Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 7
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
300
w
www.oriens.uz
August
2021
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mamlakatimizda yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,
ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga
oshirilgan. Ma`lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy
sohalardagi
ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo`yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari
surgan edi.
Ushbu tashabbusning ijrosini tabiiy fanlar bilan bog‘lab ta’minlash maqsadida
Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti “Kimyo”
kafedrasida
ushbu
tashabbus doirasida talaba yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan
samarali foydalanishni tashkil etishda ekspremental tajribalarni onlayn kuzatib borish
uchun “TDPU Chemistry” nomli telegram kanali ochildi, tabiiy fanlarga bilimlarni
internet tarmoqlari orqali chuquqrroq o‘rganish uchun ilmiy-anjumanlar tashkil etildi
va yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish
bo‘yicha tabiiy fanlarga oid chet el adabiyotlar va o‘zbek adabiyotlari tahlil etilib
kitobxonlik tanlovlari o‘tkazildi.
Shuningdek, beshinchi tashabbus bo‘lmish xotin-qizlarni ish bilan ta`minlash
masalalarini ushbu soha bo‘yicha o‘rganib, taklif mulohazalar ishlab chiqildi va ish
bilan tam‘minlashga jalb etildi.
Mamalakatimizda yangi O‘zbekiston taraqqiyotida
tabiiy fanlardan kimyo
sohasiga bo‘lgan yana bir e’tibor natijasida poytaxtimizning Ulugʻbek shaharchasida
barpo etilishi kutilayotgan ilmiy kimyo klasterini nazarda tutib o‘tsak. Unga koʻra, 60
gektar maydonda maʼmuriy va oʻquv binolari, laboratoriyalar, Oʻzbekiston-Koreya
ilmiy markazi, ilmiy
xodimlar uchun turar joylar, yotoqxona, amfiteatr, bogʻ va
quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi.
XX asrdan boshlab yurtimizda ham kimyo fanining
zamonaviy yetuk olimlari
yetishib chiqa boshladi. Xususan, Zarifa Saidnosirova, Sobir Yunusov,
Karim
Ahmedov, Yunus Toshpo‘latov, Obid Sodiqov, Hamdam Usmonov,
Zokirjon
Salimov, Sayyora Rashidova singari atoqli kimyogar olimlar nafaqat O‘zbekistonning,
balki dunyo ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
Qo’shimcha qilganda, yurtimizda har yili may oyining 31 sanasida
“Kimyogarlar kuni” nishonlanib, ko’rik-tanlovlar, musobaqalar va ilmiy anjumanlar
nishonlanib tashkil etib kelinadi.
Hozirda kimyo fanini o‘qitish va o‘rganish yangi O‘zbekiston
taraqqiy
etishining bir qismi sifatida quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
Kelajagi buyuk O‘zbekistonimiz uchun talabalarni hozirgi zamon kimyo fan
asoslarini ongli ravishda va puxta o‘zlashtirishlariga erishish;