tugatishning o’ziga xos jihatlarini o’rganishgan, N.Lopayeva
esa yuridik shaxslar
bankrotligi masalalarini tadqiq etgan
4
.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish bilan bog’liq munosabatlarni ilmiy-
nazariy jihatdan tadqiq etishda quyidagi huquqshunos olimlarning asarlaridan
foydalanilgan H.R.Rahmonqulov, I.B.Zokirov, O.Oqyulov, F.X.Otaxonov,
N.Lopayeva.
Qayd etmoq lozimki bugungi kunda nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish
va tugatish jarayoni bo’yicha dunyoning ko’pgina olimlari tomonidan ilmiy-
huquqiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, bu borada ma’lum bir
tadqiqotlarni amalga oshirgan chet el huquqshunos olimlaridan L.I.Podtyagaeva,
N.M.Korshunov,
N.D.Eriashvili,
T.V.Yur’eva,
V.F.Gegel,
A.A.Klishin,
V.I.Sinayskiy, G.Yellinek, G.F.Shershenevich va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Yuqorida keltirilgan va boshqa mualliflarning ilmiy asarlari tadqiq etilayotgan
muammoni nazariy tahlil qilishda katta turtki bo’ldi. Uni ishlab chiqishga muayyan
darajada hissa qo’shdi. Lekin bu muammoni (tadqiq etish borasidagi masalalarni)
to’liq yoritib berishda ularni yetarli deb bo’lmaydi. Jumladan, O’zbekiston
Respublikasidagi hozirgi kunda mavjud huquqiy adabiyotlar orasida bevosita
nodavlat notijorat tashkilotlar tugatish va uni amaliyotga tadqib etishni o’rganishga
bag’ishlangan alohida monografik tadqiqot mavjud emas. Ushbu mavzuda
ko’pgina sivilist olimlar ijod qiliganiga qaramay ushbu mavzu hali ham to’la-to’kis
o’rganib chiqilmagan, nodavlat notijorat tashkilotlarini
tugatishni huquqiy
masalalari butunlay ishlab chiqilmagan, shuningdek fuqarolik huquqi, qonun
ijodkorligi va huquqni qo’llash nuqtai nazaridan monografik
darajada kompleks
yondashilmagan. Qolaversa, nodavlat notijorat tashkilotlarni tugatilishining
fuqarolik-huquqiy munosabatlar tizimida tutgan o’rni, qayta tashkil etish
usullarining o’zaro
nisbati va farqli jihatlari, yuridik shaxslar bekor bo’lishining
fuqarolik-huquqiy instituti sifatidagi o’ziga xos belgilari, tugatish usullarini
4
Lopaeva N. Praktika rasmotreniya xozyaystvennim sudom goroda Tashkenta zayavleniy o priznanii doljnikov
bankrotami.//Xozyaystvo i pravo.-Toshkent,1999.- № 11-12.-C69-72.
amaliyotga tadbiq etishdagi mavjud muammolar va ularning ilmiy-nazariy
yechimlari chuqur o’rganilmagan. Shu munosabat
bilan tadqiqot ishida
mamlakatimizning yangi milliy qonunchiligi tizimida hali kompleks jihatdan ilmiy
tadqiq etilmagan nodavlat notijorat tashkilotlarni tugatishning usullari: nodavlat
notijorat tashkilotlarining muassislari, qatnashchilari (a’zolari) qarori asosida
tugatilishi hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining
sud qarori asosida
tugatilishining iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yechimlari tadqiq etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: