O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi


Homilador ayollarning asosiy oziq moddalari va quvvatgabir kecha-



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Homilador ayollarning asosiy oziq moddalari va quvvatgabir kecha-
kunduzlik ehtiyoji 
 
Mahsulotlar 
Homiladorlikni
ng birinchi 
yarmida 
Homilador- 
likning 
ikkinchi 
yarmida 
Eslatma 
Oqsillar, g 
100-110 
110-120 
O
ziq
-m
od
da
lar
ini
ng 
ush
bu 
m
e‘yo
ri 
o‘
rt
ac
ha b
o‘

(1
55
-1
65
) va
tan

va
zni
(5
5-
60
k
g) 
ga
ega
a
yol
lar
uchun
m
o‘
ljalla

his
obl
ab
chiqilg
an.
Yoglar, g 
75 
85 
Uglevodlar, g 
300-350 
400 
vitamini, mg (askorbin 
kislota) 
70 
72 
V
1
( vitamini, mg (tiamin) 
1,5 
1,7 
V
6
vitamini, 
mg 
(piridoksin) 
2,0 
2,0 
V
2
vitamini, 
mg 
(riboflavin) 
2,0 
2,0 
RR vitamini, mg (nikotin 
kislota) 
15,0 
19,0 
V
5
vitamini, mg (kalsiy 
pantenat) 
15,0 
20,0 
V
9
vitamini, mkg (foliy 
kislota) 
600,0 
600,0 
V
12
vitamini, 
mkg 
(tsianokobalamin) 
4,0 
4,0 
A vitamini, mkg (retinol) 
1200 
1250 


364 

vitamini, 
MYe 
(kaltseferol) 
500 
500 
Е 
vitamini, 
MYe 
(tokoferol) 
15 
15 
Umumiy quvvat mikdori, 
kkal 
2400-2700 
2800-3000 
Homilador ayollar uchun oqsillarning ahamiyati juda katta, chunki 
ular hisobidan bachadon, yo‘ldosh, sut bezlari o‘sadi, qon miqdori 
ko‘payadi. Shuning uchun agar bunday ayol tegishli miqdorda oqsil 
qabul qilmasa, uning vujudida turli xil fiziologik jarayonlar buzilib, har xil 
yuqumli kasalliklarga beriluvchanlik oshib ketadi. Oqsillar asosan sut va 
sut mahsulotlaridan qabul qilingani ma‘qul, lekin go‘sht (mol, qo‘y, 
tovuq go‘shti) va go‘sht mahsulotlari ham tegishli miqdorda 
iste‘mol qilib turilishi kerak. Homiladorlikning 4-oyidan boshlab ayol 
har bir kg tana vazni hisobiga 1,2 - 1,3 g oqsil iste‘mol qilib turishi 
tavsiya qilinadi. 
Homilador onalarning yog‘ va yog‘li moddalar iste‘mol 
qilishlarida shu narsaga e‘tibor berish kerakki, ular vujudi sut va sut 
mahsulotlari, qaymoq kabi oziq moddalaridan tegishli yog‘ni osongina 
o‘zlashtirib oladi. Ular qiyin hazm bo‘ladigan, charvi kabi yog‘lardan 
tiyilishlari lozim. Semiz ayollar ham chegaralangan miqtsorda yog‘ 
iste‘mol qilib turishi kerak. 
Homilador ayollar vujudi uchun uglevodlar quvvat beruvchi 
moddalardan biri hisoblanadi, lekin ularni shirinliklar ko‘rinishida 
kamroq yeyish kerak. Chunki ular me‘yoridan ko‘p qabul qilinsa 
semirish yuzaga kelib, ayolning ko‘kraklarida, teri tagida, ichki a‘zolar 


365 
atrofida yog‘ ko‘payib, homila og‘irligi ham me‘yoridan oshib 
ketadi, natijada tug‘ish jarayoni qiyinlashadi. Uglevodlarni 
kletchatkaga boy karam, sabzi, lavlagi, sholg‘om, ko‘katlar, kartoshka, 
meva-chevalar, har xil yormalar holida qabul qilish ular uchun foydalidir. 
Homilador ayollarning suv va mineral moddalarga ehtiyoji ham 
yuqori bo‘ladi. Rivojlanayotgan homilada asosan suv va mineral 
moddalar shakllanayotgan a‘zo va tizimlar uchun kerak. Lekin har xil 
tuzli mahsulotlarni xush ko‘rganlik uchun yeyaverish ichiladigan 
suvning miqdorini me‘yoridan oshirib yuboradi. Shuning uchun 
bunday mahsulotlarni iste‘mol qilishda ehtiyot bo‘lish kerak. Ovqat 
bilan qanchalik mikdorda osh tuzi ko‘p qabul qilinsa, ona tanasida 
shuncha ko‘p suv to‘planadi. Homilador onalar uchun osh tuziga 
bo‘lgan kunlik talab 6—8 g atrofida bo‘lishi tavsiya qilinadi. Lekin bu 
ko‘rsatkich bizning issiq iqlim sharoitida bir oz yuqori bo‘lishi 
mumkin (ko‘p terlaganlik uchun). 
Homilador va emizikli onalarning bir qator mineral moddalarga
jumladan, kalsiy va temirga bo‘lgan ehtiyoji ancha oshadi (kuniga 
tegishli holda 1100-1200 va 20-25 mg gacha). Shuning uchun ular 
kunlik ovqatida sut, qatiq, jigar, buyrak, til, olma, mayiz, o‘rik, karam, 
shaftoli kabi mahsulotlarga keng o‘rin berishi kerak. Shuni ham 
ta‘kidlash lozimki, ayollarda ayniqsa, homiladorlikning ikkinchi yarmida 
homila rivojlanishi bois oshqozon holati o‘zgarib, o‘z o‘qi atrofida 
45° gacha buriladi. Me‘da mushaklarining qisqarib, oziq moddani 
ichaklarga so‘rish vazifasi bir oz kuchsizlanadi, hazm shiralarining 
miqdori va faolligi o‘zgaradi. Bularning barchasi ovqat hazm bo‘lish 
jarayoniga salbiy ta‘sir qiladi. Bu holatlar o‘tkinchi, faqat iste‘mol 


366 
taomlarini me‘yorida yeb, harakat qilish va dam olish tartiblariga 
to‘g‘ri amal qilib turish lozim. 
Homilador ayollar uchun ovqatlanish tartibi muhim, ular 
homiladorlikning birinchi yarmida 4 mahal, homiladorlikning ikkinchi 
yarmida esa 5 va 6 mahal ovqatlanishga o‘tishi kerak. Bir marta 
iste‘mol qilinadigan ovqat miqdori unchalik ko‘p bo‘lmasligi, oldin 
meva-cheva, sabzavotli salatlar yeyilib, keyin asosiy ovqatdan tanovul 
qilish kerak. Ovqat me‘da-ichaklarda uzoq turib qolmasligiga va uning 
oson hazm bo‘lishiga erishish lozim. Aks holda ular bijg‘ib, gaz, har 
xil zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Bu rivojlanayotgan homilani qiynab 
qo‘yishi, o‘sishiga salbiy ta‘sir etishi mumkin. Ovqat bilan qabul 
qilinadigan umumiy quvvatning asosiy oziq moddalariga nisbatan 
taqsimlanishi oqsillar uchun 15-30%, yog‘lar uchun 25-30% va 
uglevodlar uchun 40-45% ni tashkil qilishi kerak. 
Homiladorlikning ikkinchi yarmida ayollar uchun bir kunlik ovqat 
o‘rtacha quyidagi tarkibda va miqdorda bo‘lishi tavsiya qilinadi (g 
hisobida): go‘sht va go‘sht mahsulotlari - 120; baliq - 100; yog‘siz 
tvorog - 170; kefir - 200; sut - 250; qaymoq - 30; sariyog‘ - 15; 
o‘simlik yog‘i - 25; shakar - 40; qora non - 100; bug‘doy non - 100; 
unli konditer mahsulotlari - 100; makaron, yormalar - 60; kartoshka - 
200; karam - 100; lavlagi - 100; sabzi - 100; boshqa sabzavotlar - 200; 
meva-chevalar - 200; ko‘katlar - 30 - 50. 
Albatta yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlar va ularning 
ko‘rsatilgan miqdorlari ko‘pgina qishloq sharoitlariga to‘g‘ri 
kelmasligi mumkin, masalan, doim ham baliq topilavermaydi yoki qora 
ham oq nonlarni alohida qabul qilish birmuncha noqulaylik tug‘diradi. 
Bu narsadan cho‘chimaslik kerak. «O‘zbekistan» navli bug‘doydan 


367 
tayyorlangan undan kepagini ko‘p ajratmasdan pishirilgan non 
aytilgan nonlarning o‘rnini bemalol bosa oladi. Oyida ikki-uch marta 
(iloji bo‘lsa, bundan ham ko‘proq) daryo va ko‘llardan tutib, 
sotiladigan baliqlardan homilador onalar uchun xarid qilib turish 
mumkin. 
Homiladorlik paytida ayollar tana vazni birmuncha oshadi, bu 
tabiiy hol. Hisob-kitoblarga qaraganda, homiladorlikning ikkinchi 
yarmida tana vazni haftasiga 250 g dan oshib borishi me‘yor 
hisoblanadi. Shu tariqa tana vaznining 8-10 kg ga ko‘payishi ham 
xavfli emas. 
Tug‘ilgan bolaning har tomonlama o‘sib rivojlanishi uning 
qancha va qanday sut bilan boqilishiga bog‘liq. Sutning bu 
ko‘rsatkichlari esa ona ovqatlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. 
Emizikli onaning kunlik ovqati odatdagidan 1/3 baravar ko‘paytirilishi 
kerak, chunki sut hosil bo‘lishi ona vujudidan qo‘shimcha ravishda bir 
kechayu kunduzda 500-600 kkal energiya sarflanishini taqozo qiladi. 
Yana onaning mineral moddalar va vitaminlar bilan ta‘minlanishi ham 
1,5-2 baravar ziyod bo‘lishi lozim. Emizikli ona kunlik ovqatida oqsillar 
- 120 g, yog‘lar - 100 g, uglevodlar esa 450 g dan kam bo‘lmasligi, 
umumiy quvvat esa 3200 - 3500 kkal ga teng bo‘lishi lozim. Agar ona 
suti kam bo‘lsa, unga faqat ko‘proq ovqat yeyishni tavsiya qilish 
noto‘g‘ri, bu ortiqcha semirishga olib kelishi mumkin. Bunday onalar 
ovqatida to‘la qiymatli oqsillar (yog‘sizroq mol va qo‘y go‘shti, 
sut, qatiq va boshqalar), to‘la qiymatli yog‘ kislotalari (zig‘ir, kunjut, 
soya, makkajo‘xori yog‘lari, sariyog‘ va boshqalar) ko‘p 
mahsulotlar hamda vitaminli taomlarni (ko‘katlar, na‘matak mevasi, 
limon, apelsin, mandarin va boshqalar) serob bo‘lishi maqsadga 


368 
muvofiq hisoblanadi. Suti kam onalarga har kuni qo‘shimcha ravishda 
100 g pishloq, 60 g asal, 100 g qaymoq, 10—15 dona yong‘oq yeb 
turish ham ancha foyda keltiradi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish