Туризм, таълим ва и қ тисодиёт тармо қ лар


O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI



Download 7,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/285
Sana12.03.2022
Hajmi7,11 Mb.
#491948
TuriСборник
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   285
Bog'liq
Интеграция туризма, образования и экономики

O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 
Narziyeva D.M.,
BuxDU 
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning bosh 
maqsadi-iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini 
yuksaltirishdan iborat. 
Turizm mamlakatning bozor munosabatlarini rag’batlantirishning, milliy 
iqtisodiyotning boshqa sohalariga ijobiy ta’sir ko’rsatishning, aholini ish bilan 
ta’minlashning, atrof - muhitni muhofaza qilishning, tarix va madaniyat yodgorliklarini 
muhofaza qilish bo’yicha ishlar yaxshilanishining, aholining madaniy va sog’liq 
darajasini ko’tarishning eng samarali usullardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy masalalaridan biri bu 
turizmni rivojlantirishdir. Shu o’rinda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev turizm 
haqida quyidagi fikrlarni aytib o’tganlar: “Turizm – iqtisodiyotning muhim 
tarmoqlaridan biri. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, ushbu 
tarmoqni yanada takomillashtirish zarur, buni davrning o’zi taqozo etmoqda”.
Yurtimizda turizmni jadal rivojlantirish, mavjud ulkan turizm salohiyatidan 
yanada to‘liq va samarali foydalanish, an’anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan 
birgalikda ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-
sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat va ishbilarmonlik turizmi kabi yangi turizm 
yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalarni belgilab olishda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PF-4861-sonli farmonini qabul qilinishi bu boradagi muhim hujjat 
hisoblanadi. 
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar 
va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi 
loyihasi e’lon qilindi.


311 
Dasturning III bobi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo’nalishlari” deb nomlangan. Ushbu dasturning “ Tarkibiy o’zgarishlarni 
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish” bo’limida amalga 
oshirilishi mo’ljallanayotgan xorijiy sayyohlarning tashrif uchun keng sharoitlar 
yaratish, ularning sayohat dasturlarini mazmunan boyitish va ko’rsatilgan xizmatlar 
turlarini kengaytirish hisobiga turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab 
olinmoqda. 
Buning uchun 2018 yil 10 fevralgacha Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, 
Tashqi ishlar vazirligi, “O’zbekiston havo yo’llari” MAK, Moliya vazirligi, Oliy va 
o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida normativ – huquqiy hujjat loyihasi 
tayyorlandi. Ushbu loyiha doirasida:
- Turizmni rivojlantirish uchun viza tartibini soddalashtirish; 

Xalqaro aviaqatnovlarni ko’paytirish, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalarni 
jalb qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish; 

Turistik mahsulotlarni xarid qilish tizimi, jumladan, elektron to’lovlar tizimini 
rivojlantirish, sayyohlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarga imtiyoz va 
preferensiyalar taqdim qilish; 

Sayohat dasturlarini mazmunan boyitish va ko’rsatilgan xizmatlar turlarini 
kengaytirish; 

O’zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ’ib qilishga oid masalalar 
nazarda tutiladi. 
Shuni aytish joizki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida turizmning bozor 
munosabatlariga asoslangan yangi huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratildi. Zamonaviy 
infratuzilma ob`yektlari barpo etilib, turizmning jahon andozalari darajasidagi yangi 
yo'nalishlari joriy qilindi. Mavjud tarixiy-madaniy yodgorliklar ta`mirlanishi 
barobarida, ular keng ko'lamda targ'ib etildi.
Bundan tashqari, turizmni rivojlantirishda xorij mamlakatlarida bo’lib o’tadigan 
sayyohlik ko’rgazma va anjumanlari muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz milliy 
madaniy merosini chet ellarda ommalashtirish, mamlakatimizga xorijlik sayyohlarni 
ko’proq jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz sayyohlik 
tashkilotlari Madrid, Riga, Berlin, London, Parij, Tokio, Moskva, Istanbul kabi 
dunyoning yirik shaharlarida qator ko’rgazmalar tashkil etmoqda hamda xalqaro 
ko’rgazmalarda qatnashmoqda. Bu kabi tadbirlar o’z samarasini berib, xorijiy 
sayyohlarning yurtimizga oqimi tobora ko’paymoqda. 
Bu kabi tizimli chora-tadbirlarning samarasi sifatida, yaqinda Buyuk 
Britaniyaning dunyoda mashhur “Financial Times” gazetasida chop etilgan maqolada 
2017 yilda yilda jahon bo'ylab sayohatga chiqish istagidagilar uchun eng qiziqarli 
yo'nalishlar ro'yxati e`lon qilindi. Ushbu ro’yxatda e’lon qilingan
to'qqizta davlat orasida O'zbekiston jahondagi eng diqqatga sazovor sayyohlik 
yo'nalishlari reytingida ikkinchi o'rinda qayd etildi. 
Bu bejiz emas, albatta. Negaki, O'zbekiston sayyohlik ko'lami va tarixiy 
qadamjolari ko'pligi bo'yicha dunyodagi yetakchi davlatlar sirasiga kiradi.
Mamlakatimizda 7 mingdan ziyod nodir tarixiy yodgorliklar hamda betakror 
arxitektura namunalari mavjudligi, so'lim qo'riqxonalar faoliyat ko'rsatayotgani, milliy 


312 
madaniyat, san`at va hunarmandchilikning ko'p asrlik an`analari asrab-avaylab 
kelinayotgani xorijliklarning yurtimizga bo'lgan qiziqishini yanada kuchaytirmoqda.
Statistik ma’lumotlar Shuni ko’rsatadiki, 2017 yilda respublikaga tashrif 
buyurgan sayyohlar soni 2 mln. 520 ming nafardan ortiqni tashkil etib, 2016 yilga 
nisbatan 24,3 foizga oshgan. Turizm xizmatlari eksporti esa 2016 yilga nisbatan 24 
foizga oshib 1 mlrd. 557 mln. AQSH dollarni tashkil etmoqda. 
Shuningdek, 2017 yil davomida jami 128 ta turoperatorlik xizmatlarini 
ko’rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, turoperatorlarning bugungi kundagi 
soni 561 tani tashkil qiladi. 
Mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish 
maqsadida, istiqbolda xorijiy investitsiyalar, jahon brendlarini faol jalb qilish, turizm 
sohasida biznes uchun qulay shart sharoitlar yaratishni keng jalb qilgan holda, 
respublikamizning barcha hududida turizm infratuzilmasining zamonaviy ob`yektlari, 
eng 
avvalo, 
mehmonxonalar, 
transport-logistika 
tuzilmalari, 
muhandislik-
kommunikatsiya ob`yektlarini bunyod etish, bu jarayonda yangi ob`yektlarning 
xalqaro andozalar, turistlar talab va ehtiyojlariga to'liq javob berishini inobatga olish 
muhim ahamiyatga ega. 
Xulosa qilib Shuni aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasida ish o‘rinlarini
yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, valyuta 
tushumlarini ko‘paytirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng 
muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun keng salohiyatga 
ega bo‘lgan turizm sohasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlarni amalga 
oshirish kerak. 

Download 7,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish