Qarshi davlat universiteti kasbiy ta’lim fakulteti norqobilova Buviholning



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/37
Sana16.03.2022
Hajmi1,47 Mb.
#493464
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyasi fani boyicha amaliy mashgulotlarni modulli texnologiya asosida loyihalash

1-bosqich.
Ta’lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi o’quv 
predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir 
manbalarni o’rganish chunonchi, materiallarni yig’ish va ularning g’oyasi 
(moxiyati) bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish, 
turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat. 
2-bosqich
. Ikkinchi bosqich o’quv predmetining mavzusi (faoliyat 
mazmuni) yuzasidan yagona, umumiy maqsad doirasida kichik bo’lim (band)lar 
bo’yicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, ta’lim maqsadiga 
erishish yo’lida ijobiy hal etib borilishi lozim bo’lgan vazifalarni ishlab chiqishga 
yo’naltiriladi. 
3-bosqich.
Ta’lim jarayonini loyihalashning uchinchi bosqichi ta’lim 
maqsadi va vazifalariga tayangan holda, o’quv jarayonining mazmunini ishlab 
chiqishdan iboratdir. Ta’lim jarayoni o’quv materiali mazmunini yoritishgan 
xizmat qiluvchi muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) bo’yicha nazariy va amaliy 
bilimlar majmuini ifoda etish imkonini beradi. 
4-bosqich
. Ta’lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi sanalgan 
to’rtinchi bosqichda mashg’ulotning shakli, metod va vositalarni tanlash kabi 
harakatlar amalga oshiriladi. Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan 
mashg’ulot shakli, metod va vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini 
ta’minlanishiga olib keladi. 
5-bosqich
. Bu bosqichda o’quvchilar tomonidan bilim, ko’nikma va 
malakalarning o’zlashtirilishi uchun yetarli deya belgilangan vaqt hajmi, ya’ni, 


21 
o’quvchilarda muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma’lum tushuncha, 
ko’nikma va malakalarning qancha vaqt oralig’ida o’zlashtirilishi mumkinligi 
aniqlanadi. 
6-bosqich.
Oltinchi bosqichda mashq (topshiriq)lar tizimi ishlab chiqiladi.
Bosqich natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq (topshiriq)lar tizmining 
samaradorligiga alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti 
hisoblanadi. Mazkur bosqichda ishlab chiqilgan mashqlar tizimining quyidagi 
guruhlarga bo’lish maqsadga muvofiqdir. 
a) mashg’ulot jarayonida o’quvchilar tomonidan yechilishi (hal etilishi) 
lozim bo’lgan mashqlar; 
b) darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi ko’zda tutilgan mashqlar (uy, 
vazifalari) 
7-bosqich.
Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning yettinchi bosqichda 
o’quvchilarning umumiy faoliyatlarini nazorat qilish va test tizmini ishlab chiqish 
kabi vazifalar amalga oshiriladi. Nazariy va amaliy jixatdan to’gri bo’lgan test 
tizmining ishlab chiqilishi o’quvchilarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan 
muayyan tushunchalarni o’zlashtirish, shuningdek, amaliy ko’nikma va 
malakalarni shakllantira olganlik darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini 
beradi. 
8-bosqich
. Ta’lim jarayonini loyihalashning so’nggi bosqichi yaratilgan 
loyiha (andaza)ning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi, ta’lim jarayonining yakuniy 
darajasi (samaradorligi)ni o’rganish bilan nihoyalanadi. Mazkur bosqichda ta’lim 
jarayonining umumiy ahvoli, erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklar, 
ularning yuzaga kelish sabablari tahlil etiladi, navbatdagi mashg’ulotlar jarayonida 
sodir bo’lgan kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar 
belgilanadi. 
Ta’lim jarayonini loyihalashda har bir xolatning puxta bajarilishiga erishish 
amaliy faoliyat (o’quv jarayoni)ning muvaffaqiyatini ta’minlashga olib keladi. 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish