Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning fuqarolik huquqiy muammolari


Nodavlat notijorat tashkilotlarining muassislari (qatnashchilari)



Download 394,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana11.03.2022
Hajmi394,55 Kb.
#490076
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatishning fuqarolik huquqiy muammolari

2.2. Nodavlat notijorat tashkilotlarining muassislari (qatnashchilari) 
qarori asosida tugatilishi. 
 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, yuridik shaxsni tugatish, shuningdek nodavlat 
notijorat tashkilotlarni tugatish zamirida doim o’zganing qarori (harakati) yotadi. 
Ushbu harakatning bajaruvchisi bo’lib ushbu yuridik shaxsni tashkil etish haqida 
bevosita qaror chiqargan yoki keyinchalik yuridik shaxsga oid barcha huquqlarni 
qo’lga kiritgan shaxs namoyon bo’ladi. Shu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksining 53-moddasida yuridik shaxsni tugatishdagi dastlabki asosni 
unig ta’sischi (ishtirokchi)larining yoki ta’sis hujjatlarida vakolati ko’rsatilgan 


yuridik shaxs organi qarori birinchi asos sifatida belgilangan. Shuningdek, ushbu 
moddada ayrim holatlarda yuridik shaxsni tugatish to’g’risida qaror chiqarishi 
mumkinligi bayon etilgan (yuridik shaxsning amal qilish muddatining tugashi, uni 
tashkil etishdan ko’zlangan maqsadga erishilganligi munosabati va hokazolar). 
Huquqiy adabiyotlarda ba’zi mualliflar yuqorida keltirilgan holatlarni yuridik 
shaxslarni tugatish asoslari deb e’tirof etishadi
30
. Ma’lumki, fuqarolik huquqi 
ta’limoti va qonunchiligida “asos” termini fuqarolik huquqiy munosabatlarning, 
ya’ni huquq va burchlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi 
yuridik faktlarni nazarda tutadi. Misol uchun, nodavlat notijorat tashkilotining 
amal qilish muddatining tugashi, bu holat, ya’ni ushbu hodisa uning ta’sischi 
(muassis)larida bu yuridik shaxsni tugatish to’g’risida qaror chiqarish huquqini 
keltirib chiqaradi. Biroq, bunday imkoniyat yuridik shaxsni tugatish haqida qaror 
chiqarishga vakolatli bo’lgan muassislarda bunday holatlar ro’y berishiga qadar 
bo’lgan. Lekin, bunday holatlarning ro’y berishi huquqni emas, balki tugatish 
haqida qaror chiqarish majburiyatini keltirib chiqaradi. Ammo bu ham ushbu 
holatni to’liq bayon etmaydi, holbuki ta’sischi (muassis)lar yoki yuridik shaxsning 
organiga hech kim ta’sis hujjatiga o’zgartirish kiritish va yuridik shaxs amal qilish 
muddatini uzaytirish hamda faoliyat maqsadini o’zgartirishini ta’qiqlay olmaydi. 
Agar ta’sischi (muassis)lar yoxud yuridik shaxs organi sanab o’tilgan 
choralarni qo’llamasa, va masalan ro’yxatga oluvchi organ ushbu yuridik shaxs 
qonunchilikni buzayotgan tashkilot sifatida uni tugatish haqidagi talab bilan sudga 
murojaat qilsa, tugatish haqidagi ushbu arzni olgandan so’ng ta’sischilarda ta’sis 
hujjatiga yuridik shaxsning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risidagi 
o’zgartirishni kiritishdan o’zga hojat qolmaydi. Muassislar tomonidan ushbu 
o’zgartirish kiritilmasa ham, bu harakatlar tugatish haqidagi arzni tan olganligidan 
dalolat beradi hamda bu vaziyatda tugatish ta’sischi (muassis)lar yoki yuridik 
shaxs organining o’z ixtiyori bo’lib hisoblanadi. Shu boisdan ham, huquqni 
30
Qarang: Nauchno prakticheskiy kommentariy k Grajdanskomu kodeksu RF, chasti pervoy/pod.red.V.P.Mozolina, 
M.N.Maelinoy.-M.:2004. 118-s. ; A.A.Meshichkov Grajdansko-pravovoe regulirovanie prekrashenie yuridicheskix 
lis.dis.kand.yur.nauk.M.:,1997.57-s.


qo’llash amaliyotida ushbu “asoslar” bilan tugatilgan yuridik shaxslar haqidagi 
ko’rib chiqilgan arzlarni uchratish mushkul.
Shu yo’sinda ayrim holatlarning vujudga kelishi vaqtida yuridik shaxsni 
tugatish haqida qaror chiqarilganda, bu holat ixtiyoriy tugatish sirasiga kiritilishi 
mumkin emas. O’z-o’zidan ixtiyoriy tugatish asosi o’z ichki tabiatidan o’ziga zid 
bo’lib, agar tugatish ixtiyoriy, ya’ni o’z erki bilan bo’lsa, uning asosi bo’lib 
qonunda belgilangan tartibda faqat uning muassislari yoki yuridik shaxs-nodavlat 
notijorat tashkilotining inon-ixtiyori hisoblanadi hamda bu yuridik shaxsning 
ixtiyoriy tugatilishi asosida yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan huquqiy 
harakat bo’lib yuridik akt xizmat qilishini ifodalaydi. 
O’z navbatida yuridik faktlar haqidagi umumiy ta’limotlardan fuqarolik 
huquqida huquqiy shartnomalar bir tomonlama, ikki tomonlama va ko’p 
tomonlama shartnomalar turlariga ajratiladi. Turli huquqiy shakllardagi yuridik 
shaxslarning ixtiyoriy tugatilishi asoslarini tahlil qilinganda ixtiyoriy tugatish 
asoslari bir tomonlama bitim va shartnomalar bo’lishi mumkinligi ayon bo’ldi. Bu 
shu bilan izohlanadiki, ba’zi yuridik shaxslarning faoliyati ikki yoki ko’p 
tomonlama shartnoma (ta’sis shartnomasi(bitimi))asosida olib boriladi, garchi 
bitimning tasdiqlanishi bir tomonlama bitimga mos bo’lsada, boshqa yuridik 
shaxslar esa ta’sis shartnomasi bilan bir vaqtning o’zida ustav asosida ham faoliyat 
olib boradi. Shu asnoda, ta’sis shartnomasi ta’sis hujjatlaridan biri bo’lgan yuridik 
shaxslarni tugatish bo’lib ushbu shartnomani bekor qilishni o’zida ifodalaydi. 
Shuning uchun ham qonunchilik bu turkumdagi yuridik shaxslarni tugatish bir 
ovozdan ta’sischi (muassis)larning tugatish haqidagi qarori bilan amalga 
oshirilishini ko’zda tutadi. Avvalambor, ushbu jarayon yuridik shaxsning faoliyat 
olib 
borishida 
bevosita 
qatnashayotgan 
muhim 
ishtirokchilari 
mavjud 
tashkilotlarga xosdir. Ushbu turga klassik misol bo’lib rim xususiy huquqi 
davridan hozirga qadar shaxsiy element mulkiy ishtirokni keltiradigan to’liq 
sherikchilik tashkilotlari misol bo’ladi. Umumiy qoidalar asosida bunday turdagi 
yuridik shaxs ishtirokchilari shaxsiy tarkibining o’zgarishi ushbu yuridik shaxs 


tugatilishiga olib keladi. Aynan shuning uchun ushbu yuridik shaxsni tugatish 
haqidagi qaror barcha ishtirokchilarning umumiy roziligi asosida chiqariladi. 
Demak bundandan ayon bo’ladiki, tugatish to’g’risidagi qaror ushbu holatda ko’p 
tomonlama bitim (shartnoma) bo’lib hisoblanadi. 
Yuridik shaxsni tugatish to’g’risidagi qaror ishtirokchilar tomonidan emas, 
balki uning organi tomonidan chiqarilganda, qonunchilik yuridik shaxs 
tugatilishidan norozi bo’lgan ishtirokchilarga ayrim kafolatlarni: birinchidan, 
tugatish to’g’risidagi qaror uning organi-ishtirokchilarining umumiy yig’ilishi 
tomonidan chiqariladi, shuning uchun ham ishtirokchilarning har biri tugatish 
haqidagi qarorning muhokamasi va qabul qilinishida ishtirok etish huquqiga 
haqlidir; ikkinchidan, ushbu qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi (3/4,boshqa 
iste’molchi kooperativlarida 2/3, boshqa hollarda oddiy ko’pchilik) va nihoyat 
ushbu qaror sudda shikoyat qilinishi mumkin
31

Ushbu qonunlarda tugatish to’g’risidagi qaror sudda shikoyat qilinishi 
mumkinligi e’tirof etilgan bo’lsada, aslida qarordan norozi yuridik shaxs 
ishtirokchisi sudga shikoyat bilan emas, aksincha ushbu qarorni noqonuniy deb 
topish to’g’risidagi arz bilan murojaat qilishi lozim, holbuki qonunchilikda yuridik 
shaxs qarorlarini ma’muriy tartibda ko’rib chiqilishi tartibi nazarda tutilmagan
32

Ushbu holat yuridik shaxs chiqargan qarorni bitim sifatida qarash lozimligini 
anglatadi. 
Yuqorida keltirilgan barcha fikrlarni korporativ turdagi barcha yuridik 
shaxslar-ijtimoiy va diniy tashkilotlar (uyushmalar), nodavlat notijorat tashkilotlari 
assosiasiya va ittifoqlarini misol qilib keltirsa bo’lar edi, ammo muhim bir 
vaziyatni nazardan qochirmaslik lozim. Gap shundaki, yuridik shaxslarni tugatish 
haqidagi qarorning huquqiy tabiatini o’rganishda ba’zi yuridik shaxslarda tugatish 
31
Qarang: FZ «O nekommercheskix organizasiy»//sobranie zakonadatel'stvo RF,No3; Z SSSR ot 9 oktyabrya 1990 
goda No 1708-1«Ob obshestvenniv ob'edineniyax»//Vedomosti SND i VS SSSR,1990, No42.
32
Punkt 8 Postanovlenie PVS RF ot 20 yanvarya 2003 goda No2 «O nekotorix voprosax, voznikshix v svyazi s 
prinyatiem i ivvedeniem v deystvie Grajdanskogo prosessualnogo Kodeksa Rossiyskoy Federatsiy»//.Byulleten' 
Verxovnogo Suda RF, 2003, No 3, punkti 24-27. Postavobleniya PVAS RF ot 18 noyabrya 2003 goda No19 « O 
nekotorix voprosax primeneniya Federal'nogo zakona «Ob aksionernix obshestvax»//Vestnik VAS, 2004, No 1. 


jarayonida mulkiy ishtirokka qaraganda, ishtirokchi, muassisning ishtiroki muhim 
bo’lsa, boshqa yuridik tashkilotlarda esa aksincha muassisning ishtirokchiligi 
emas, balki uning tashkilotdagi mulkiy ahvoli asosiy o’rinni egallaydi. Birinchi 
holatda tugatish to’g’risidagi qaror barcha ishtirokchilar tomonidan bir ovoz bilan 
qabul qilinsa, ikkinchi holatda esa yuridik shaxs organining o’zi tomonidan qabul 
qilinadi.

Download 394,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish