142
Mehmonxona biznesining rivoji uchun marketing
jarayonidan tashqari uning
kommunikatsiya faoliyatidan foydalana olish imkonyoti bugungi kunda muhim
ahamiyat kasb etishidir. Kommunikatsiyani amalga oshirishning ikki yo’li
mavjud
bo’lib ular:
–
shaxslararo (muomila va o’zaro ta’sir)
–
shaxslarsiz
Shaxslararo
aloqa yo’llari ikki yoki undan ko’p bo’lgan shaxslar orasida ro’y
beradi. Ular bir-biri bilan kommunikatsiya vositalari (televedeniye, telefon, Internet va
boshqa) orqali va ularsiz bo’ladi.
Shaxssiz
kommunikatsiya yo’llari shaxsiy yondoshuvsiz va teskari
kommunikatsiyasiz amalga oshiriladi. Bunda vaziyatga
qarab ommaviy va tanlovli
ta‘sir ko’rsatadigan vosita (matbuot, radio, televedeniye, reklama shitlari, varaqlari va
boshqa)lar qo’llaniladi.
Kommunikatsiyaning asosiy vazifasi mehmonxonaning ichki muhitini
barqarorlashtirish, bo’limlar o’rtasida uzviylikni ta’minlash, ko’rsatiladigan xizmatlar
sifatini yaxshilashga ko’maklashish hamda tashqi muhit bilan aloqalarni o’rnatishdan
iborat.
Teskari kommunikatsiya - yuborilgan axborotning axborot oluvchisiga bo’lgan
ta‘sirchanligi. Marketing tizimida muhim narsa bo’lib turistik
korxonaning axborot
oluvchisiga e‘tibor berish hisoblanadi.
Marketingning kommunikatsiya yo’llari mehmonxona faoliyatida alohida o’rin
egallaydi, chunki bu marketing majmuasining eng faol qismini tashkil qiladi.
Kommunikatsiya yo’llari majmuasiga to’rtta asosiy unsur kiradi:
–
shaxsiy sotuv
–
sotishni rag’batlantirish
–
targ’ibot
–
reklama
Shaxsiy sotuv deganda, firma vakilining turistik
mahsulotni tavsiya etish va
savdoni amalga oshirish maqsadida bitta yoki bir nechta salohiyatli xaridorlar bilan
bevosita aloqasi tuShuniladi. Sotishni undaydigan qisqa
muddatli choralar tashkil
etadi.
Targ’ibot deb, jamoat bilan aloqalar bo’yicha olib boriladigan ish tuShuniladi.
U jamoat va turistik korxonasi o’rtasida hayrixohlik munosabatlarini va hamjihatlikni
yaratish va ma‘qullashga qaratilgan bo’ladi.
Reklama – bu turistik mahsulot to’g’risida bo’lgan tasavvurning unga bo’lgan
talabning shakllanishi hamda turistik korxona obro’uchini yaratishning pul bilan
ta‘minlangan shakli.
Kommunikatsiya yo’llari majmuasining har bir unsuriga o’ziga xos usullari va
yo’llari mos keladi. Ammo ular hammasiga bitta maqsadni
- marketing tamoyilini
amalga oshirishga mansub bo’lgan uzoq va qisqa muddatli masalalarni oqilona
yechishga ko’maklashishni ko’zlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: