2
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Fizika – matematika fakulteti
Mehnat ta’limi kafedrasi
Mehnat ta’limi yo’nalishi
BITIRUV MALAKAVIY
ISHI
Mavzu: Mehnat fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishning ba’zi
bir masalalari
Bajargan: - B. Qosibaeva
Ilmiy rahbar: - dots. B. Ibragimov
Kafedra mudiri: - dots. B. Avezov
NUKUS – 2013 yil
3
Mehnat fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishning ba’zi bir
masalalari.
Reja
1. Kirish
2. Mehnat fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish uslublari.
3. Mehnat o’qishi jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash
4. Yangi mavzuni bayon qilish uslublari
5. O’qituvchining mashqlarga tayyorlanish yo’llari
6. O’quv ustaxonalarida dars o’tish sis mavzusi
7. Asbob va uskunalarning tuzilishi bilan tanishtirish
8. Asboblar tayorlashni shakllantirish
9. Hayot faoliyati havfsizligi va favqulotda vaziyatlarida fuqoralarni
muhofaza qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
4
Kirish
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim tizimini
tubdan isloh qilish dolzarb muammolardan biri hisoblanib kelmoqda.
Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining
mukammal bo’lishi, zamonaviy iqtisod, fan madaniyat, texnika va texnologiyalar
asosida rivojlanishi shart.
«Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» uzliksiz ta’lim va kadrlarni tayyorlash
tizimlarini tubdan isloh qilishga qaratilgan.
Milliy dasturni amalga oshirishda mavjud ta’lim va kadrlarni tayyorlash
tizimlarni tubdan o’zgartirish zamonaviy ilmiy fikirlar yutuqlari va ijtimoiy
tajribalarga, ta’lim jarayonini hamma shakli va turlarida ilgox- pedagogik
ta’limlarga tayangan holda amalga oshiriladi.
Ma’lumki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida yoshlarning ongini
yuksaltirishga e’tibor qaratilgan va ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri deb
belgilab berilgan. Ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri zamonaviy
o’quv turlari asosida yuqori natijali o’qitish va malakali kadrlar tayyorlashni
ta’minlash hisoblanadi. Eng asosiy dolzarb ko’rsatkichi shundan iboratki,
o’quvchilarni mustaqil fikrga yo’naltirish va ularning ongsaviyasini zamonga mos
holda tarbiyalashdan iborat.
Shunday ekan, o’qituvchining o’zida ham dars mashg’ulotlarni olib borishda
yuksak saviya va bilim talab qilinadi. Maktab ta’lim tizimi jarayonida talabaning
erkin tafakkurini shakllantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlash har bir pedagogning
diqqat e’tiborida bo’lish kerak.
Dars jarayonida jonli muloqotni tashkil qilish uchun zamonaviy o’qitish
usullaridan foydalanish ta’lim mazmunida etakchi rol’ uynaydi. Ta’lim mazmuni
asosida o’qituvchining tafakkuri, dunyo qarashi, atrof borlikka bo’lgan ongli
munosabati mafkuraviy qarashlari tarkib topadi. E’tiborlisi shuki, o’qituvchi va
o’quvchi jamoasida hamkorlik va ijodiy muhitni yaratishda zamonaviy
metodlardan ta’lim zamiriga singdirishning o’rni beqiyos.
5
«Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini har tamonlama
mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qoyish va ularga kafolatlangan holda
erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi o’zviy
bog’langan komponentlar yig’indisidir» Zamonaviy metodlar asosida dars o’tish
bu o’quvchilarni zamonaviy ta’lim asosida intellektual shaxs sifatida tarbiyalash
demakdir.
Shunday qilib maktablarda o’quvchilarning davomati, o’zlashtirishlari, kasb-
hunarlarni puxta o’rganishlarini ta’minlash maqsadida umum maktab miqiyosida,
maktab o’quv ustaxonalarida qat’iy tartib-intizom o’rnatilishi shart. Aks holda
ulug’ rus pedagogi S.Makarenko aytganidek: «intizomsiz maktab suvsiz tegirmon»
bo’lib qoladi degan edi.
Shu boyisdan o’quv ustaxonalarida olib boriladigan mehnat darslarida
o’quvchilar quyidagi tartib- intizomga qat’iy rioya qilishlari kerak:
- O’quvchilar mehnat darslariga muntazam ravishda, progulsiz, kechikmasdan
qatnashishlari shart. Chunki o’quvchilar amaliy mashg’ulotlarni faqatgina o’quv
ustaxonalaridagina bajarish imkoniga ega bo’ladilar. Bu ishlarni uyda bajarish
imkoniyati ularda bo’lmaydi. Shuni e’tiborga olib ham mehnat darslarida amaliy
mashg’ulotlar yuzasidan uyga vazifa berilmaydi.
- Amaliy mashg’ulotlarni tanaffussiz o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Chunki
tanaffus qisqa muddat davomida o’quvchilarning yovvoyi
bo’lib qolishlariga,
undan so’ng ularning ilgarigidek ishga kirishib ketishlariga salbiy ta’sir etadi.
Shuning uchun mashg’ulotni tanaffussiz davom ettirib, tanaffus hisobiga
mashg’ulotni bir oz ilgariroq tugatishga ruhsat etiladi.
- Mashg’ulotdan so’ng har bir o’quvchi o’z ish o’rnini tozalab, asboblarni
tartibga keltirib, ortiqcha materiallarni chala yoki tayyor ishlarni o’qituvchi yoki
ishlab chiqarish masteriga topshirib, yuz-qo’llarini yuvib, joy-joylariga o’tiradilar.
- O’qituvchi darsga yakun yasab, o’quvchilarning ishlarini baholab, kuzatish
davomidagi qo’yilgan baholarni umumlashtirib, o’quv eshittiradi. So’ng
o’quvchilarga javob beradi.
6
Shunday qilib maktablarda mehnat ta’lim va tarbiyasi o’quv ustaxonalarida,
agrobiologiya va tajriba uchastkalarida, o’quvchilar dalachilik brigadalarida olib
boriladigan mashg’ulotlar davomida berib boriladi.
Mehnat tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yish, o’quvchilarda mehnat malakalarini
hosil qilish, ularda mehnat madaniyatini shakllantirish, turli hil kasblarga havas
uyg’otish, amaliy mashg’ulotlarning samarali o’tishi o’quv ustaxonalari barcha
talablarga javob berarli darajada jihozlanishga ko’p jihatdan bog’lik bo’ladi. Shuni
hisobga olib bu malakaviy ishda 10 ta rasm mavjud bo’lib talabalar uchun katta
axamiyatga ega bo’lib tabiladi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |