6-mavzu. Fiziokratizm iqtisodiy ta'limoti


Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri



Download 103,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana16.03.2022
Hajmi103,81 Kb.
#494341
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu

4. Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri
A.Smit o'z vaqtida «fiziokratizm tizimi qanchalik nomukammal bo'lmasin,
shu davrgacha chop etilgan iqtisodiy g'oyalar ichida haqiqatga eng yaqini edi», -
deb aytgan edi. Bu ta'limotning merkantilizmni inkor qilishi, mehnat bilan er
boylikning asosi ekanligini tan olishi, savdo-sotiqda bojxona cheklashlarini olib


tashlashni taklif etishi nihoyatda muhimdir. Fiziokratlar boylik tezisi to'g'risida fikr
yuritib, boylik - bu jamiyat mehnati bilan har yili yaratiladigan iste'mol
qiymatlaridir, deydilar. 
Bu tezis ham A.Smit tomonidan qabul qilingan. Ishlab chiqarish va taqsimot
jarayoniga xos umumiy mehnat doktrinasi, ishlab chiqarishning takroriyligiga
alohida urg'u berilishi katta yutuq hisoblanadi. Kapital va uning ikki qismga
ajratilishi (asosiy va aylanma) takror ishlab chiqarish, erkin sohibkorlik
to'g'risidagi g'oyalar, jamiyatning sinflarga ajratilishi iqtisodiy ta'limotlarning
rivojida keyingi muhim qadamdir. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar
sof bozor munosabatlarining unsurlarini asosan to'g'ri hal etib berdilar. Mehnat
bilan birga erning boylik asosi deb qabul qilinishida davr ta'siri kuchlidir. Chunki
mamlakatdagi asosiy sinf dehqonlar bo'lib, asosiy boylik qishloq xo'jaligida
yaratilayotgan edi. 
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun erkin bozor munosabatlariga o'tish va
ayniqsa dehqonlarni turli-tuman soliq va yig'imlardan ozod qilish zarurligi, yagona
soliq tizimiga o'tish kerakligi to'g'risidagi fikr nihoyatda qimmatlidir. Sobiq
SSSRda yangi iqtisodiy siyosatda bu usul qo'l kelgan. Chunki, har bir sohibkor va
tadbirkor shaxsiy manfaatdorlik bo'lgan taqdirdagina ishlab chiqarishni
rivojlantirishga intiladi. Takror ishlab chiqarish va realizasiya jarayoni uzluksiz
davom etishi, xalq xo'jaligi tarmoqlarining ma'lum proporsiyalarini saqlagan holda
ro'y berishi mumkinligi aniqlab berildi. 
F.Kene misolida uch sektor o'rtasidagi munosabatlar keltirilgan. Amalda,
ayniqsa hozirgi davrda esa bu sektorlar miqdori xiyla ko'p bo'lib, ular o'rtasidagi
aloqalar V.Leontevning «xrajatlar - chiqarish» tizimida N ta tarmoq uchun ishlab
chiqilgan. Ko'rinib turibdiki, bu g'oyaning kurtaklari fiziokratlarning asarlarida
ko'ringan. Hozirgi davrda buni tarmoqlararo balans deb yuritiladi va u
makroekonomik tahlilda va umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyatga egadir.
O'sha paytda bo'lajak iqtisodiy modellarning asoslari vujudga kelgan edi. Bu g'oya
klassik iqtisodiy maktab ta'limoti zanjirining muhim ajralmas qismi sifatida muhim
o'rinni egallaydi. Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari nuqtai
nazaridan fiziokratizm g'oyalari o'z ahamiyatini tezda yo'qotdi va o'tkinchi
xarakterga ega bo'ldi, chunki jahondagi ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi o'zgarishlar
nisbatan mukammal g'oyalar ishlab chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda
ro'y berdi. Ayniqsa boylikning asosi (sof mahsulot) faqat qishloq xo'jaligi sohasi
bilan chambarchas bog'liq qilib cheklab qo'yilganligi to'g'risidagi xato tez
namoyon bo'lib qoldi, sanoat inqilobi natijasida ro'y bergan o'zgarishlar tufayli
fiziokratizm g'oyalari unutilayozdi. 
Bu holat iqtisodiyot osmonidagi yorqin yulduzning so'nishini eslatadi. 

Download 103,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish