(6 s)
Ishdan maqsad:
Jahonda
masofaviy ta’limning rivojlanishini o'rgatish.
Ishni bajarish tartibi:
1. Jahonda masofaviy ta’limning rivojlanishi.
2. Hisobot yozish
Asosiy adabiyotlar
1. Mutalipova M.J. Qiyosiy pedagogika - T.: Alisher Navoiy nomidagi 0’zbekiston
milliy kutubxonasi nashriyoti, 2016 y.
2. Xoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi - T.: A.Navoiy nomidagi
O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005 y. 287-297-6.
3. Вулфсон Б.Ф. Сравнителная педагогика М.: «Просвешение», 2003 г.
Glossariy
Klassifikator – 1) oliy ta’lim muassalari va kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar
tayyorlashga qaratilgan mutaxassislik va ta’lim yo‘nalishlari; 2) ta’lim va bilim sohalari,
ta’lim darajalarini nazarda tutuvchi kasb, mutaxassislik va ta’lim yo‘nalishlarining
tizimlashtirilgan ro‘yxati
Oliy maktab – xalq xo‘jaligining turli sohalari, madaniyat va davlat boshqaruv
tashkilotlarida faoliyat yuritadigan oliy malakali mutaxassislar tayyorlovchi o‘quv
muassasasi.
Oliy maktab pedagogikasi – pedagogikaning oliy o‘quv
yurti
shart-
sharoitlarida talabalarga ta’lim-tarbiya berishning nazariy asoslari va metodikasini ishlab
chiqish bilan shug‘ullanadigan tarmog‘i.
Oliy ta’lim – 1)turli oliy maktablarda yuqori, oliy malakali mutaxassislar
tayyorlash; 2) oliy ta’lim oliy o‘quv yurtlari tomonidan xalq xo‘jaligi, fan va
madaniyatning turli sohalari bo‘yicha oliy malakali mutaxassis bo‘lishni istagan va
tegishli talablarni bajargan o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limini olgan kishilarga
ilmiy-nazariy bilim berish hamda muayyan ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim Davlat ta’lim standarti – oliy ta’limning davlat tomonidan
tasdiqlangan modeli, etaloni, namunasi hamda ta’lim mazmunining maksimum darajasi
va unga qo‘yilgan minimum talablar.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim – jamiyatning yuksak toifaga ega bo‘lgan ilmiy,
ilmiy pedagogik kadrlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim – jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta’lim-kasb-hunar
manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan ta’lim turi
Texnologiya – 1) shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonuniyatlarini
mujassamlashtirgan va yakuniy natijani kafolatlaydigan pedagogik hodisa; 2) ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etish, uni boshqarish, pedagogik va o‘quv faoliyatini tashkil
qilish usullari tavsifi
Texnologiya – bu ma’lum bir muayyan maqsadga yoki maqsadlar tizimiga erishish
uchun amalga oshiriladigan jarayonlar ketma-ketligidan iborat bo‘lgan yaratuvchilik
(paydo etish jarayoni) faoliyatiga aytiladi yoki boshqacha aytganda texnologiya deganda
manbalardagi (obektlardagi) sifat o‘zgarishlarga olib keluvchi jarayonga aytiladi.
Texnologiya tushunchasi ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik operatsiyalar va
mahsulotni tayyorlash mazmun-mohiyati bilan bog‘langan.
Texnologiya zamirida jarayonlar kechishini amalga oshirish usullari va vositalari
haqida bilimlar yig‘indisi, shuningdek, obektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlari
anglanadi. Texnologiya so‘zi fanga 1872 yillardan boshlab kirib kela boshladi.
Texnologiyalar jarayonlarga qarab quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumukin:
sanoat texnologiyasi (oziq-ovqat texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi va
h.k.);
kitob chop etish texnologiyasi;
ta’lim texnologiyasi (o‘quv jarayoni texnologiyasi, YAPT, innovatsion ta’lim
texnologiyasi va h.k.);
axborot texnologiyasi (YAAT va h.k.) va shu kabilar.
Texnologiya – yunoncha «tehne», ya’ni «mahorat», «san’at» va «logos» - «fan»,
degan so‘zlardan olingan. Uning yordamida manbalarda sifat o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, jarayonda, sa’atda, sanoatda qo‘llaniladigan
yo‘llar, usullar majmuasi.
MAQSADI: O‘qitishni takomillashtirishga undaydi.
Metod (yunoncha metodos – bilish yoki tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot) –
voqelikni amaliy va nazariy egallash, o‘zlashtirish, o‘rganish, bilish uchun yo‘l-yo‘riqlar,
usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
O‘zME-5j-613b
Metodlar haqidagi fan metodologiya deb ataladi. Fanda nazariy va amaliy
(empirik) metodlar mavjud.
Metod – metod (yunoncha – aynan nimagadir yo‘l) maqsadga erishish yo‘lini
bildiradi. Muayyan ma’noda tartibga solinadigan faoliyat. Grekcha so‘z bo‘lib, yo‘l,
axloq ma’nolarini bildiradi. Odatda, keng ma’noda qo‘laniladigan «metod» terminini
kishilarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish, ma’lum obektni o‘zlashtirish
borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi.
Ta’lim jarayonidagi ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan
faoliyatning turlicha bo‘lishi yangidan –yangi usullarni metodlarni keltirib chiqaradi.
Metod tanlashda albatta ayrim o‘quv predmetlarini o‘ziga xos xususiyatlariga amal
qilinmog‘i lozim. Shu bilan birga ta’lim jarayonida ko‘pchilik o‘quv predmetlarini
o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan umumiy o‘qitish metodlari bilan birga ayrim
o‘quv predmetlarini o‘qitishda qo‘llanilgan o‘ziga xos xususiy metodlar va metodik
yondashuvlar ham bor. Ayrim predmetlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan xususiy metodlar
umumiy o‘qitish metodlari bilan mustahkam bog‘liqdir.
Metodika – metodikaga tegishli, qa’tiy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga),
tizimga, ilgaridan o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish. Metodika-biror ishni
maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi.
Pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanini o‘qitish qonuniyatlarini
tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, matematika metodikasi, tarbiyaviy ishlar
metodikasi va shu kabilar.
Metodik (uslubiy) ko‘rsama – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs ishlari
(loyihalari), laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq
ko‘rsatilgan va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy
ko‘nikmalar hosil qilishga mo‘ljallangan ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tavsiyasi
asosida nashr etiladigan kichik adadli tarqatma material.
Taqqoslash (qiyoslash) turli madaniy an’analarga ega bo’lgan ta’lim tizimlarini
o’zaro taqqoslash hamda qiyoslashga asoslanadi.
Taqqoslash metodi – ta’lim tizimlari, pedagogik nazariya va amaliyotdagi
umumiy va farqli jihatlarni, shuningdek, qonuniyatlar va tendensiyalarning namoyon
bo’lishini aniqlaydi
Tasvirlash metodi tahlil qilish uchun zarur va etarli bo’lgan axborotlarni
to’plash, aniqlangan dalillarning o’ziga xosligi, obektivligi, guruhlanishi, tizimlanishi va
tasnif etilishini tadqiq qilish uchun qo’llaniladi
Tarixiylik metodi turli davrlarda ijtimoiy-siyosiy davlatchilik shakliga ega
bo’lgan mamlakatlarda ta’lim tizimining vujudga kelishi, rivojlanishi va taraqqiyoti,
uning o’ziga xos muammolarini qiyosiy-tahliliy jihatdan o’rganish imkoniyatini beradi.
Statistika metodi ta’limning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarini tahlil qiladi
Ijtimoiylik metodi zamonaviy ta’lim har qaysi mamlakatning iqtisodiy
taraqqiyoti, xalqning ijtimoiy-ma’naviy yuksalishiga nechog’lik mos ekanligini
taqqoslashga qaratiladi
Taqqoslash — bilish obekti hisoblangan narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik
yoki farqlarni, aniqlashdash iborat aqliy operatsiya
Ta’lim – shaxsning jismoniy va ma’naviy kamol topish jarayoni uning ongli
ravishda ayrim ibratli faoliyatlarga yo‘nalishi va tarixan maydonga kelib, ijtimoiy
namuna bo‘lishga har tomonlama barkamollikka intilish jarayoni tushuniladi. Ta’lim
butun jamiyat va shaxslar hayotining ajralmas jihati sifatida namoyon bo‘ladi.
Ta’lim – bu ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim
berish va ulardagi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish jarayoni bo‘lib, u kishining
shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Ta’limning boshlang‘ich (dastlabki) vazifasi ta’lim oluvchini o‘qitishdan iborat.
Shuning bilan birga u oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ma’lumot berish
vazifasini ham bajaradi.
Ta’lim berish (TB) – ta’lim oluvchining intellektual salohiyatini yuksaltirishga
qaratilgan pedagogik faoliyati bo‘lib, u insonning aqliy faoliyatini rivojlantirish
jarayonidir. TB ta’lim oluvchilarning o‘qish-o‘qitish jarayonining mazmun-mohiyatini
ongli ravishda anglab yetishlari orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |