Туризм, таълим ва и қ тисодиёт тармо қ лар


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/285
Sana12.03.2022
Hajmi7,11 Mb.
#491948
TuriСборник
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   285
Bog'liq
Интеграция туризма, образования и экономики

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Azzamov X., Turizmning istiqbolli turi. Jamiyat gazetasi. 2014 yil 18 iyul 
9 bet
2.Тухлиев Н., Экологический туризм: сущность, тенденции и стратегия 
развития. -Тошкент: Гос. Науч. Изд-во ―Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 
2006. - 416 с. 
3. Pardayev A., Norchayev A., Xalqaro turizm. Darslik. - T.: TDIU, 2010, - 320 
MILLIY HUNARMANDCHILIKNI RIVOJLANTIRISH AHOLI 
BANDLIGINI OSHIRUVCHI OMIL SIFATIDA 
Mahmudova N.O`. 
BuxDU
Turizm sanoati 2000 yildan buyon jahonda tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha 
avtomobil, kimyo, oziq- ovqat, elektron sanoatini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni 
egallab kelmoqda. Ayni paytda dunyoda 209milliondan ziyod kishi yoki ish bilan band 


324 
aholining 10 foizi ushbu sohada mehnat qilayotir. Jahon iqtisodiyotida xalqaro 
turizmdan tushayotgan daromad 2,3 trillion AQSh dollaridan oshadi. Jahon sayyohlik 
tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda sayyohlar oqimi yiliga 4-5 foizga 
ko‘paymoqda. 
Xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. O‘zbekistonda turizm 
sohasini ijtimoiy-iqtisodiy kompleksning muhim tarkibiy qismlaridan biriga 
aylantirish uchun barcha sharoit mavjud. Ushbu soha yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi 
farovonligini oshirish, valyuta va soliq tushumlari ko‘payishida muhim o‘rin tutmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrda qabul 
qilingan «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori turizm va sayyohlik infratuzilmasini 
rivojlantirish, milliy turistik xizmatlarni xalqaro sayyohlik bozorlariga faol taklif 
etishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 
O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy-madaniy merosi, noyob moddiy va nomoddiy 
madaniy qadriyatlari, me’moriy obidalari, zamonaviy shaharlari bilan xalqaro 
sayyohlik bozorida alohida mavqega ega. Boy o‘tmishimizdan dalolat beradigan 
qadimiy yodgorliklarni asrab-avaylash, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, 
Shahrisabz, Marg‘ilon shaharlaridagi zamonaviy binolar, joylarda faoliyat 
ko‘rsatayotgan milliy hunarmandlik markazlari ushbu hududlarda nafaqat xalqaro, 
balki ichki turizmni ham rivojlantirishga ko‘maklashmoqda. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston mehnat bozorining huquqiy va institutsional 
asoslari yaratildi. Mehnatni tatbiq qilish sohasi hamda imkoniyatlari, o‘zini o‘zi ish 
bilan ta’minlash ko‘lamlari kengaydi. Mehnat faoliyatining shakllari va turlari xilma-
xil ko‘rinishga ega bo‘ldi, mulkchilik hamda tarmoq shakllari bo‘yicha ishlovchilar 
tarkibi o‘zgardi, yangi, odamlar uchun yanada qulay bandlik shakllari paydo bo‘ldi. 
Kasanachilik, hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik singari norasmiy faoliyat 
yuritgan muayyan mehnat turlari qonuniylashtirildi. Muhimi, barqaror iqtisodiy o‘sish 
tendentsiyasi yurtimiz aholisining bandlik darajasi ko‘tarilishi uchun munosib shart-
sharoitlar yaratilishi va rivojlantirilishini ta’minlamoqda. 
Yurtimizda ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligi bo‘yicha barqarorlik, 
samaradorlik omillarini tahlil qilsak, avvalo, xususiy tadbirkorlik rivojining 
jadallashuvi, qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilgani, kichik korxona va 
mikrofirmalar soni ortishi har yili minglab kishilarga turmush farovonligini oshirish 
imkoniyatini bermoqda. Xususan, o‘tgan yili ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar 
natijasida 370,5 ming ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, Investitsiya, ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, ijtimoiy-iqtisodiy va 
sanoatni rivojlantirish hududiy dasturlari izchil amalga oshirilishi, yakka tartibdagi 
tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va servis, transport-kommunikatsiya sohalarining jadal 
sur’atda ravnaq topishi aholi bandligida salmoqli o‘rin tutmoqda. Kasanachilik, oilaviy 
tadbirkorlikni, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanayotgani ham minglab oilalarning ro‘zg‘ori butligini ta’minlayotir. Ayniqsa, 
Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari 
kasanachilik hamda milliy hunarmandchilik markazlariga aylangan. 


325 
Bundan tashqari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining safi kengayib 
borayotgani, aholining shaxsiy yordamchi uchastkalarda dehqonchilik mahsulotlari 
yetishtirishi uchun barcha qulaylik yaratilgani, vaqtincha faoliyat yuritmayotgan va 
bankrot deb topilgan korxonalarning moliyaviy sog‘lomlashtirilishi ishsizlik darajasi 
mo‘‘tadilligini saqlashga xizmat qilmoqda. 
O‘zbekistonda aholining bandligini ta’minlash va buning uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri 
sanaladi. Mazkur sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasini respublikamizda 
joriy yilning birinchi choragida 141 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratilgani misolida 
ham ko‘rish mumkin. E’tiborlisi, bandligi ta’minlangan fuqarolarning salmoqli qismi 
qishloq joylarda yashovchi aholi hissasiga to‘g‘ri keladi. Binobarin, bir insonning o‘z 
layoqati va qiziqishiga ko‘ra doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi nafaqat o‘zi 
hamda 
oilasi, 
balki 
jamiyat 
uchun 
ham 
ahamiyatlidir.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar aholining 
62 foizini tashkil qiladi. Har yili mehnat resurslari o‘rtacha ikki foiz oshib 
borayotganini nazarda tutsak, aholi bandligini to‘liq ta’minlash hamisha dolzarb 
masala ekani oydinlashadi. 
Quvonarlisi, bandlik va daromadlar o‘sishi natijasida yurtimiz aholisining 
iqtisodiy faolligi kuchaydi. Pirovardida mehnat bozorining asosiy indikatorlari 
barqarorligiga erishilmoqda. Bandlik tizimida ijobiy tendentsiya ko‘zga tashlanayapti. 
Chunonchi, nodavlat iqtisodiy sektorda ish bilan band kishilar ulushi 2000 yildagi 58 
foizdan 2016 yilga kelib 84 foizga o‘sdi. 
Mamlakatimizda milliy hunarmandchilikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash 
va rivojlantirishga qaratilgan islohotlar aholi, ayniqsa, xotin-qizlarni tadbirkorlikka 
jalb qilishda yuksak samara bermoqda. E’tiborli tomoni, hunarmandlarimiz tomonidan 
tayyorlangan buyum va mahsulotlar nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijliklarni ham 
o‘ziga maftun etayotir. 
Bugun bu sohada olib borilayotgan amaliy ishlar, sa’y-harakatlar ko‘lami keng. 
Davlatimizda 1997yilda “Hunarmand” uyushmasi tashkil etilib, unga 12000dan ortiq 
usta - hunarmandlar a’zo bo‘lishgan hamda 40 ko‘rinishdagi milliy hunarmandchilik 
turlari qayd qilingan. Jumladan, Buxoroda 1000dan ortiq hunarmandlar 25dan ziyod 
hunar turlari bilan viloyatda faoliyat yuritmoqda. Asosiysi, hunarmandchilik bugun 
aholi, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash orqali oilalar farovonligini oshiruvchi 
muhim yo‘nalish sifatida ham o‘zini namoyon qilayapti. Bu borada davlatimiz bu 
sohani rivojlantirish uchun bir qator imtiyozli islohotlarni amalga oshirmoqda. 2017 
yil 1yanvardan hunarmandlar qat’iy belgilangan soliq, eksport bojidan ozod qilinib, 
eng kam ish haqining 50%miqdorida daromad solig‘i to‘laydi. 
Xalq hunarmandchilik mahsulotlari nafaqat xorijiy mehmonlarda, balki mahalliy 
san’atga qiziquvchilarning ham diqqatini ko‘proq tortmoqda. Bugunga kelib, 
Respublikamizda 500 dan ortiq korxonalar aynan suvenirlar tayyorlash tizimi bilan 
shug‘ullanadi va ular butun dunyoga tarqatiladi. 
O‘ta qobiliyatli ustalar tomonidan tayyorlanayotgan keramika va farforli 
idishlar, har xil atlas matolar, taqinchoqlar, naqshlar jilosida ko‘zni qamashtiruvchi 
yog‘ochli suvenirlar hech qachon o‘z qimmatini yo‘qotmaydi. 


326 
Marg‘ilon adraslari va shoyilari, buxorolik dizaynerlarning qo‘lda tikilgan 
pidjaklari va aksessuarlari, Xorazm gilamlari, yungdan ishlangan shuba va paltolar, 
Shaxrixon pichoqlari va naqshlari, bezaklar, sumkalar, poyabzal va O‘zbekiston milliy 
an’analariga xos tarzda qo‘lda yasalgan boshqa ko‘plab buyumlarni ko‘rish mumkin 
bo‘ladi. 
Ta’kidlash kerakki, asrlar davomida saqlanib kelayotgan o‘zbek 
hunarmandchiligi ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar uchun sarmoya 
manbai bo‘libgina qolmay, sohada mavjud bo‘lgan ilg‘or jarayonlarni kelajakda saqlab 
qolish ham demakdir. 

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish