Туризм, таълим ва и қ тисодиёт тармо қ лар


EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/285
Sana12.03.2022
Hajmi7,11 Mb.
#491948
TuriСборник
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   285
Bog'liq
Интеграция туризма, образования и экономики

 
EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI 
Atoyeva R.O.,Xodjiyeva M.S,. 
Buxoro shahri 
So’nggi yillarda zamonaviy turizm va turistik xizmatlarning tobora taraqqiy etishi 
tufayli ekoturizm, agroturizm, ekstrimal turizm kabi noan’anviy yo’nalishlarga alohida 
e’tibor kuchaydi. Ekoturizm – faqatgina ekologiyaga oid tuShuncha emas, balki 
salomatlikni tiklash, dam olish va aholini qo’shimcha daromad topishga undovchi 
sayohat turlaridan biridir. Bugungi kunda havoning ifloslanishi natijasida dunyo 
miqyosida millionlab insonlar nobud bo’lmoqda. Oxirgi paytlarda kimyoviy 
moddalardan foydalanish keskin oshib bormoqda. Ayni paytda yer yuzida to’rt yuz 
million tonnadan ortiq vositalar va oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanib kelinmoqda. 
Zararli kimyoviy vositalardan foydalanish natijasida ayrim davlatlarda onkologik 
kasalliklar 20 foizga ko’paygan. Kimyoviy moddalardan zaharlanish oqibatida har yili 
qariyb ellik ming kishi nobud bo’lyapti. Ishlab chiqarish sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda atmosfera kuchli zaharlanib, ekologiyaga jiddiy zarar yetkazmoqda. 


352 
Havo tarkibidagi chang va zaharli moddalar qon-tomir, o’pka va nafas olish yo’llarini 
kasallantirib, insonlar salomatligiga jiddiy xavf tug’dirmoqda. [1] 
Ushbu ko’rsatkichlar va raqamlar dunyo miqyosida ekologik toza hududlarning 
insoniyat hayotiga va yashash tarziga, salomatligi, umri uchun qanchalik muhim 
o’rinni egallashini belgilab bermoqda. Bu dolzarb masala o’z-o’zidan ekologik toza 
hududlarni ko’paytirish, asrab-avaylash, takomillashtirish, shart-sharoitlarni xalqaro 
andozalarga moslashtirish kabi chora-tadbirlar rejasini tuzishni taqozo etmoqda. Ayni 
kunda Kanada davlatining turizm sohasidan oladigan foydasining to’rtdan bir qismi 
aynan ekoturizm hisobiga to’g’ri keladi. Yuqoridagilarni inobatga olib, ekologik 
turizmning rivojlanishida o’simliklar olami muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda turizmning ekologik yo’nalishga turizm qonunchiligidan tashqari 
“Tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”, “Hayvonot dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida”, “Muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlar to’g’risida”gi qonunlar bilan tartibga solinayotganligi e’tiborga molik. Bu 
sohada olib borilayotgan islohotlar va sa’y harakatlardan maqsad mamlakatimizda 
turizm industriyasi (ekoturizm)ni rivojlantirishni jadal tarzda taraqqiy ettirish orqali 
aholi farovonligini oshirishdan iborat. 
O’zbekiston o‘zining betakror tabiati, xushmanzara maskanlari, boy madaniy 
merosi va qadimiy an’analari bilan xorijlik sayyohlarni o‘ziga maftun etib kelmoqda. 
Bu ona diyorimizda ekoturizmni rivojlantirish imkonini beradi. Prezidientimiz 
Sh.Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining turizm 
sohasini jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’sida”gi farmoni ijro etildi. 
Bu farmonning ijrosi doirasida tashkil etilgan media-safari qadimiy Shilpiq 
qo’rg’onidan boshlandi. Ajdodlarimiz tomonidan bunyod etilgan qadimiy yodgorlikni 
ziyorat qilgan ommaviy axborot vositalari vakillari Quyi Amudaryo davlat biosfera 
rezervatida ham bo’lishdi.
Yurtimizning har burchagida turizmning rivojlanishi uchun turli chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda tashkil etilayotgan manzarali bog’lar, gulzorlar 
bularning barchasi yerning ustki qismida amalga oshirilmoqda. Mana Shunday 
manzarali bog’lar va gulzorlarni yerning ostki qismida tashkil etsa ham bo’ladi. Buning 
qulaylik taraflari juda ko’p.
Birinchidan, bunday manzarali bog’ va gulzorlarni qish faslida ham tashkil 
etishimiz mumkin.
Ikkinchidan, yer ostida tashkil etilgan bunday go’zal manzaraninig g’aroyibligi 
yanada ortadi.
Uchinchidan qishki qismi ya’ni issiqxona qismi arzonga tushadi. Bu qanday 
amalga oshiriladi? Buning uchun qarovsiz qolgan, unumdorligi past yerlarni
chuqurligi 2-3 metrgacha qaziladi. Keyin o’sha yer maydoni ag’darilib, organik o’g’it
solinadi. Issiqxonamizning usti polietillen bilan yopiladi. Yerga o’simlik uchun zarur 
bo’lgan mineral o’g’itlarni keragicha solib, o’simlikning o’sishi uchun yaxshi sharoit 
yaratishimiz lozim. Yerosti issiqxonalari har tomonlama arzonga tushadi. Masalan 
isitishni tabiiy yo’l bilan amalga oshirsa bo’ladi. Ya’ni tuproqqa solinadigan organik 
o’g’it parchalanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi. Bundan tashqari yerni ostki 
qismi uning usti yopilgandan so’ng o’z issiqligini saqlaydi. Polietilendan o’tadigan 
quyosh nurlari ham bunga o’z hissasini qo’shadi. Bularning uchchovi birgalikda yer 


353 
osti issiqxonasini tabiiy yo’l bilan isishini ta’minlaydi. Yer osti issiqxonalarida sitrus 
mevali o’simliklar, turli xil manzarali butalar va gullarni ekishimiz mumkin. Yer ostki 
qismida tashkil etilgan manzarali bog’ga daraxt ekishimiz ham mumkin. Bu sharoitda 
daraxt sig’masligini inobatga olib, daraxtni chilpish orqali antiqa shakllar yaratishimiz 
mumkin. 
Shunday qilib, yurtimizda hamma sohalar singari turizm sohasi ham rivojlanib 
bormoqda. Biz ekoturizmni rivojlanishi natijasida ham ma’naviy, ham iqtisodiy foyda 
olishimiz mumkin. Bundan tashqari O’zbekiston tabiatini yangi o’simliklarni 
iqlimlashtirib boyitishimiz mumkin. Faoliyatimiz natijasida biz bo’sh yerlardan 
foydalanishimiz va turli xil tuproq unumdorligini oshiruvchi o’simliklar ekib uning 
unumdorligini oshirishimiz mumkun. Bu yerdagi sitrus mevali o’simliklarning mevasi 
ham bizni iqtisodiy jihatdan boyitadi.
Ekoturizmni rivojlantirish orqali eng avvalo iqtisodning ushbu sohasiga mahalliy 
aholini jalb qilish, aholi bandligini oshirish imkoniyatini berish bilan birgalikda, 
ekoturizm uchun zarur bo’lgan mahalliy bilim va tajribaga ega aholi bilan hamkorlik 
qilish zarurati paydo bo’lishini ham ta’kidlab o’tish zarur.
Shunday ekan biz Buxoro viloyatida ham Shunday chora tadbirlarni amalga 
oshirib, bu yerda ham ekoturizmni rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz lozim. 
Bizning hududimizda ekoturizmni rivojlantirishning qulay usullari mavjud. Bularga 
misol qilib, quyonchilik, tuyachilik, parrandachilik, baliqchilikni keltirish mumkin. 
Ayniqsa baliqchilik sohasini rivojlantirish orqali iqtisodiyotimizga katta foyda keltirsa 
bo’ladi. Buxoro viloyatida asosan oq va chipor do’ngpeshona, karp, oq amur kabi 
baliqlar yetishtiriladi. Ushbu baliq malkilari respublikamizning boshqa viloyatlaridan 
keltirib o’stiriladi. Ba’zi bir baliqchilik xo’jaliklarida esa malkilar maxsus sexlarda ona 
baliqga gipofizar inyeksiya qilish orqali chavoq yetishtirilib, lichinkalar chiqariladi. 
So’ngra ular o’stirilib hovuzlarga qo’yvoriladi. Ushbu jarayonni kuzatish ham 
sayyohlarga qiziq deb o’ylayman. Hamda bu jarayonni sayyohlar kuzatishini 
tashkillashtirib, ularga bir qancha ma’lumotlar berilishi mumkin. Viloyatimizdagi 
baliqchilik xo’jaliklarining yon atroflarida dam olish maskanini tashkil etish orqali 
ichki turizmni rivojlantirish, bundan tashqari aholining madaniy hordiq chiqarishiga 
ko’maklashish, yangi ish o’rnini yaratish mumkin. Aholi baliqchilik xo’jaliklarida ham 
dam, olib ham baliq tutish imkoniga ega bo’ladi. Buning natijasida esa turizm bilan 
birga iqtisodiyotga katta foyda keltiriladi. 

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish