tuzilmasi.
1.1“Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi” fanining maqsadi, vazifalari,
kichik mutaxassislar tayyorlashdagi ahamiyati.
Ma’lumki, yengil sanoat tarmog’i aholini xalq iste’moli tovarlariga bo’lgan
ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Xalqimizni iste’mol tovarlariga: kiyim –
kechak, charm – poyafzal, triotaj mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish
uchun bejirim, zamonaviy modaga mos, raqobatbardosh mahsulotlarini ishlab
chiqish zarur. Buning uchun esa, soha mutaxassislaridan kiyim tayyorlash
jarayonini takomillashtirish, kiyim detallarini biriktirishning yelimlab ulash va
payvandlab ulash kabi ilg’or usullarini texnologik jarayonlarida qo’llash, namlab –
isitib ishlov berish va pardozlash jarayonlarini takomillashtirish borasida izlanish
olib borishlari talab etiladi [11].
"Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi" fani - “Yengil sanoat
mahsulotlari texnologiyasi” yо‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarida о‘qitiladigan
maxsus fanlardan biri hisoblanadi. “Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi"
fanining maqsadi – yengil sanoat korxonalarida, jumladan, tikuvchilik
korxonalarida buyumlarni xom – ashyo holatidan tayyor mahsulot bo’lgunga qadar
bo’lgan :
-
gazlamalarni qabul qilish;
-
bichish;
-
tikish;
-
namlab – isitib ishlov berish;
-
pardozlash.
bosqichlarida qo’llaniladigan barcha texnologik jarayonlar, texnologik
operatsiyalarni bajarish usullari, xususiyatlarini o’rganish, ongli, yuqori
madaniyatli, malakali, kasb mahoratiga ega bo’lgan, zamonaviy texnika va
texnologiyadan foydalana oladigan ishchi kadrlarni tayyorlashdir.
8
Ushbu fan kasb - hunar kollejlarida tikuvchilik sanoatiga va maishiy
xizmat ko’rsatuvchi tikuvchilik tarmog’iga malakali ishchi kadrlar,keng
assortimentdagi erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlarining tikuvchilarini
tayyorlashga mo’ljallangan.
"Tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi" fani tikuvchilik sanoatida ishlab
chiqariladigan keng assortimentdagi erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari tikish
jarayoniga aloqador barcha ma‘lumotlarni o’zida mujassamlashtirishgan. Ushbu
fan tikuvchilik sanoati va maishiy xizmat ko’rsatuvchi tikuvchilik tarmog’i
ishchilarini tayyorlashda, tikuvchilik texnologiyasi asoslari: qo’l va mashina
ishlaridan boshlab, kiymini tayyor holga keltirish, texnologik jarayonlarni
hisoblash, mahsulot sifatini nazorat qilishgacha bo’lgan barcha ma‘lumotlar ko’zda
to’tilgan. Shu bilan birgalikda kiyim bo’laklariga namlab -issiqlik ishlov berish
hamda hosil bo’lgan nuqsonlarni bartaraf qilish usullari ko’rsatilgan. Kiyim
bo’laklariga ishlov berishda ishlatiladigan me‘yoriy xujjat va DST larni ishlatilishi
ko’rsatilgan va kiyim bo’laklarini va bezak beruvchi bo’laklarni tayyorlashni,
kiyimlarni tayyorlashda texnologik harita hamda texnologik ketma-ketlikni tuzish
va
uning
asosida
buyumni
tayyorlash
to’g’risidagi
ma’lumotlar
mujassamlashtirilgan [5].
Fanni o’rganish jarayonida milliy an‘ana, zardo’zlik, kashtachilik usullarini
ishlab chiqarishda yanada kengroq olib kirish nazarda tutilgan.
Tikuv ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari: kiyim modellarini yaratish,
konstruktsiyasini qurish, mato harajatlarini aniqlash, xom ashyo, gazlamalarini
qabo’l qilish, ularni bichishga tayyorlash faoliyatlari ko’rsatib o’tilgan.
Tekshirilgan va hisob qilingan matolarni bichuv bo’limiga qabo’l qilish,
to’shash va bichish hamda bichiqlarni tikuvchilik jarayoniga uzatishdagi
texnologik jarayonlar ko’rsatib berilgan. O’z navbatda tikuvchilik tayanch bo’limi
mahsulotni tegishli texnologik xujjat va tushuntirish haritasi asosida tikib, sifatini
tekshirish, oxirgi namlab- issiqlik ishlov berish, tayyor mahsulotni omborga yoki
savdoga chiqarish usullarini tegishli me‘yoriy xujjatlar bilan ko’rsatib beriladi.
9
Mazqur fanda ko’rsatilgan ishlov berish usullari ommaviy ishlab chiqarish
va yakka tartibda ishlab chiqarish sohalariga ham to’g’ri kelishi o’quvchini har
qanday ishlab chiqarish sohasiga ishlashga tayyorlaydi.
Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti talablari, tadbirkorlikni ahamiyati, tikuv
ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun berilayotgan bilimlar asosida o’quvchi
quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |