Turagentlik faoliyatini tashkil etish va uning texnologiyasi



Download 79,34 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi79,34 Kb.
#218254
Bog'liq
referat1


Turagentlik faoliyatini tashkil etish va uning texnologiyasi.

Turagentlik faoliyati — turistik mahsulotni targ‘ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir. 

Turagentlar faoliyatini litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat:

a) turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish;

b) turizm faoliyatining “chiqish turizmi” yo‘nalishida faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish;

v) “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zahira qilishi;

g) turoperator bilan shartnoma tuzilgandan so‘ng turoperatorlar tomonidan yaratilgan turizm mahsulotini targ‘ib va realizatsiya qilish;

d) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida O‘zbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda bo‘lishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni yetkazish;

e) litsenziat kamida ikki chet tilidagi, elektron to‘lovlar, bron qilishlar, “ichki turizm”, “chiqish turizmi” va “kirish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha ekvayring xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi “ichki turizm” yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas);

j) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumot berish, jumladan, ushbu ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zining xalqaro internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

Turistik agentliklar (turagent) bu iste’m olchi (turist)ga yoki mijozlarga ayrim turistik xizm atlar va tu rlarn i chakana sotish funksiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir. Turoperator yoki turagentlik bilan uni moliya sohasiga va hattoki

mas’uliyatni ma’lum darajada qayta taqsimlashga doir ko‘zda tutilishi mumkin bo'lgan juda xilma-xil o‘zaro ta’sir va hisob-kitob qilishlar bo‘yicha agentlashtirish shartnomasi bog‘lab turadi. Sotuvchi sifatida agentlashtirish shartnomasi bo'yicha uning funksiyasi agar faqat aynan shu vositachilik funksiyasidan iborat bo‘lsa, turagent, turistik www.ziyouz.com kutubxonasi mahsulot uchun cheklangan mas’uliyatga ega bo‘ladi. Misol uchun:

a) ayrim xizmat ko‘rsatish;

b) turoperator tomonidan olingan turistik paketlarni;

d) paket bilan bogliqligi shartlanmagan, masalan, yakka turistlar uchun ko‘rsatiladigan turli xizmatlar majmuyini sotuvchi agentliklar mavjud.

Agentlashtirish sohasida faoliyatning bir nechta turlari farqlanadi:

a) shaxs nom idan va korxonaning topshirig‘i bo‘yicha turlarni sotish. Mohiyatan bu turli xildagi turoperatorlarning «turistik yo’llanmalar do‘koni»dir. Turistik yo‘llanmada doimo bunday sotishni amalga oshirgan turoperator va agentning barcha rekvizitlari to‘liq ko‘rsatiladi (Izoh: agentlik foizi tushunchasi bor bo‘lgan mamlakatlarda, agentlik foizining summasi doimo turistik xizmatlarning cheki yoki vaucherida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday mamlakatlarda yo’llanmalar yo‘q, balki vaucher bor bo‘lib, unda kassa apparatidagi ma’lumotni yozib qo‘yish uchun maxsus hoshiya mavjud ekanligini ta’kidlab o‘tamiz. Bunday holda agentlikning o‘zi barcha oqibatlarni va javobgarlikni bo‘yniga olgan holda turoperatorlik funksiyasini bajaradi);

b) Turlarni o‘z nomidan, lekin turistik mahsulotni muayyan turoperatorga tegishli ekanligini ko‘rsatgan holda sotish;

d) Turistik mahsulotni o‘z nomidan (bu mahsulotni konkret bir turoperatorga tegishli ekanligini eslatm asdan), birgalikda yaratiladigan turistik mahsulotni sotish. o‘zaro harakat qilishning qabul qilingan jadvalidan kelib chiqib, javobgarlikning aniq belgilangan darajalari, moliyaviy hisob-kitoblar va faoliyatning soliqqa tortilish jadvali yuzaga keladi.

Turistik agent turistik mahsulotni sotish jarayonida ishtirok etuvchilar zanjirining muhim halqasi bo‘lib, o‘zining tabiiy xususiyati va iste’molchining xarakteridan kelib chiqqan holda, potensial iste’molchining o‘zigacha, iloji boricha uning uyiga yoki xizmat joyigacha yetib borgan bo’lishi kerak. Aynan shuning uchun ham turistik agentliklar juda ko‘p va umumiy hollarda ular xodimlarining soni bo‘yicha ko‘pchilikni tashkil qilmaydilar, lekin hamisha vitrinalik birinchi qavatda va ko‘pchilik o‘tadigan yerlarda joylashgan bo‘ladilar (Izoh: ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda 324 ming turistik agentliklar mavjud), har bir agentlik qoshida muayyan www.ziyouz.com kutubxonasi joylardagi iste’mol bozorining konkret bo‘g‘iniga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p sonli yollanma ishchilar ishlashadi. Rivojlangan mamlakatlarda turlarning eng ko‘p qismi aynan oilaviy agentliklar tomonidan sotiladi (Izoh: oilaviy mutaxassislir qatoriga tish doktorlari, vrachlar, huquqshunoslar va turistik agentlar kiradi.) Agentlik telekommunikatsion komputer tarmoqlari xizmati turoperatorlari yoki boshqa operatorlar bilan, masalan, agentga axborotlar va turistik xizmatlarni bronlashtirish tizimining qudratli bazasiga yo‘l ochib beradigan global xalqaro va milliy tarmoqlari bilan bog’liq bo‘ladi. Hozirgi paytda turlarni iste’molchiga internet tarmog‘i orqali sotish shakllanmoqda.

Turoperatorlar turistik mahsulotni shakllantirish (tuzish yoki loyihalash)ni, uni bozor tomon harakatini, shuningdek, realizatsiya qilinishini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir. (Izoh: bu yerda va bundan keyin jismoniy shaxs, — deganda, yuridik shaxs m a’lumotiga ega bolm agan tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lish kerakligi anglashiladi.) Mazkur qoidaga ko‘ra, turoperatorlarning dastlabki ikki funksiyasi nisbatan tushunarli: ya’ni, turistik m ahsulotni shakllantirish, deganda: tur muddatlari, maqsadni aniqlash bo‘yicha tartiblashtirilgan va bir-biriga boglangan, narxi va sifati bo‘yicha, ketmaketligiga ko‘ra kelishilgan xizmat ko‘rsatish va ish bajarish, ularni taklif etish bo‘yicha shartnomalar tuzish, tegishli ravishda bronlashtirish va rezervlashtirish tushuniladi. Bozor tomon yo‘naltirish, deganda: shunday ishlar majmuyi tushuniladiki, bunda potensial ¡ste’molchida shu ishlarni sotib olish uchun moyil — rag‘bat tug‘dirish bo‘yicha ishlar bajariladi yoki soddaroq aytganda tur va xizmatlar reklamasi amalga oshiriladi. Keyingi funksiya batafsil

tushuntirib berilishini talab etadi. Ya’ni, «Realizatsiya» atam asi ikki xil m a’noga ega: a) sotish; b) bajarish. Faoliyatning klassik (an’anaviy) sxemasi bo'yicha turoperator turistik agent — ko‘tarachilarga turistik mahsulotni faqat ulgurji sotishni am alga oshiradi, agent — ko‘tarachilar esa bu mahsulotni hududlar va m intaqalar bo‘yicha taqsimlaydilar va ularni mahalliy turistik agentliklar orqali sotadilar. Turlarni iste’molchining o'ziga - turistga chakanalab sotishni turistik agentlik (qisqacha turagentlik) amalga oshiradi. Ba’zan turoperator o ‘z huzurida maxsus strukturaviy boMinma — faqat turistlarga ko‘rsatishnigina emas, balki barcha agentlik ishlarini o‘zaro muvofiqlashtirish bilan ham shug‘ullanuvchi turlarni chakanalab sotish bo‘yicha markaziy turistik agentligini tuzadi. Amaliyotda turizm sohasidagi korxonalar ichida turoperatorlarning soni 5 % dan oshmaydi, turagentliklar esa 95 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari, turoperator turistik mahsulotni iste’molchi (turist) oldida bajarilishi uchun javob beradi va amalda turistik m ahsulotni nazorat qilish va operativ kuzatib borishni (hech www.ziyouz.com kutubxonasi bo’lmaganda turistik guruhlar uchun doimo) amalga oshiradi. Odatda turoperatorlik funksiyasini amalga oshirish uchun korxonani shundayligicha yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o ‘tkazishgina emas, balki bunday faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus litsenziya ham olish zarur. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil l-noyabrdagi



«Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorida bu masalaga oydinlik kiritilgan. Rossiyada (izoh: hukumat qarori bilan 1995-yildan boshlab xalqaro turistik faoliyatni litsenziyalashtirish tartibi joriy etilgan) litsenziya olish faqat xalqaro turistik faoliyatni amalga oshirishda talab etiladi. Ichki turizm sohasidagi faoliyatda litsenziya va maxsus ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi. O‘zbekistonda esa ichki va xalqaro turizm uchun yagona litsenziya zarur. Turoperator turistik mahsulot iste’molchisi oldida javobgar hisoblanadi. Iste’molchi ko‘pgina turli xil korxonalar xizmatini o‘z ichiga olgan xizmat ko‘rsatishlar paketini aynan undan sotib oladi. Bu javobgarlik turoperatorning tegishlicha kafolatlarini (ma’lum summadagi mablag‘ depoziti yoki boshqa ta’minot uchun bank kafolati, agar litsenziyalashtirish qonunlari bo‘yicha mumkin bo’lsa, professional javobgarlikni sug‘urtalash (Izoh: agar bajarish funksiyasi amalga oshirilmasa, yoki ataylab,
turoperator turistlarga ancha-muncha pul to‘plab, shu zahotiyoq g‘oyib bo'lishi mumkin. Buni turizm bo‘yicha firibgar va tovlam achilar muntazam amalga oshirib keladilar. Buning ustiga na litsenziyalashtirish instituti, na turli xil kafolatlar turistlarni bunday hodisalardan himoya qila olmaydi) nazarda tutgandir.
Download 79,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish