317
emas. Unda turizm bilan birga ekoturizm hozirgi sur’atlarda rivojlansa, faqatgina
Xitoyning o‘zida 35–40 mln tashqi turistlar
oqimi kuzatilishi mumkin, [1].
Dunyo bo‘yicha eng yirik «Buyuk ipak yo‘li» loyihasi qatnashchilari oldida
tashrif buyuruvchilar yuqori bo‘lgan davlatlarga kirgan turmahsulotlarni ishlab chiqish
masalasi turibdi. Bunda turistik marshrutlar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Germaniya -O‘zbekiston - Xitoy, Fransiya - Qozog‘iston - Xitoy va hokazo. Agar
aviatashishlardan tashqari sayyohlarning kundalik harajatlari 5 mlrd AQSH dollarga
chiqishi hisobga olinsa, ushbu foydaning bir qismi O‘zbekiston Respublikasiga tegishli
bo‘lishi mumkin. Xalqaro ekspertlarning baholashlariga ko‘ra, 2020-yilga kelib
sayyohlarning asosiy qismi an’anaviy mamlakatlarga tashrif buyurishadi. Biroq,
ularning bir guruhi o‘zlariga yangi bo‘lgan marshrutlarni o‘zlashtirishga
harakat
qiladilar. Hisob-kitoblarga ko‘ra, uzoq masofaga borish umumiy sondan 24 %ni tashkil
qiladi (hozirda bu ko‘rsatkich 18 % tashkil qilmoqda). BTT eksperti Z.Kleverdonning
fikricha, «odamlar borgan sari uzoq-uzoqlarga sayohat qilishib, o‘zlarining ta’tillarini
bir necha bosqichga bo‘lishadi, bunda uning davomiyligini o‘zgartirishmaydi». Rio-
92, Yoxannesburg-2002, Kvebek-2002 xalqaro anjumanlarida qabul qilingan
hujjatlarning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda ekologik
turizmga mahalliy aholining ishtirokini tadbirkorlik asosida jalb qilish dasturi ishlab
chiqilmoqda. Bu o‘rinda TASIS tomonidan moliyalashtirilgan G‘arbiy Tyan-Shan
rezervatining biologik xilma-xilligini saqlashga doir xalqaro (Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, O‘zbekiston Respublikalari)
davlatlararo, tabiiy muhitni muhofaza
qilishga yo‘naltirilgan Xalqaro bankning GEF dasturlari tahsinga loyiq.
O‘zbekistonda 38 mln gektardan ortiq maydonda ovchilik – baliqchilik yer
maydonlari, jumladan, 1.0 mln gektar suv fondi yerlari mavjud. Respublikamiz faunasi
97 turdagi o‘txo‘r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va
83 baliq turlariga ega. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti
ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda hozirgi kunda 4100 dan ortiq o‘simlik
turlari mavjud bo‘lib, ulardan 9 % endemiklar, ya’ni faqat bizning yurtimizga xosdir.
Bulardan tashqari, O‘zbekiston Osiyoning qoq markazida, joylashgani bois ekoturizm
rivojlanishi uchun qulay geoturistik sharoitga ega. Tabiatni
muhofaza qilish davlat
qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra vatanimizda nodir umuminsoniy arxeologik
topilmalar, paleontologik qoldiqlar, dunyoda juda kam uchraydigan geologik kesmalar,
8000 dan ortiq tabiiy yodgorliklar mavjud, [2].
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlat
bionazorati «Tabiiy hududlarni muhofaza qilish» bo‘limi «Jayron ekomarkazi»ning 30
yillik faoliyatiga, jayronlar, prjevalskiy zotli otlar, qulonlarni saqlash va ko‘paytirish,
ularning etalogiyasi,
biologiyasi, fiziologiyasini o‘rganish hamda ekoturizmni
rivojlantirish maqsadida «Jayron ekomarkazi»ga qo‘shni, ochiq cho‘l hududida
joylashgan 27300 gektar yerni tashkil etgan markaz tajriba uchastkasini milliy tabiiy
bog‘ga aylantirishga bag‘ishlangan buklet-broshura 3 til (o‘zbek, rus, ingliz) da chop
etdi.
Yuqorida qayd etilgan turistik ko‘rsatkichlar yurtimizda ekoturizm
imkoniyatlari nihoyatda katta hamda salohiyati bo‘yicha
dunyo ekoturizm
industriyasida yuqori o‘rinlarni egallasa-da, lekin amalda O‘zbekistonda bu salohiyat
318
va imkoniyatlardan to‘la-to‘kis foydalanish uchun chora va tadbirlar yetarli darajada
amalga oshirilgan emas.
Bunga misol tariqasida, Jahon Turistik Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra,
O‘zbekistonga 2005-yilda 262 ming turist kelib ketgan, amalda esa O‘zbekiston
turistik resurslari har yili 1 mln dan ortiq turistlarni qabul qilish imkoniyatiga ega.
«O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2005-yilda turistik
xizmatning hissasi O‘zbekiston Yalpi Milliy mahsulotining bor yo‘g‘i 0,6 % tashkil
etdi. O‘zbekistonda ekologik turizmning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy
omillaridan biri muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda
ekoturistlar uchun qulay
ekoturlarning yaratilmaganligidadir.
Ona vatanimizning landshafti, hayvonot va o‘simlik dunyosiga boy va betakror
tabiati bilan tanishtirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini bog‘lash, mamlakatlar
va turli xalqlarning bir-birlarini kengroq bilishlari, qirilib ketish arafasida turgan noyob
hayvonot va o‘simlik dunyosini saqlash va ko‘paytirish maqsadida qo‘riqxonalar
(Surxon, Nurota, Hisor, Baday-To‘qay, qo‘riqxonalar (Surxon, Nurota, Hisor, Baday-
To‘qay, Zarafshon, Qizilqum, Chotqol, Zomin, Kitob), parvarishxonalar («Jayron
ekomarkazi», Sayxun xo‘jaligi) tarkibida va atrofida dunyo talablariga javob bera
oladigan milliy tabiiy bog‘larni yaratish
loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga
oshirish orqali muhofaza qilinadigan hududlarda ekoturizm obyektlarining moddiy-
texnik bazasini yaratish uchun qo‘shimcha chet el investitsiyalarini keltirishdan iborat.
Shu vazifadan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi tarkibida «Ekoturizm» ilmiy-iqtisodiy Markazini tuzish maqsadga
muvofiq.
Ekologik
turizm oqilona rivojlantirilsa, u ekologik inqiroz va talafotlarning
yechimini topishda juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Buning uchun bugungi
kunda mamlakatimizda tabiiy resurs yetarli. Ulardan o‘ta samaradorlik bilan
foydalanish ekoturizmning ham boshqa sohalar kabi gullab-yashnashida muhim o‘rin
egallaydi. Bu masalaning muvaffaqiyatli hal etilishi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-
ma’rifiy, tarbiyaviy muammolarning va ekologik ta’limning sivilizatsiya darajasida hal
etilishi bilan bir qatorda atrof-muhitni muhofaza qilishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: