tarixiy jihatlardan tavsiflingan va tilshunoslik nuqtai nazaridan
izohlangan. Natijada, toponimikaga oid ishlarda ba’zi bir toponim ( masalan, Buxoro,
Toshkent, Qarshi kabi )larning bir – biriga zid bo‘lgan bir necha xil talqini uchraydi.
Bu esa ushbu sohada bahs talab masalalarning ko‘payishiga olib kelgan.
Ko‘pchilik olimlar, jumladan, H.Hasanov. E.M.Murzayev, V.A.Nikonov,
E.M.Pospelov,
Q.Qonqaboyev,
M.Geldixanov,
S.Ataniyozov,
D.Isayev,
S.Xudoyberganov, O.T.Molchanova, T.M.Garipov, F.G.Garipova, A.T.Kaydarov,
S.V.Voronin, Q.Abdumuratov, Z.Do‘simov, T.Nafasov, N.Oxunov, J.Latipov,
T.Raxmatov, B.O‘rinboyevlar toponimlarni umumiy tavsifi va tasnifini berishgan.
Ba’zi bir olimlarning, shu jumladan, A.V.Superanskaya, T.D.Januzoqov,
E.M.Murzaev, V.A.Nikonov, S.Ataniyozov, S.Qorayev, Yo.Xo‘jamberdiyev,
Sh.Qodirova, A.Ishayev, L.Karimova, A.Otajonovalar ilmiy ishlarida etimologik
tahlil va etimologik tadqiq qilish kerakligini qayd etishgan holda, ba’zi toponimlarni
tavsiflash va izohli tahlilini amalga oshirish mavjud. Mazkur ishlarda O‘zbekiston
toponimlarining tasnifi va izohli tavsifi kabi masalalar ko‘rilgan, lekin
toponimlarning lug‘aviy asoslari va etimologik tadqiqi yo‘sinlari masalasi e’tibordan
chetda qolgan. Shu bilan birga, toponimlarning etimologik tadqiqi masalasiga u yoki
bu darajada yondashgan ba’zi bir tadqiqotlar ham bor.
Ular toponimlarning etimologik tadqiqida yangi, o‘ziga xos yo‘nalish bo‘lsa
ham, toponimlarni etimologik tadqiq qilishning yo‘sinlari o‘rganilmaganligi va
etimonlari aniqlanmaganligi bilan mukammallik darajasiga ko‘tarilmagan. Ushbu
tahlillarda, albatta, o‘ziga xoslikni asoslaydigan dalillar bor. Ammo mana shu
dalillarning qaysi biri o‘rganilayotgan joy nomi uchun asosli va ishonchli ekanligini
isbotlaydigan tamoyil hamda usullar ko‘rsatilmagan. Sababi, ularda etimologik tadqiq
19
uchun zarur bo‘ladigan omil, tamoyil va usullar, shuningdek, toponimlar va ular
lug‘aviy asoslarining etimologik tadqiqiga oid masalalar majmui to‘liq asoslab
berilmagan. O‘zbekiston toponimlari ham tarixiy, ham bugungi davrga xos
xususiyatlarga egaligi, alohida nomlanish va motivlanish tizimining mavjudligi,
shuningdek, turli toponimik hududlarga bo‘linganligi bilan ajralib turadi. Ushbu
xususiyatlarning majmui toponimlarni etimologik tadqiq qilishning tamoyil va
usullariga, bu tadqiqda yondashilgan masalalarga, shu jumladan, ularning
motivlanishiga bir butun holda qarash kerakligini ko‘rsatib turibdi. Buning uchun joy
nomlari va ularga asos bo‘lgan lug‘aviy asoslarining etimologik tadqiqiga oid
masalalarni, shuningdek, tadqiqotlarda qo‘llanishi lozim bo‘lgan omil, tamoyil va
usullarni etimologik tahlil va tadqiqining yo‘sinlari sifatida o‘rganish zarur.
Xullas, O‘zbekiston toponimlari quyidagicha tadqiq etilgan:
- Bugungacha toponimlar asosan umumiy, lingvistik, geografik va tarixiy
yo‘nalishlarda qayd etilib, tavsifiy hamda izohli tarzda o‘rganilgan. Mana shu
yo‘nalishlarning ta’sirida mamlakatimiz toponimlarini talqin etish birmuncha keng
an’ana bo‘lsa ham, ularning etimologik tahlili tadqiqiga kam munosabat bildirilgan.
- XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekiston toponimlarini tuman va
shaharlar doirasida tavsifiy, tasnifiy mazmunda tadqiq etish boshlangan. Bu
tadqiqotlarning ba’zilarida etimologik tahlil berilgan, ammo ular mukammal
etimologik tahlil darajasida amalga oshirilmagan.
- Vatanimiz toponimlariga oid ilmiy ishlar oddiy lisoniy hamda geografik
tavsifdan izohli tavsif va tasnifga qarab borgan. Ammo ularda toponimlarning
etimologik tahliliga yo‘l–yo‘lakay to‘xtalingani va ularni etimologik tadqiq
qilishning me’yorlariga e’tibor berilmagani uchun amalga oshirilgan joy nomlarining
etimologik tahlili, bugungi kun nuqtai nazaridan qaralganla, mukammal holatga
kelmagan.
Fanda qo‘llangan tamoyil va usullarni to‘g‘ridan–to‘g‘ri toponimlarning
etimologik tadqiqi jarayonida ishlatib bo‘lmaydi. Sababi, toponimlar bir necha fanlar
doirasida o‘rganiladi. Shuning uchun ulardagi mavjud usul hamda tamoyillarni
toponimik tadqiqotda qalashtirib tashlash bilan toponimlar etimologik tahlili va
20
tadqiqining nazariy asoslari yaratilmaydi. Bugungacha bajarilgan toponimik
tadqiqotlarga tayanib, jonlangan toponimik materiallar asosida ularni etimologik
tidqiq etishni nazariy asoslari bo‘lgan tamoyil va usullari to‘g‘risida fikr yuritish
o‘rinli.
Ushbu tadqiqotda toponimlarning etimologik tahlili haqida turli tamoyil hamda
usullarga, shuningdek, tadqiqotni amalga oshirishga oid masalalarga jiddiy e’tibor
berildi. Ular toponimlarning etimologik tahlili misolida dalillar bilan asoslandi. Shu
sababli, biror usul, omil yoki tamoyil haqida gapirganda bir yohud bir necha
toponimning etimologik tahlillari namuna sifatida berildi. Shu bilan birga etimologik
tahlil etilgan o‘sha toponimga boshqa tamoyil, usul va omillar ham amal qilishi
mumkinligini rad etmaymiz. Toponimlarning etimologik tadqiqi jarayonida lingvistik
yo‘nalish geografik, tarixiy yo‘nalishlar bilan birgalikda, onomastik tadqiqotlarning
muhim qirrasi hisoblanadi.
Mazkur qirrani mantiqiy izchillik bilan mukammal yoritish uchun
toponimlarning lug‘aviy asoslarini belgilash hamda etimologik tadqiqida o‘rganilish
sharti sifatida quyidagilar belgilandi: toponim va ular lug‘aviy asoslarining
etimologik tadqiqiga oid yondosh masalalar; toponim va ular lug‘aviy asoslarining
etimologik tadqiqini ta’minlovchi omillar: toponim va ular lug‘aviy asoslarini
etimologik tadqiq qilishning tamoyil hamda usullari; toponimlarning etimologik
tadqiqi. Yoritilishi mo‘ljallangan bu masalalarning o‘rganilishi haqida har bir
bobning boshlanishida alohida to‘xtalingan.
Toponimlar va ular lug‘aviy asoslari etimologik tadqiqi yo‘sinlari sifatida
taqdim etilayotgan tamoyil, usul, omil va motivlanish masalalari boshqa fanlardagi
shunday masalalardan mazmun jihatdan farq qiladi. Har bir fan yoki sohaning
o‘rganish obyekti, predmeti, tushunchaviy bazasi bo‘lgani kabi onomastikaning, shu
jumladan, toponimikaning ham o‘ziga xos xususiyatlari bor. Muayyan bir fandagi
tamoyil, usul, omil va motivlanish xususiyatlarini ikkinchi bir fanga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tadbiq qilish o‘zini oqlamaydi. O‘rganilayotgan sohaning talablaridan kelib
chiqib, ularga nimanidir qo‘shish kerak yoki ulardan nimanidir olish kerak.
21
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ishda qayd etilayotgan toponimlar lug‘aviy
asoslari va etimologik tadqiqining nazariy negizi bo‘lgan tamoyil hamda usullar,
shuningdek, bunday tadqiqda ko‘rilgan masalalar onomastik, toponimik tadqiqotlar
olib borish uchun yopiq tizim emas, balki ochiq tizimlar majmui sanaladi. Fandagi
mavjud usul va tamoyillarni qatorlashtirib sanab o‘tishdan ko‘ra, to‘plangan
toponimlarga tayanib, tadqiqot mavzuimiz doirasida zarur bo‘lgan yondosh
masalalar, omil, tamoyil va usullar haqida to‘xtalish o‘rinli. Qo‘yilayotgan
muammolar toponimlarni etimologik tadqiq qilish jihatdan o‘rganishning nazariy,
amaliy qimmatga ega bo‘lgan masalalari jumlasiga kiradi. Shuning uchun ular bu
ilmiy tadqiqotning alohida – alohida boblari sifatida tadqiq etiladi.
Tadqiqotimiz oldida Vobkent tumani toponimlari bo‘yicha umumiy tadqiq olib
borishning yo‘sinlari sifatida omil, tamoyil va usullarni, shuningdek, shunday
tadqiqqa oid masalalarni o‘rganib, ularni qo‘llash muammosini hal qilish masalasi
turibdi. Ishimizning tadqiq obyektini har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan
asoslab berishda amalga oshirilgan tadqiqotlar ma’lum ma’noda ham ilmiy, ham
amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur ish Vobkent tuman toponimlari tadqiq
yo‘sinlarini monografik planda o‘rganish bo‘yicha bajarilgan dastlabki ilmiy
tadqiqotlardan biri sanaladi.
Toponimlarni tasnif hamda tavsif qilishdan boshlangan amaliy va nazariy
izlanishlardan anglashilib turibdiki, onomastika, shu jumladan, toponimika sohasida
har tomonlama mukammal, ya’ni haqiqatga yaqinligi bilinib turgan etimologik tahlil
hamda tadqiqotlarni amalga oshirish uchun, avvalo ma’lum bir nazariy to‘xtamga
kelish zarurligi ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |