Mualliflar
5
1-MAVZU: O`RTA OSIYO VA ROSSIYA O`RTASIDAGI
O`ZARO MUNOSABATLAR ASOSLARI
Reja
1.
O`zaro munosabatlar shakllanishining asoslari.
2.
O`rta Osiyo xonliklari va Rossiyadagi umumsiyosiy, ijtimoiy-
siyosiy shart-sharoitlar.
3.
O`zaro munosabatlarda harbiy ekspeditsiya: maqsad va
oqibat.
4.
Turkiston xonliklaridagi rus harbiy asir-qullari va ularni ozod
qilish yo`lidagi sa`y-harakatlar.
1. O`zaro munosabatlar shakllanishining asoslari.
Xalqaro
munosabatlar shakllanishi asrlar davomida o`z sayqalini topib kelmoqda.
Bu jarayonni tarixiy nuqtai nazardan o`rganish shuni ko`rsatadiki, o`zaro
munosabatlar boshlanishi bilan shu kundagi ahvoli uzoq va murakkab
davrni o`z boshidan kechirgan. Albatta, xalqaro munosabatlar turli
xalqlar, mamlakatlar o`rtasida bir necha bosqichlarni bosib, rivojlanib
borgan. Bunday tarixiy jarayonni O`rta Osiyo va Rossiya xalqlari
o`rtasidagi munosabatlarda ham kuzatish mumkin.
Ma`lumki, O`rta Osiyo va Rossiya xalqlari o`rtasidagi o`zaro
munosabatlar tarixi, hujjatlarga asoslanganda, IX asrga borib taqaladi.
Ilk o`rta asrlar davomidagi o`zaro munosabatlar bevosita emas, balki
bilvosita amalga oshirilgan. Bunday aloqalarni L.N.Gumilev ramziy
tarzda “Buyuk cho`l” deb nomlangan sahroda istiqomat qiluvchi
ko`chmanchi va sahroyilar o`rtasidagi vosita – deya ta`kidlagan. Albatta,
o`rta asrlardagi o`zaro munosabatlar, o`z xususiyatiga ko`ra, xalqlar
o`rtasida, xususan ko`chmanchilar va sahroyilar o`rtasidagi aloqalarni
o`z ichiga olgan. Bu aloqalar mohiyatiga ko`ra, asosan savdo-sotiq
munosabatlari, xususan, tovar almashtirishni o`z ichiga olganligini qayd
etish mumkin. Agar tarixiy jarayonlarga nazar solinsa, Rossiya uchun
Sharq bilan bo`lgan munosabatlar G’arb bilan bo`lgan aloqalarga
nisbatan
chuqurroq,
kengroq
va
mazmun-mohiyatiga
ko`ra
ahamiyatliroq
bo`lganligi
ko`zga
tashlanadi.
Boshqacharoq
ifodalaganda, Rossiya xalqlari hayotida Sharq davlatlari, xususan O`rta
Osiyo xonliklari ham muhimroq ahamiyat kasb etgan. Oxir-oqibatda bu
o`zaro savdo munosabatlari orqali va shuningdek, harbiy to`qnashuvlar
tufayli ko`chmanchilar hayotini o`troq turmush tarzi bilan aralashib
ketishiga olib kelgan. Natijada, ko`chmanchi aholining ma`lum bir
qismi ruslarning yerlariga kelib o`troq hayot kechirishga o`tgan hollari
6
ham bo`lgan. O`zaro munosabatlardagi bunday holatlar ma`lum bir
davrda savdo-sotiq va hattoki e`tiqod yo`lidagi o`zgarishlarga ham olib
kelgan.
Masalan,
shunday
hollar
ham
ko`zga
tashlanadiki,
qipchoqlarning ko`zga ko`ringan boyonlari xristianlikning provaslavie
oqimiga
kirib,
ruslar
bilan
aloqalarini
nikoh
yo`li
orqali
mustahkamlashga uringanlar. Bu o`z navbatida munosabatlarni mustah-
kamlashga xizmat qilgan. Ammo O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi
oilaviy, sulolaviy, diplomatik aloqalarga XIII asrdagi mo`g’ullar bosqini
ma`lum darajada xalaqit berdi. O`rta Osiyo va keyin Rus yerlarini
mo`g’ullar tomonidan zabt etilishi o`zaro munosabatlarni amalda
to`xtashiga yoki ma`lum bir tarqoqlik holatida davom etishiga olib keldi.
Mo`g’ullar bosqini natijasida yuzaga kelgan o`zaro urushlar,
vayronagarchilik, parokandalik oxir-oqibatda Rus yerlarida ularga qarshi
kurashni tezlashtirish zaruriyatini ko`rsatdi. Ammo mo`g’ullar zulmiga
qarshi kurash davri ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida rus knyazlarini
Oltin O`rda bilan o`zaro munosabatlarini mustahkamlashga qaratilganini
ham qayd etish lozim. Hattoki, Rusning Tver va Moskva knyazlik
hokimiyatlari Oltin O`rda hukumati bilan o`zaro hamkorlikka
mo`ljallangan shakl olganligi, hokimiyatni tashkil etish va hattoki
ularga taqlid qilishda Oltin O`rda tamoyillariga zo`r berganligi hamda
ulardan foydalanganligi qayd etilgan. Ayni paytda bunday holat bir
taraflama bo`lmagan. Xususan, Rus knyazlari ham Oltin O`rda
davlatining siyosiy hayotida faol ishtirok etganlar. Masalan, Oltin O`rda
hukumati Rus ustidan nazorat qilishni knyazlarning o`zlariga ishonib
topshira boshlaganlar. Bu yerda aslida “ishonch”dan ko`ra, Oltin
O`rdaning ichki zaifligi ko`zga tashlanadi. Bunday holat XIV asrdan
yanada yaqqol namoyon bo`la boshlagan.
XVI asr ikkinchi yarmida Moskva davlati tomonidan Qozon va
Astraxan xonliklari va keyinchalik Sibir xonligi, Kabardin yerlarini
bosib olingandan so`ng, Kaspiy dengizi va Kavkazortiga chiqadigan
yo`llar ochildi. Natijada, O`rta Osiyo xonliklari va Eron bilan bevosita
aloqa o`rnatishga sharoit yaratdi. Endilikda O`rta Osiyo xonliklari va
Rossiya o`rtasida tovar ayirboshlash, savdo ishlarini yuritish
imkoniyatlari kengaydi. O`rni kelganda ta`kidlash joizki, O`rta Osiyo
bilan bo`ladigan savdo-sotiq aloqalari Astraxan, Qozon, Nijniy
Novgorod, Saratov kabi shaharlar taraqqiyotiga ham yordam berdi.
Umuman olganda, Rossiya o`z oldiga, kelajakda Yevropa davlatlarining
Kaspiy atrofi, butun O`rta Osiyo, Eron, Hindiston va Xitoy savdosining
7
qadimgi yo`lidan o`tuvchi qismi bilan iqtisodiy aloqalarini o`z
nazoratiga olishni maqsad qilib qo`ygandi.
Ta`kidlash joizki, XVII asrning oxirgi choragiga qadar O`rta
Osiyodan kelgan savdogarlar Rossiya va Xitoy o`rtasidagi savdo-sotiq
aloqalarida asosiy vositachi hisoblanganlar. O`rta Osiyo savdogarlari
Balx, Buxoro, Xiva orqali Rossiyaga hind mahsulotlarini, xususan choy,
qimmatbaho toshlar, marvarid, shirinlik va boshqalarni yetkazib
berardilar. Yana shunisi borki, o`zaro munosabatlar rivojida O`rta Osiyo
savdogarlari Rossiya shaharlarida yoki aksincha rus savdogarlari O`rta
Osiyoning turli shaharlarida savdo ishlari bilan yillar davomida
bo`lishlari muhim ahamiyat kasb etgan.
Shunday qilib, XVI-XVII asrlarni Sharq va Rossiya o`rtasidagi
munosabatlarda ma`lum bir burilish davri deyish mumkin. O`zaro
munosabatlarning bu davrida tatarlarning u yoki bu darajada, xususan
savdo-sotiq, til va din, ruhan o`rta osiyolik xalqlarga yaqinligi muhim
ahamiyat kasb eta boshlagan. Bunday holat Rossiyaga sharqona
munosabat hamda an`analarni asta-sekinlik bilan kirib borishiga zamin
yaratgan. Boshqacharoq ifodalaganda, o`zaro munosabatlar vaqt o`tgan
sari sharqona an`analar bilan boyib borgan. Yuqorida qayd etilgan
omillar, ma`lum darajada O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi masofaviy
uzoqlikni ma`lum darajada “yaqinlashtirdi”. Xususan, Ivan Grozniy
tomonidan olib borilgan bosqinchilik urushi natijasida Rossiya to`la-
to`kis Volga bo`ylab o`tadigan savdo oqimini, transportini o`z
nazoratiga oldi. O`z navbatida bunday “shart-sharoit” Rossiyani O`rta
Osiyo bilan savdo-sotiq munosabatlarini o`z nazorati ostida rivojlanishi
va hatto siyosiy aloqalarni o`rnatishiga turtki berdi. Ta`kidlash joizki,
o`zaro munosabatlar rivojidagi bu o`zgarishdan nafaqat Rossiya, balki
O`rta Osiyo xonliklari ham manfaatdor edi.
Rossiya O`rta Osiyo xonliklari bilan munosabatlarni rivojlan-
tirishdan qanday manfaatlarni ko`zda tutgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |