Geografiyasi



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana16.03.2022
Hajmi1,1 Mb.
#495143
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6 ma'ruza sirtqi

 
6.5. Chorvachilik 
Chorvachilik
– mamlakat qishloq xo’jaligining muhim tarkibiy qismidir. 
Chorvachilik tarmoqlarining maqsadga muvofiq, samarali joylashtirilishi 
respublikada mehnat taqsimotining ijobiy hal etilishiga bevosita ta’sir etadi. 
Hududlarning tabiiy, iqtisodiy sharoitlarini hamda bozor talablarini e’tiborga olgan 
holda chorvachilikning qoramol-chilik, qo’ychilik, baliqchilik, asalarichilik, 
ondatrachilik tarmoqlarining joylashtiri-lishi va rivojlantirilishi borasida ishlar olib 
borilmoqda. Chunki bu tarmoqlarda oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati korxonalari 
uchun go’sht, sut, jun, teri, asal va boshqa mahsulotlar etishtiriladi.
Chorva hayvonlari iqtisodiyoti quyidagi guruhlari va turlari bo’yicha 
o’rganiladi: 


36 
- qoramolchilik- go’sht va sut yo’nalishi bo’yicha; 
- qo’ychilik- go’sht, jun, teri yo’nalishi bo’yicha; 
- echkichilik- jun va tivit, sut yo’nalishi bo’yicha; 
- cho’chqachilik- bekon, yarim yog’, yog’lik go’sht yo’nalishi bo’yicha; 
- parrandachilik- tuxum va go’sht broyler yo’nalishi bo’yicha; 
- yilqichilik- go’sht va sut, ish hayvonlari hamda sport yo’nalishi bo’yicha; 
- tuyachilik- go’sht, jun va sut yo’nalishi bo’yicha; 
- pillachilik bo’yicha; 
- asalarichilik bo’yicha; 
- quyonchilik bo’yicha; 
- hovuz baliqchiligi bo’yicha; 
- mo’ynachilik bo’yicha va boshqalar. 
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, xalq turmush darajasining muttasil 
o’sib borishi hozirgi kunda chorvachilikni yanada tezrok yuksaltirish vazifasini 
birinchi o’ringa qo’ymoqda.
Chorvachilikning rivojlanishi natijada sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ham 
ta’minlanadi, chorvachilik tarmoqlarida inson salomatligi uchun zarur, oqsil 
moddalarga boy bo’lgan turli xildagi mahsulotlar ham etishtiriladi. Respublikada 
aholi jon boshiga go’sht, sut etishtirish va iste’mol qilish tibbiy me’yorlar darajasi 
bo’lishi lozim. Chorvachilik tarmog’ining bugungi holati inson organizmi uchun 
zarur miqdor va me’yorlarni ta’minlab bera olmaydi. Shuning uchun respublika 
hukumati mamlakatning barcha sohalarida chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan 
yirik dasturlar ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo’yicha qator chora-
tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Bundan tashqari, chorvachilikda dehqonchilik va chorvachilikning ayrim 
sohalari rivojlanishini ta’minlaydigan mahsulotlar ham etishtirilmoqda. Chorva 
chiqindisi – go’ng tuproq unumdorligini oshiradi, o’simliklar uchun organik o’g’it 
hisoblanadi. Talab katta bo’lgan chorvachilik mahsulotidan sut esa aholi tomonidan 
iste’mol qilinishidan tashqari yangi tug’ilgan yosh hayvonlarga ham beriladi. 
Hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda chorva chiqindisi - go’ngdan
biogaz-bioenergiya olish yo’lga qo’yilgan, chunki go’ng arzon energiya manbai 
hisoblanadi.
Chorvachilik tarmoqlarida yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotining 40 foizdan 
ortig’i etishtirilmoqda. Uning 95 foizdan ortig’ini dehqon xo’jaliklari etkazib 
bermoqda. Chorvachilik tarmoqlarida etishtirilayotgan mahsulotlarning asosiy 
qismi respublika aholisi talablarini qondirish maqsadida ichki bozorlarda 
sotilmoqda. 
Kelajakda chorvachilik mahsulotlari etishtirishni ko’paytirishga alohida 
e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ob’ektiv imkoniyatlar mavjud. 
Respublika chorvachiligida ekologik jihatdan barcha talablarga javob beradigan 
go’sht, sut mahsulotlarini, teri, ayniqsa, qorako’l terisini, jun etishtirishni 
rivojlantirib, ularni tashqi bozorda sotishni yo’lga qo’yish bu soha daromadini 
ko’payishiga olib keladi. Chorvachilik rivojlanib, aholining chorvachilik 
mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish darajasi ham yuksaltiriladi. Natijada 
tarmoqning mamlakat iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati ortadi. 


37 
Quyidagi 6.5-jadvalda O’zbekiston Respublikasida 2000-2017 yillarda 
chorva mollari bosh soni o’sish dinamikasi keltirilgan.
6.5-jadval
 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish