O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi


Homilador va emizikli ayollarning oqilona ovqatlanishi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Homilador va emizikli ayollarning oqilona ovqatlanishi 
Ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar, kuzatuv va tajribalar shu narsani 
tasdiqlaydiki, homilador va emizikli ayollar oqilona ovqatlanishida 
miqdor, sifat va tartib qoidalarining buzilishi homiladorlik va tug‘ruq 
jarayonlarida bir qator ko‘ngilsiz voqealar va asoratlarga olib keladi. 
Bunday noxush holatlarga misol qilib homiladorlik toksikozi, chala yoki 
o‘lik tug‘ilish, kamqonlilik, bolalar o‘limining ko‘p bo‘lishi va 
boshqalarni olish mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra 1900 yili dunyo 
bo‘yicha ona vujudida kuzatilgan quvvat taqchilligi tufayli tug‘ilgan 
12,9 million nafar bola 5 yoshga yetmay o‘lgan. Ularning uchdan bir 


360 
qismi tug‘ilgandan keyin bir oy ham yashamay, yana shunchasi 1 
yoshga to‘lmasdan hayotdan ko‘z yumgan. Ayni paytda, shuni qayd 
qilish kerakki, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu toifadagi onalar 
oqilona ovqatlanishida asosiy oziq moddalarining yetishmasligi tufayli 
quvvat taqchilligi yoki umumiy energetik ehtiyojning ayrim oziq 
moddalari, masalan, uglevod hisobidangina qondirish holatlari tez-tez 
uchrasa, rivojlangan mamlakatlarda buning teskarisi, ya‘ni asosiy oziq 
moddalarini ehtiyojdan ko‘p iste‘mol qilish natijasida sodir 
bo‘ladigan quvvat nomutanosibligi ko‘p uchraydi. 
Respublikamizda aytib o‘tilgan holatlarning har ikkalasi ham 
mavjud bo‘lib, buning oqibatida sog‘lom avlod yetishtirish ma‘lum 
darajada oqsayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Agar qishloqlarda 
homilador va emizikli onalar ovqatida asosiy oziq moddalariga taqchillik 
tez-tez kuzatilsa, shaharlarda o‘ziga to‘q oilalarda u yoki bu quvvatga 
boy mahsulotlardan ehtiyojdan ko‘p iste‘mol qilish natijasida 
homilaning me‘yoridan oshiq kattalashib ketishi tufayli tug‘ish 
jarayonida ona va bolaning jiddiy jarohat olish hollari uchrab turibdi.
Bunday jarohat tufayli bola asab tizimi davomli ravishda 
shikastlanganicha qoladi, u aqlan to‘laqonli bo‘lmasligi mumkin. 
Tug‘ilgan bola vaznining yuqori bo‘lishi (4 kg va undan ham yuqori) 
ko‘pincha onalar tomonidan uglevodlar va yog‘ mahsulotlarini 
me‘yoridan ko‘p iste‘mol qilish natijasida ro‘y beradi. Hisob-
kitoblar shuni ko‘rsatadiki, me‘yor darajasidan ortiq tug‘ilgan 5 ta 
bolaning bittasi 3 yoshga kirguncha har xil nevrologik kasalliklar bilan 
og‘rib turadi, jismoniy jihatdan zaif bo‘ladi. 
Oziq moddalariga quvvat taqchilligi sharoitida tug‘ilgan 
bolalarda ko‘pgina fiziologik vazifalarining me‘yoriga yetmaganlik, 


361 
yuqumli kasalliklarga beriluvchanlik holatlari kuzatilsa, ikkinchi 
tomondan, ona vujudi tez-tez kamqonlilik holatiga uchrab, qator 
xastaliklarga giriftor bo‘lmoqda.
Ona va bola hayotidagi bunday kamchiliklarning oldini olish va 
bartaraf qilishda homilador va emizikli onalarning to‘g‘ri 
ovqatlanishi, ya‘ni tegishli ovqatlanish madaniyatiga ega bo‘lishi 
muhim omil hisoblanadi. Shu bois, quyida bu toifa ayollarning oqilona 
ovqatlanishiga doyr ayrim fikrlarni bayon qilamiz. 
Homilador ayollarning ovqatlanishi tarkibiy va miqdor jihatidan 
ham ona vujudining, ham rivojlanayotgan homilaning me‘yoriy talab 
darajasiga mos kelishi hamda homiladorlik jarayonining tekis borishini 
ta‘minlashi kerak. Ular uchun mo‘ljallangan taomlar tarkibida 
dastavval almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar, to‘yinmagan 
yog‘ kislotalari, vitaminlar hamda mikro- va makroelementlar yetarli 
darajada bo‘lishi lozim. Ayni paytda bu taomlar har bir homilador ayol 
uchun uning yoshi, tana massasi, mehnat faoliyati, milliy an‘analari, 
homilaning yoshi, ob-havo sharoitlari, yil fasllari va boshqalarga mos 
bo‘lishi talab qilinadi. 38-jadvalda shu ayollar uchun mo‘ljallangan 
oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha miqdori, ularning quvvat qiymati 
haqida ma‘lumotlar keltirilgan. 
Agar o‘rtacha bo‘y va tana vazniga ega homilador ayollar uchun 
bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi 2900 kkal bo‘lsa, emizikli ayollar 
uchun 3200 kkal bo‘lishi kerak. Agar bunday ayollar o‘rtacha 
jadallikdagi jismoniy ish bajarishsa, ko‘rsatilgan sonlarga 1 soat ish 
uchun 50 - 100 kkal, og‘irroq ish bajarishganida 200 kkal gacha 
qo‘shiladi, mehnat faoliyati kamharakatlilik bilan ifodalanadigan onalar 


362 
esa qayd qilingan quvvat miqdorning 75-85% ga to‘g‘ri keladigan 
ovqat iste‘mol qilishlari lozim. 
Homiladorlikning birinchi yarmida ayollar ko‘ngillariga xush 
keladigan mahsulotlarni iste‘mol qilaverishlari mumkin, ayniqsa, meva 
va sabzavotlardan ko‘proq yeyishlari kerak. Lekin ular sarimsoq, 
qalampir kabi buyraklar faoliyatini kuchli qo‘zg‘atadigan 
mahsulotlardan tiyilgani ma‘qul. 


363 
40-jadval 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish