1.2
Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishni tartibga soluvchi
qonunchilikning umumiy tahlili.
Bozor iqtisodiyoti, demokratiya va huquqiy davlatni qurish yo’lidan
borayotgan barcha yangi mustaqil davlatlarda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
huquqiy islohotlarning muvvafaqiyati doimo poydevorini mustahkam huquqiy
negizda yaxshi uyushgan va samarali faoliyat ko’rsatadigan nodavlat notijorat
tashkilotlari tashkil etuvchi fuqarolik jamiyatining barpo etilishi bilan bog’liq
bo’lgan.
O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkil etilishi va faoliyat
ko’rsatishi uchun huquqiy asos O’zbekiston hududida kuchga ega bo’lgan
normativ-huquqiy hujjatlar: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, Nodavlat notijorat tashkilotlari
to’g’risidagi maxsus qonun hujjatlari, O’zbekiston Respublikasining boshqa
qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O’zbekiston
Respublikasi Hukumatining qarorlari, ijro etuvchi hokimiyatning normativ
hujjatlari bilan shakllantirilgan.
Xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda
(O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasi), O’zbekiston
Respublikasi fuqarolarning birlashish erkinligiga bo’lgan huquqlari ro’yobga
chiqarilishini ta’minlovchi quyidagi hujjatlarni ratifikasiya qilgan:
•
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi. Bilashgan Millatlar Tashkiloti
Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrdagi 217-sonli Rezolyusiyasi bilan
qabul qilingan va e’lon qilingan.
•
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro pakt. 1976 yil 23
martda kuchga kirgan.
•
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro paktga doir
Bayonnoma.
•
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro pakt. 1976 yil
3 yanvarda kuchga kirgan.
•
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik Kengashining 1975 yil 1 avgustdagi
Yakunlovchi hujjati ( Xel’sinki Yakunlovchi hujjati ).
•
Yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasi. 1990 yilda YXHK Kengashi
tomonidan qabul qilingan.
•
Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to’g’risidagi Konvensiya. 1952 yil 20
dekabrda Nyu Yorkda qabul qilingan.
•
Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini tugatish
to’g’risidagi Konvensiya. 1981 yil 3 sentabrda kuchga kirgan.
•
Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya. 1990 yil 2 sentabrda kuchga
kirgan.
•
Kasaba uyushmalariga birlashishga va jamoa muzokaralarini olib borishga
bo’lgan huquq prinsiplarini qo’llash to’g’risidagi 98 XMT Konvensiyasi. Xalqaro
Mehnat Tashkiloti Bosh Konferensiyasining 32 sessiyasida qabul qilingan. 1951
yil 8 iyulda kuchga kirgan.
•
Korxonalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish ularga
beriladigan imkoniyatlar to’g’risidagi Konvensiya. Xalqaro Mehnat Tashkiloti
Bosh Konferensiyasining 56-sessiyasida qabul qilingan, 1973 30 iyunda kuchga
kirgan.
•
Jamoa muzokaralariga ko’maklashish to’g’risidagi Konvensiya. Xalqaro
Mehnat Tashkiloti Bosh Konferensiyasining 67 sessiyasida qabul qilingan. 1983
yil 11 avgustda kuchga kirgan.
•
Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslarga, shu jumladan diplomatik
agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to’g’risidagi Konvensiya.
1973 yil 14 dekabrda Nyu Yorkda qabul qilingan.
•
Zo’rlab ishlatish va majburiy mehnat to’g’risidagi Konvensiya. 1930 yil 28
iyunda Jenevada Xalqaro Mehnat tashkiloti Bosh Konferensiyasining 14
sessiyasida qabul qilingan.
•
Kasaba uyushmalariga birlashish va jamoa muzokaralarini olib borishga
huquq prinsiplarini qo’llash to’g’risidagi Konvensiya. 1949 yil iyulda Jenevada
Xalqaro Mehnat Tashkiloti Bosh Konferensiyasining 32 sessiyasida qabul
qilingan.
•
Mehnat va mashg’ulotlar sohasidagi kamsitish to’g’risidagi Konvensiya.
1958 yil 25 iyunda Jenevada Xalqaro Mehnat Tashkiloti Bosh Konferensiyasining
42 sessiyasida qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga a’zo
davlatlar o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risidagi Bitim.1996 yil 21 iyunda
Florensiyada imzolangan.
O’zbekiston Respublikasi ma’qullagan xalqaro hujjatlar:
•
Rivojlanishga bo’lgan huquq to’g’risidagi Deklaratsiya.1986 yil 4 dekabrda
Nyu Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 41/128 sonli
Rezolyusiyasiga binoan qabul qilingan.
•
Din yoki e’tiqodlar zamiridagi murosasizlik va kamsitishlarning barcha
shakllarini bartaraf etish to’g’risidagi Deklaratsiya.1981 yil 25 noyabrda
Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
Bosh
Assambleyasining
36/55
sonli
Rezolyusiyasiga binoan qabul qilingan.
•
Xalqaro madaniy hamkorlik prinsiplari Deklarasiyasi. 1966 yil 4 noyabrda
Parijda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ta’lim, fan va ma’daniyat masalalari
bo’yicha Bosh Konferensiyasining 14 sessiyasida qabul qilingan.
Milliy qonunchilikda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yetakchi
o’rin tutadi. Jamoat birlashmalari to’g’risidagi konstitutsiyaviy normalar nodavlat
notijorat tashkilotlari haqidagi maxsus qonunlarning normalariga nisbatan oliy
yuridik kuchga ega. Shu bilan birga, Konstitutsiyasining asosiy qonun sifatidagi
o’ziga xosligi tufayli unda nodavlat notijorat tashkilotlari huquqiy maqomi va
faoliyatining biron-bir tafsiloti yo’q.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-62 moddalarida notijorat
tashkilotlarining bir shakli bo’lgan jamoat birlashmalarining tushunchasi, huquqiy
holati, maqsadlari va ularni tashkil etish tartibi, faoliyati yo’nalishlarining turlari
keltirilgan
21
.
Fuqarolik qonun hujjatlari notijorat tashkiloti ta’rifini o’z ichiga oladi hamda
notijorat va tijorat tashkilotlari o’rtasida farq o’tqazadi. O’zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksi 40, 73-78 moddalarida ham notijorat tashkilotlarini va ularning
ayrim tashkiliy-huquqiy shakllarini tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil
etilishi va tugatilishiga doir asosiy qoidalar ta’riflanadi
22
.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi
Qonuni
23
nodavlat notijorat tashkilotlarining barcha turlari va tashkiliy-huquqiy
shakllari
uchun
bazaviy,
universal
qonunga
aylandi.
Unda
notijorat
tashkilotlarining faoliyati, faoliyatining maqsadlari, huquq va majburiyatlari, ularni
tashkil etish va tugatish haqidagi qoidalarni ta’riflagan. Nodavlat notijorat
tashkilotlari to’g’risidagi Qonun bilan davlat va notijorat tashkilotlari o’rtasidagi
o’zaro munosabatlar tartibga solingan hamda ayrim tashkiliy-huquqiy shakllarga
taalluqli normalar va qoidalar batafsil ishlab chiqilgan.
21
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:”O’zbekiston”, 2003.
22
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi.-T.:Ipak”Sharq,39-50,73-78 betlar.
23
1999 yil 14 aprelda qabul qilingan ,,Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni
“Nodavlat
notijorat
tashkilotlar
to’g’risida”gi
Qonun
O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va nodavlat notijorat tashkilotlarining ayrim
turlarini tartibga soluvchi maxsus qonunlar o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’indir.
Uning o’ziga xosligi shu bilan belgilanadi, xususan:
birinchidan, qonun normalari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi
qoidalariga asoslanadi;
ikkinchidan, mazkur qonun nodavlat notijorat tashkilotlari ayrim turlarining
tashkil etilishi va faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlarga nisbatan umumiy
hisoblanadi;
uchinchidan, bundan buyon maxsus qonunlar chiqarilgunga qadar, nodavlat
notijorat tashkilotlari to’g’risidagi qonun faoliyati hali maxsus qonun bilan tartibga
solinmagan
nodavlat
notijorat
tashkilotlari
ayrim
turlarining,
masalan
muassasalarning huquqiy holatini belgilovchi asosiy qonun hisoblanadi.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi Qonun siyosiy partiyalar,
kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa ayrim nodavlat notijorat
tashkilotlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishiga doir
munosabatlarni tartibga solmaydi.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida” gi Qonunning 3-moddasida
siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa ayrim
nodavlat notijorat tashkilotlari tuzilishining, faoliyatining, qayta tashkil etilishi va
tugatilishining xususiyatlari maxsus qonunlar bilan tartibga solinishi belgilab
qo’yilgan.
Fuqarolarning jamoat birlashmalarini tashkil etishga bo’lgan konstitutsiyaviy
huquqlarini mustahkamlab qo’yuvchi “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi Qonuni (1992 yil 3 iyuldagi, 1997 yil 25 apreldagi, 1997
yil 26 dekabrdagi, 2003 yil 12 dekabrdagi, 2004 yil 30 apreldagi, 2004 yil
apreldagi O’zR qonunlariga binoan kiritilgan o’zgartirishlar bilan), shubhasiz, yana
bir ahamiyatli qonun hujjatidir. Ushbu Qonun jamoat birlashmalari jumlasiga
quyidagilarni kiritadi: siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari,
xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteran va nogironlar tashkilotlari,
ilmiy, texnikaviy, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari va
boshqa ko’ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, fondlar,
assosiasiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari faoliyatiga oid huquqiy
munosabatlarni tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |