6.4. Dehqonchilik
Dehqonchilik qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining etakchi tarmog’i
31
hisoblanadi.
Dehqonchilik mahsulotlari jahon xalqlarining eng yirik tabiiy va iqtisodiy
boyligidir. Jahon olimlari tomonidan er yuzida 500 mingga yaqin o’simliklarning
mavjudligi aniqlangan. O’simliklarning 23 ming turidan jahon xalqlari turli xil
maqsadlar uchun foydalanadilar. Ularning 6 ming yoki 26,1 foizi madaniy ekinlar
guruhiga kiradi, shu jumladan 400 turi yoki 6,6 foizi O’zbekistonda uchraydi.
O’simliklardan 120 turi yoki 30 foizi ochiq va yopiq maydondarda rivojlantiriladi.
Bu mahsulotlardan aholi iste’molida oziq-ovqat, chorvachilikda em-xashak,
sanoatda natural xom ashyo sifatida foydalaniladi.
Jahon
xalqlari,
shu jumladan O’zbekiston aholisi dehqonchilik
mahsulotlaridan yanada kengroq va samaraliroq foydalanish uchun real
imkoniyatlarga ega. Asosiy vazifa bosqichma-bosqich ularni ishga solish, ko’proq,
sifatliroq va raqobatdoshlik darajasi yuqori mahsulotlarni ishlab chiqarish va
iste’mol qilishdir.
Bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, mexanizmlari va kategoriyalari talablarini
hamda madaniy qishloq xo’jaligi ekinlarining botanik, agrotexnik va boshqa
xususiyatlarini hisobga olgan holda ular quyidagicha turkumlanadi:
- boshoqli va dukkakli don ekinlari mahsulotlari;
- texnika ekinlari mahsulotlari;
- kartoshka ekini mahsulotlari;
- sabzavot ekinlari mahsulotlari;
- poliz ekinlari mahsulotlari;
- ozuqa ekinlari mahsulotlari;
- mevali dov-daraxtlar mahsulotlari;
- tokzorlar mahsulotlari;
- tut daraxtlari mahsulotlari;
- gulzorlar mahsulotlari;
- ixota daraxtlar va o’rmonzorlar mahsulotlari;
- tabiiy pichanzorlar va yaylovlar mahsulotlari va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan madaniy ekinlar o’z navbatida kichik guruhlarga
bo’linadi. Masalan, don ekinlari oziq-ovqatga, em-xashakka va boshqa maqsadlarga
foydalanilishi bo’yicha, texnika ekinlari – tola, shakar, yog’ beruvchi va boshqa
turlarga bo’linib hisob-kitob qilinadi, oxirgi natijalari baholanadi.
Donchilik dehqonchilikning etakchi tarmog’i hisoblanadi va alohida
iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatiga ega. O’zbekiston aholisi iste’mol etadigan oziq-
ovqatlarning tarkibida katta kalloriya hamda oqsil hisobida don maxsulotlarining
hissasi 50-60 foizni tashkil etadi. Respublikada aholi jon boshiga non va un
mahsulotlari , guruch, mosh, no’xat, loviya va boshqa don mahsulotlari tibbiy
me’yorlarga nisbatan ko’proq iste’mol qilinadi. Ozuqabop donlardan chorvador
olimlar tomonidan aniqlangan me’yorlarda oziqlantirish zotli chorva mollari
potentsial mahsuldorligi imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga sharoit yaratadi.
Don oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo hisoblanadi va uning rivojlanish
darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Respublikada sifatli don etishtirish davlat tomonidan rag’batlantiriladi.
Yumshoq bug’doy doni 1-sinfga qabul qilinsa uning xarid narxi 5-sinf donining
32
xarid narxiga nisbatan 98 foiz , 4-sinfga nisbatan 55 foiz, 3-sinfga nisbatan 34 foiz
sifat uchun ustama haq to’lanadi. Chunki, kuchli bug’doyning 100 kg unidan 115 kg
sifatli non, kuchsiz bug’doynikidan 91 kg non olinadi. Kuchli bug’doy unidan 20-
25 foiz kuchsiz bug’doy uniga qo’shilsa, kuchsiz bug’doy uni ham non yopishga
yaroqli bo’ladi. Shuning uchun kuchli bug’doy doniga jahon bozorida talab katta.
Donchilikning qo’shimcha mahsulotlari (somon, poxol, poya va h.k.)dan
chorva ozuqasi, to’shama, organik o’g’it, qog’oz va boshqa sanoat tarmoqlarida xom
ashyo sifatida foydalanish ham yuqori iqtisodiy samara beradi. Donchilikning asosiy
va qo’shimcha mahsulotlarini ko’paytirish va sotishni tashkil etish mamlakatning
sotsial-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholini arzon oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar
bilan ta’minlash uchun qulay sharoit yaratadi. O’zbekiston tabiiy iqlim sharoitida
kuzgi g’alla ekilgan maydonlarda ikkinchi ekin sifatida chorva ozuqasi, kartoshka
va sabzavotlar etishtirib mahsulotlar olish mumkin.
O’zbekistonda 15-20 turdagi madaniy g’alla ekinlari 2,5-3 ming yillardan
buyon ekiladi. Mustaqillik davrlarigacha jami qishloq xo’jaligi ekinlarining 70 foizi
don ekinlari bo’lgan. Mamlakat bo’yicha don ekinlarining 60,6 foizi bug’doyga,
17,7 foizi arpaga, 10,4 foizi sholi ekiniga to’g’ri kelgan. Don ekinlarining, shu
jumladan asosiy ekinlarning o’rtacha hosildorligi nisbatan past bo’lgan. Masalan,
barcha turdagi don ekinlarining o’rtacha hosildorligi 6,65 ts.ga, shu jumladan:
bug’doy-6 ts.ga, sholi-13 ts.ga, makka-10,2 ts.ga bo’lgan.
O’tmishda, hosildorlikka kompleks omillar ta’sir etgan, albatta erni ekishga
tayyorlashda omochdan foydalanilgan, mineral o’g’itlar solinmagan, bug’doy
ekinining asosiy qismi kam sug’oriladigan yoki lalmikor maydonlarda etishtirilgan.
G’allachilikda asosan ekstensiv omildan foydalanilgan. Mustakillik davrlarigacha
aholi jon boshiga 236 kg don, shu jumladan 118 kg bug’doy, 4,8 kg guruch ishlab
chiqarilgan. Binobarin, respublikaning o’z don mahsulotlari hisobiga aholini don
mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishi boshqa tarixiy davrlarga nisbatan yuqori
darajada bo’lgan.
Respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan g’allaning 80-85 foizini bug’doy
tashkil qiladi. Aholining bu mahsulotlarga bo’lgan talabi respublikada ishlab
chiqariladi. Chorva hayvonlarining to’yimli don ozuqalariga bo’lgan talabining 40
foizi respublikada ishlab chiqariladi, qolgan qismi esa paxta kunjarasi, sheluxasi va
boshqa qo’shimcha sanoat mahsulotlari bilan to’ldiriladi.
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisi don va don mahsulotlari bilan barqaror
ta’minlangan. Bunga esa don mustaqilligi dasturini izchillik bilan bosqichma –
bosqich amalga oshirilishi natijasida erishildi. Bunga avvalo, dehqonlarimizni g’alla
etishtirishga o’rgatib, bu sohadagi moddiy manfaatdorlik yuqori darajaga
ko’tarilganligi yutuqlarning bosh mezoni bo’ldi.
Paxtachilik universal tarmoqqa aylanib bormoqda. Uning asosiy mahsulotlari
paxta xom-ash’yosi va poyasini qayta ishlash jarayonida 1200 dan ortiq sanoat
mahsulotlari olinadi. O’zbekiston to’qimachilik sanoati xom-ash’yosi balansida
paxta tolasi 70 foizni, o’simlik yog’-moy sanoati balansida – chigit 90 foizni tashkil
etadi.
Paxta xom-ashyosidan gazlama, ip, momiq, sun’iy ipak, to’qimachilik va
boshqa ko’pgina tovarlar ishlab chiqariladi. Chigitdan eng arzon yog’, margarin,
33
sovun, glitserin va boshqa mahsulotlar, chigit qoldig’idan esa kunjara, sheluxa
olinadi. Paxta tozalash va yog’ zavodlari chiqindilaridan izolyatsiya materiallari,
tsellyuloza, spirt, linoleum, lak, har xil buyoqlar, kino plyonkasi va boshqa ko’pgina
tovarlar tayyorlanadi.
G’o’za bargidan organik kislotalar, jumladan, sirka, limon, olma kislotasi
olinadi. G’o’zapoyadan dag’al qog’oz, karton, faner va boshqa materiallar ishlab
chiqariladi. Chigitdan olinadigan sheluxa chorva mollari uchun to’yimli ozuqa
hisoblanadi, undan gidroliz sanoatida xom – ash’yo sifatida foydalaniladi, furfulon
va texnik spirt olinadi. Furfulondan smola, plastmassa, kapron, sintetik tola, alif, har
xil dorivorlar va boshqa mahsulotlar olinadi. Har bir gektar g’o’za gullaridan
foydalangan holda mavsumda 60-70 kg asal mahsuloti olish mumkin.
Asalarichilikni tashkil etish hisobiga g’o’zaning changlanish sifati tubdan
yaxshilanadi va uning hosildorligi 2-3 tsentnerga oshadi.
Paxta tolasini jahon bozorida sotish jarayonida O’zbekistonning valyuta fondi
ko’payadi, yangi texnika va texnologiya sotib olish imkoniyati mustahkamlanadi,
hamda iqtisodiy taraqqiyot tezlashadi.
Mustaqil rivojlanish yillarida paxta maydonlarini qisqartirish hisobiga
sug’oriladigan g’alla, ayniqsa, bug’doy ishlab chiqarish ko’paytirildi.
Sug’oriladigan erlar meliorativ holatining yomonlashishi, mineral o’g’itlar
me’yorining kamayishi, suv tanqisligi va h.k. gektaridan olinadigan hosildorlikka
salbiy ta’sir etdi. Lekin, g’o’za ekiladigan maydonlarning kamayishiga qaramasdan
O’zbekiston uning yalpi mahsuloti hajmi bo’yicha jahonda beshinchi, paxta tolasini
jahon bozorida sotish bo’yicha ikkinchi o’rinni egalladi.
O’zbekiston paxtachiligida istiqbol vazifa uning yalpi hajmini keskin
kamaytirmaslik, uning sifatini yaxshilash, asosiy qismini mintaqada qayta ishlash
hisoblanadi. Paxtachilik va u bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiyot tarmoqlarini intensiv
rivojlantirish, mavjud mehnat, er, suv va boshqa moddiy resurslardan foydalanish
samaradorligini oshiradi, respublika iqtisodiyotining barqaror o’sishiga real sharoit
yaratadi.
O’zbekistonda unumdor er va ayniqsa, suv resurslari chegaralangan. Mavjud
resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, birinchi navbatda har bir gektar
paxtadan olinadigan hosildorlikni oshirish hisobiga erishiladi.
Hosildorlikni oshirish agrotexnologik jarayonlarni sifatli va qisqa
muddatlarda bajarish bilan bog’liq. Tarmoqni tashkil etishning barcha davrlarida va
istiqbolida ham yuqori hosil olish uchun paxtachilikning xususiyatlarini hisobga olib
dastavval almashlab ekishni ilmiy asosda amalga oshirish lozim. Uzoq yillar g’o’za
va beda almashlab ekish tavsiya etilgan edi. Natijada tuproq unumdorligi saqlanadi,
ekin maydonlari begona o’tlardan va kasalliklardan himoya etiladi, ularning
sho’rlanish darajasi pasayadi. Mustaqil rivojlanish yillarida g’o’za-don, g’o’za-em-
xashak va boshqa ekinlar bilan almashlab ekish ham amalga oshirilmoqda.
Hosildorlik selektsiya va urug’chilik ishlarining holatiga ham bog’liq.
Respublika xo’jaliklarida davlat nav sinovidan o’tgan, tuproq-iqlim sharoitiga mos
navlar ekiladi. Selektsioner olimlar va mutaxassislar tomonidan yaratilgan
Toshkent-6, S-6530, Buxoro-6, Oqdaryo-6,7, Navbahor, Yulduz, Mehr va boshqa
navlar ilmiy asoslangan va texnologik jihatidan joriy etilgan 35-50 ts. va undan
34
yuqori hosil berish potentsial imkoniyatiga ega.
Sabzavot ekinlari 14 ta botanik oilaga mansub 80 ga yaqin turni o’z ichiga
oladi, XX asrdan boshlab shundan 40 ga yaqini O’zbekistonda ekiladi. Ular
morfologik va biologik belgilari, hosildorligi, sotish baholari bo’yicha bir-biridan
keskin farq qiladi. Shuning uchun sabzavotchilikning rivojlanish darajasi, ayniqsa,
ularni tahlil qilish va baholash o’ta murakkab hisoblanadi. Er yuzida, shu jumladan
O’zbekistonda madaniy ekinlardan sabzi, sholg’om, lavlagi 2 ming yildan, piyoz va
bodring 4 ming yildan beri ekiladi. Sabzavotchilikning biologik xususiyatlarini
hisobga olib, ochiq va yopiq maydonlarda o’stirish usullari qo’llaniladi. Ko’pchilik
sabzavotlar nisbatan sermehnat resurslar salohiyatiga, ayniqsa quyosh nuriga va
suvga talabchan ekinlar tarkibiga kiradi. Bu tarmoqni intensiv rivojlantirish mehnat,
sug’oriladigan er va boshqa resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi.
Ko’pchilik ekinlardan 2 marta hosil olish imkoniyati tarmoqning samaradorligini
keskin oshiradi.
Sabzavotlarni ho’l hamda qayta ishlangan shaklda jahon bozorlarida sotish
respublikaning valyuta fondini ko’payishiga va uning xalqaro aloqalarini yanada
kengaytirishga sharoit yaratadi
Kartoshkadan asosan xushxo’r to’yimli oziq-ovqat sifatida foydalaniladi, uni
me’yor darajasida iste’mol etish inson tomonidan iste’mol etiladigan ko’pgina
mahsulotlarni yaxshi hazm bo’lishiga ham yordam beradi. Evropa va Lotin
Amerikasi mamlakatlarida dehqonchilik oziq-ovqatlar balansi tarkibida kartoshka
don mahsulotlaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. O’zbekistonda ham aholining
kartoshkaga bo’lgan talabi va uni qondirish darajasi kuzatilib borilmoqda.
Kartoshkani qayta ishlash jarayonida kraxmal va spirt olinadi. Ular shirinlik va
alkogol ichimliklar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Kartoshka tuganaklaridan 25 foizgacha kraxmal olinadi. Bir gektar kartoshka
hosilidan g’alla ekinlariga nisbatan 3-4 marta ko’proq spirt olinadi. Bundan tashqari
1 tonna kartoshkadan spirt olish uchun qayta ishlash jarayonida 1500 l barda olinadi
va chorvachilikda ozuqa shaklida foydalaniladi.
Kartoshka cho’chqalarni oziqlantirishda, o’ta sifatli go’sht ishlab chiqarishga
imkoniyat yaratadi. Sug’oriladigan erlarda ertagi va kechki navlaridan 2 marta hosil
olish, aholining kartoshkaga bo’lgan talabini taqvim yil davomida barqaror ta’min
etishga sharoit yaratadi va h.k. O’zbekistonda kartoshkachilikni intensiv
rivojlantirish er, suv, mehnat va boshqa resurslar potentsialidan foydalanish
samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi.
O’zbekistonda kartoshkachilikni rivojlantirish tarixi taxminan 130 yilga teng,
uning urug’i Lotin Amerikasi mamlakatlaridan Rossiyaga, Rossiyadan
O’zbekistonga keltirilgan.
Kartoshkachilikni jadal rivojlanishi asosan urug’likka ko’p jihatdan bog’liq
ekanligini inobatga olib, respublikani tabiiy iqlim hamda tuproq holatini o’ziga
xosligini inobatga olib yuqori sifatli urug’ etishtirib beradigan maxsus urug’chilik
xo’jaliklarini tashkil etish va ularni to’laqonli rivojlanishi uchun davlat tomonidan
imtiyozlar berilishi maqsadga muvofiqdir.
Bog’dorchilik 75-80 turdagi mahsulotlar beradi, ular quyidagi guruhlarga
bo’linadi:
35
- urug’li mevalar (olma, nok, behi, do’lana va boshqalar);
- danakli mevalar (o’rik, shaftoli, olxo’ri, gilos va boshqalar);
- rezavor mevalar (qulupnay, malina, smorodina va boshqalar);
- subtropik mevalar (anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tutlar, zaytun va
boshqalar);
- tsitrus mevalar (limon, mandarin, apel’sin, va boshqalar);
- yong’oq, bodom, pista va boshqalar;
- har xil tropik mevalar(banan, ananas va boshqalar).
Bog’dorchilikning meva va rezavor kabi asosiy mahsulotlari tarkibida inson
organizmi uchun o’ta foydali bo’lgan shakar (glyukoza va saxaroza)lar,
aminokislotalar, oqsillar, moylar, mineral tuzlar, vitaminlar, fermentlar, kolloidlar,
oshlovchi moddalar, peksin va boshqa xushbo’y moddalar mavjud.
Ularni ilmiy asoslangan me’yorlarda (80-90 kg) yil davomida iste’mol qilish
yuqori kaloriyali (go’sht, yog’, non va boshqalar) mahsulotlarni hazm qilish
darajasini yaxshilaydi. Insonlarning salomatligini mustahkamlaydi, umrini ham
uzaytiradi.
Turli xil bog’dorchilik ho’l mahsulotlarning biokimyoviy tarkibi va inson
organizmi uchun foydalilik darajasi keskin farq qiladi. Masalan, yong’oq va
pistadan boshqa mevalarda oqsil va moy juda kam. Ko’pchilik to’liq pishgan
mevalarda shakar va uglevodlar ham turli darajada tashkil topadi.
Turli xil mahsulotlarning inson organizmiga foydaliligida ham tafovutlar bor.
Meva-rezavorlarni ho’l shaklida istemol qilish eng yuqori samara beradi.
Ammo, ularni hosildan-hosilgacha saqlash xarajatlarni ko’paytiradi, ularni
anchagina qismi buzilib qoladi va sifat belgilari pasayishi mumkin.
Bog’dorchilik maxsulotlaridan yil davomida foydalanishni amalga oshirish
maqsadida ularni qayta ishlash zaruriyati tug’iladi. Ularning anchagina qismi oziq-
ovqat sanoatida qayta ishlanadi. Konserva, povidlo, jem, murabbo, marmelad,
sharbat, meva suvlari va kompotlari, vino va boshqa alkogol ichimliklar va boshqa
mahsulotlar tayyorlanadi.
Istiqbolda bog’dorchilik mahsulotlarini ko’payishi gektaridan hosildorlikni 2-
3 marta oshirish hamda o’rik, nok, gilos, anjir, anor, xurmo, shotut va boshqa
Respublika sharoatida serdaromad maydonlarni kengaytirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |