11
1.2
“Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining mazmuni.
"Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi" fanini mazmuni va o’quv
rejasidagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi, yuqori sifatli, tikuvchilik buyumlari
ishlab chiqarishda tikuvchilik sanoatini rivojlantirishni asosiy yo’nalishlari, bozor
iqtisodiyoti va milliy hunarmandchilikka uzviy bog’lanib ketadi.
Ushbu fanning birinchi bosqichi kirishdan boshlanadi. Bu mavzu bo’yicha
o’quvchilarga tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi fani mazmuni va o’quv
rejasidagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi, yuqori sifatli tikuvchilik buyumlari
ishlab chiqarishda tikuvchilik sanoatini rivojlantirishni asosiy yo’nalishlari, bozor
iqtisodiyoti va milliy hunarmandchilikka uzviy bog’lanib ketishini yoritadi.
Bu fan malakali kadrlar tayyorlashda o’qituvchining o’quv-tarbiyaviy
vazifalari, tikuvchilik sanoatining kelgusidagi rivoji, ishlab chiqarishning yuksak
malakali, saviyali mutaxassislari bilan taminlanishi haqida ham diqqatini jalb
etadi.
Kiyimga ishlov berish asoslari bosqichi quyidagi mavzularga bo’linadi:
- Kiyim haqida umumiy ma‘lumotlar;
- Kiyim ishlab chiqarishda bajariladigan ishlar va ularning bosqichlari;
- Kiyim bo’laklarni ipli birlashtirish;
- Kiyim bo’laklarini yelimli yopishtirish;
- Kiyim bo’laklarini payvandlash usuli;
- Kiyimlarga namlab issiqlik ishlov berish;
- Kiyim bichiqlarini tayyorlash;
- Bezak beruvchi elementlarni tayyorlash.
Kiyim haqida umumiy ma‘lumotlar mavzusida ustki kiyim turlari (palto,
pidjak, shim, yubka, kuylak, erkaklar kuylagi va boshqalar), kiyimlarni asosiy
belgilariga qarab tashqi ko’rinish tavsilotiga qisqacha tavsif, ustki kiyim
detallar nomi va konstruktsiyasi haqida tushunchalar beriladi.
Kiyim ishlab chiqarishda bajariladigan ishlar va ularni bosqichlari mavzusida
kiiym
ishlab
chiqarishni
asosiy
jarayonlari,
modellashtirish
va
12
konstruktsiyalashtirish, matolarni bichishga tayyorlash va kiyimni tikishga
tayyorlash savollariga katta e‘tibor beriladi.
Kiyim bo’laklarni ipli birlashtirish mavzusida qo’l ishlari uchun ish o’rnini
tashkil qilish, qo’l ishlarini bajarishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, asbob va
moslamalari bilan tanishtirish, ulardan to’g’ri foydalanish; qo’l ishlari turlari
(doimiy va vaqtinchalik qaviklar); qo’l ishlari terminologiyasi; qo’l ishlarining
bajarishni texnik shartlari to’liq yoritilgan xolda o’quvchilarga chuqur tushuncha
berish shart.
Qo’l ishlari bilan birgalikda mashina ishlari haqida mashinada bajariladigan
ishlar uchun ish o’rni va xafsizlik qoidalari, o’quvchilarni tikuv mashinasining
tuzilishi va undan qanday foydalanish yo’llari bilan tanishtirish; mashina choklar,
ziy choklar, bezak choklar; kichik mexanizatsiya vositalari; mashina ishlari
terminologiyasi kabi tushunchalarga o’quvchilar ega bo’lishlari kerak.
Buyumlarning sifati va tashqi ko’rinishi ko’p jihatdan tikish jarayonidagi
hamda uzil -kesil pardozlashdagi namlab-issiqlik ishlashga (NII) bog’liq bo’ladi.
Shuning uchun namlab-isitib ishlash jihozari va moslamalari, ulardan foydalanish
usullari, namlab-isitib ishlash jihozari ish joyini tashkil qilish va xavfsizlik
qoidalari, namlab-isitib ishlash jihozarining tikuvchilik ishlab chiqarishdagi
ahamiyati, namlab-isitib ishlash jihozlari texnik shartlari va terminologiyasi,
kiyimlarga namlab- issiqlik ishlov berish mavzularida chuqur va to’la ta’rif
berilgan.
Kiyim tikishda yelim materiallardan foydalanish va detallarni yelimlab ulash
kabi savollarga chuqurroq to’xtalib o’tish kerak.Shuning uchun, yelimli material
turlari, ularning fizik-mexanik asoslari, yelimli birlashtirish usullarida
ishlatiladigan uskunalar va atamalar va kiyim sifatini yaxshilashda yelimli
birlashtirishni ahamiyatiga katta e‘tibor berilgan. Shu bilan birgalikda kiyim
bo’laklarini payvandlash usullari ham (elektropayvand choklar ularni ishlatilishi,
chizma tasviri) ko’zda tutilgan [9].
«Kiyim bichiqlarini tayyorlash» mavzusida bichiqlarga qo’yiladigan talablar,
bichiqlarni tikishga tayyorlash, ularni nomerlash va bu usulni takomillashtirish,
13
gazlamani xossasiga qarab bo’lak qirqimlariga ishlov berish usullari, uskunalar va
texnik shartlari haqida o’quvchilarga to’liq ma’lumotlar beriladi.
«Bezak beruvchi elemenetlarni tayyorlash» mavzusi o’z ichiga bezak beruvchi
bo’lak turlari, ularga qo’yilgan talablar, ularni tayyorlashda ishlatiladigan
uskunalar va kichik moslamalar haqida o’quvchilarga tushuncha beradi va ishlov
berish usullarini takomillashtirishga jalb etadi.
"Alohida detal va uzellarni ishlash" mavzusida kiyimning asosiy va kichik
detallariga: cho’ntak, qopqoqlar, belbog’, xlyastik, kamar tutkich, manjet, yoqa,
taqilmalar va x.k. tikish usullari va texnologiyasi, ishlov berish texnik shartlarini
o’quvchilarga chuqur va to’la o’rgatiladi.
"Ayollar erkaklar va bolalar yengil kiyimini tikish"mavzusida ayollar,
erkaklar va bolalar kiyimlar assortimenti, kiyim tashqi ko’rinishi tavsifi, ularni
tikish texnologiyasi tartibi yoritilgan.
Dasturning uchinchi bosqichi asosan ayollar, erkaklar va bolalarning har xil
ustki kiyimlarini tikishga yo’naltirilgan va shu bilan birgalikda ustki kiyimlarni
ta‘mirlash, bezash ishlarining asoslari, tayyorlash-bichish korxonalarining
vazifalari va bo’limlari; texnologiya jarayonlarini hisoblash; standartlashtirish
va mahsulot sifatini nazorat qilish; mehnatni tashkil qilishning ilg’or shakli;
tabiatni muhofaza qilish kabi savollarga katta e‘tibor berilgan.
“Erkaklar, ayollar va bolalar ustki kiyimlarini tikish texnologiyasi” mavzusida
ayollar paltosi modellari, tashqi ko’rinishiga ta‘rif, tikish texnologik tartibi,
paltoni tikishning o’ziga xos xususiyatlari, palto astarini tayyorlash, qotirma
materiallarini tayyorlash va palto avrasiga biriktirish tartibi keltiriladi.
Kiyimni bezashning o’ziga xos xususiyatlari bilan, kiyimini bezash turlari
bilan, milliy naqshlar bilan bezash haqida tushunchalar bilan o’quvchilar «Bezash
ishlari asoslari» mavzusida tanishadilar.
Tikuvchilik sanoati uchun bichuvchi va bichuvchi-tikuvchi malakali ishchi
kadrlarni tayyorlashda ularga tayyorlov-bichish korxonalari haqida tushuncha,
ularning asosiy vazifalari, bo’limlari, asbob-uskunalari haqidama’lumotlar berish
muhim.
14
“Tayyorlov- sinov bo’limlarini vazifalari”mavzusida tayyorlov- sinov
bo’limi uskunalari va gazlamalar sifatini nazorat qilish, tajriba sinov bo’limining
vazifalari, jihozari,andozalarni tayyorlash texnik shartlari,andazalarni gazlama
ustiga joylashtirish va yuzasini hisoblash, to’shamalarni tayyorlash texnik
shartlari, bichish sinov bo’limining guruhlari va vazifalari, bo’limlari va uskunalari
mavzulari yoritiladi.
Tikuvchilik sohasida ishlaydigan ishchilar ko’plab va yakka tartibda kiyim
tikish jarayonini va ularni tashkil qilishni bilishlari kerak. Mehnat taqsimoti ishni
tashkil qilishni asosiy hujjati bo’lganligi uchun, uning tuzilishini va shu hujjat
asosida ishni mehnat taqsimotini tuzishni o’rganadilar.
Tikuv oqimlarini loyihalashning bosqichlaridan biri, kiyim tikish jarayonining
tashkiliy tartibini (ketma-ketligini) ishlab chiqish bo’lib, buning uchun tashkiliy
operatsiyalarni tuzib chiqish kerak bo’ladi.
Tikuv ishlab chiqarish texnologiyasi fanini o’tishda ko’rgazmali qurollardan
foydalanish katta ahamiyatga ega. O’qituvchi har bir mavzuni tushuntirish uchun
har xil ko’rgazmali qurollarni,o’zi yoki o’quvchilar yordamida tayyorlashi
mumkin: albom, plakat, slayd, tarqatma kartochkalar va xokazo, chunki
ko’rgazmali qurol va o’quv-texnik vositalardan unumli foydalanish o’quvchilarga
chuqurroq tushuncha olishga imkon beradi. Bugungi kunda kompyuterlardan
oqilona foydalanish ham ko’zda tutilgan [5].
Do'stlaringiz bilan baham: |