O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

 
 
65-mashq

Savollarga yozma javob bеring

1.
Dеhqon kim? U nima ish bilan shug‘ullanadi? 
2.
Dеhqon – paxtakor. Dеhqon yana kim bo‘lishi mumkin? 
3.
Ip yigiruvchi kim? U qayеrda ishlaydi? 
4.
To‘qimachilik kombinatida kimlar ishlaydi? 
5.
Bichuvchilik va tikuvchilik kasbi bilan shug‘ullanadiganlarni kim dеb ataydilar? 
6.
Do‘konlarda kimlar ishlaydi? Mahsulotlarni xarid qiluvchilarni kim dеb ataydilar?
 
9-MAVZU. ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY 
KUTUBXONASI. ERKIN VA TURG’UN BIRIKMALAR
Og‘zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini 
izohlash. Matnga munosabat bildirib so‘zlash.
Yozma nutq:
Universitet kutubxonasi haqida matn tuzish. Elektron kutubxona bilan 
ishlash bo‘yicha tavsiyalar yozish. Badiiy asarlarga bag‘ishlangan internet saytlarining 
ro‘yxatini tuzish.
Grammatika:
Erkin va turg’un birikmalar. 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 1870-yilda asos
solingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-fevraldagi «Ilmiy-tadqiqot 
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi va Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi 
negizida tashkil qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi uzoq 
tarixga ega. Turkiston general gubernatori K.P.Kaufman 1867-yil16-avgustda Xalq maorifi 
vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ommaviy kutubxonaga, Geografiya jamiyatiga, Rossiya Bosh 
bosh shtabiga kutubxona tashkil etishga va kitob omborlaridan dublet nusxali nashrlarni
berish bilan yangi kutubxona asosini yaratishga yordam berishni so‘rab murojaat qildi. Shu 
davr kutubxona tarixining boshlanishdavri edi. 1870-yil mayida
bo‘lajak Toshkent ommaviy kutubxonasining yadrosini tashkil qilgan 2200 dan ko‘proq jild 
(200 nomdagi) nashr yig‘ilgan edi, bu ommaviy kutubxonani ochishga imkon berdi. 
O‘lkaning katta bilimdoni va kuchli bibliofil, kutubxonaning birinchi direktori 
N.V.Dmitrovskiy (1841– 1910) o‘zining serg‘ayrat faoliyati bilan Toshkent ommaviy 
kutubxonasi tarixida uning ravnaqi uchun muhim rol o‘ynadi. Kutubxona Markaziy Osiyo 
mintaqasidagi yirik va qadimgi kitob saqlash maskanlaridan biri bo‘lib, 28 nomdagi turli 
noan'anaviy xizmatlarni ko‘rsatadi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
axborot va madaniy-ma’rifiy muassasa bo‘lib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy tadqiqot, 
ilmiy-metodik va axborot faoliyatini olib boradi. Kutubxona fondi mazmunan universal milliy 
va xorijiy matbuotning noyob to‘plamidir. Kutubxona faoliyatining bosh maqsadi, butun 
insoniyat bilimini aks ettirgan, avvalo, O‘zbekistonga va uning milliy manfaatlariga taalluqli 
hujjatlarning universal fondini yig‘ish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taq dim 
etishdir. Noyob va nodir nashrlar fondi kutubxona kitob kolleksiyasining faxridir, u 250 


74 
mingdan ortiq nashrdan iborat. Ularning 15 mingdan ortig‘i nodir kitoblar hamda
qo‘lyozmalardir.
Kutubxonaning o‘ta noyob to‘plamida O‘rta Osiyoning 1917-yilgacha bo‘lgan
tarixi, etnografiyasi, madaniyati va geografiyasiga oid o‘ziga xos ensiklopediya bo‘lgan 594 
tomlik noyob «Turkiston to‘plami» hamda A.P.Kun tuzgan 4 qismdan iborat 10 tomlik 1200 
noyob fotosuratlarni o‘z ichiga olgan Turkiston o‘lkasi aholisining turmush tarzi, urf-
odatlari to‘g‘risidagi «Turkiston albomi» alohida o‘rin egallaydi. Respublika tarixi bo‘yicha
XIX asrning oxiri XX asrning birinchi choragidagi
o‘lkashunoslik mavzusidagi adabiyotlar, birinchi Turkiston litografik, vaqtli nashrlari, 
qo‘lyozma kitoblar kolleksiyasi, muqaddas kitob–Qur'onning turli nashrlari tadqiqotchilar 
uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Kutubxonada qadimiy rus kitoblaridan XVI asr matbaa san'ati 
yodgorligi, Ivan Fedorov tomonidan 1581-yilda Ostrog shahrida bosilgan «Ostrojskaya 
bibliya» kitobi, 1647-yilda Moskvada cherkov-slavyan shrifti bilan bosilgan dunyoviy 
mazmundagi «Uchenie i xitrost ratnogo stroeniya pexotnыx lyudey» birinchi rus kitobi, Petr 
davri kitoblari–Leontiy Magnitskiyning «Arifmetika»si (1703-yil), Buyuk Petr davri 
«Xmochnovskaya rukopis» va boshqalar mavjud. G‘arbiy yevropa kitoblarining nodir 
kolleksiyasida 1489-yilda Nyurnbergda bosilgan «Devyataya Nemetskaya bibliya» 
inkunabuli, B.Erbeloning 1697-yilda Parijda nashr qilingan «Vostochnaya biblioteka»si 
mavjud.
Buyuk ajdodlarimiz Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin
Naqshbandiy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo 
Ulug‘bek, Bobur asarlari kutubxona fondida ko‘z qorachig‘idek saqlanmoqda. Cho‘lpon, 
Fitrat, U.Nosir, Hamza, G‘.G‘ulom, A.Qahhor va boshqa ijodkorlarning hayotligida chop
etilgan asarlarning ilk nashrlari, rus adiblari A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, A.P.Chexov, 
A.N.Tolstoylarning asarlari bebahodir. Xorijiy tillardagi adabiyotlar fondi 75 dan ziyod 
tillardagi ijtimoiy-siyosiy, gumanitar, tabiiy-ilmiy va texnika masalalariga oid nashrlar
bo‘lib, bugungi kunda 350 mingdan ortiq nusxani tashkil etadi. Kutubxonaning San'at
bo‘limi o‘ziga xos notali-musiqaviy asarlar to‘plamini, o‘zbek
klassik va jahon musiqasi gramplastinka yozuvlarini, 150 mingdan ortiq tasviriy va
amaliy san'at nashrlarini jamlagan. Texnikaga doir adabiyotlar (2 mln.dan ortiq nusxada) ham 
mazmuniga ko‘ra o‘ziga xos
bo‘lib, me’moriy-texnik hujjatlar, sanoat kataloglari (qog‘ozda) to‘plami (33700 nusxadan 
ortiq)dir. Avtomatlashtirish yangi axborot texnologiyalari bo‘limi yagona avtomatlashgan 
kutubxona tizimini qo‘llaydi va rivojlantiradi, elektron katalog hamda elektron ma’lumotlar 
bazasini yaratishda metodik yordam beradi. Kutubxona o‘z nashriyot va bosmaxonasiga ega 
bo‘lib, noshirlik hamda matbaa faoliyati bilan shug‘ullanadi.
1988-yildan kutubxonachilik jarayonini avtomatlashtirishga, 1999-yildan Rossiya 
Davlat Ilmiy texnika kutubxonasining IRBIS avtomatlashtirilgan axborot dasturidan 
foydalangan holda vatanimiz va chet el yangi nashrlarining elektron katalogini yaratishga
kirishildi. Kutubxonaning elektron katalogi bugungi kunda 25 mingdan ortiq yangi 
adabiyotlarning bibliografik yozuvlari va davriy nashrlarning analitik yozuvlarini
saqlaydi. Kutubxona o‘z ma’lumotlar bazasini yaratmoqda va “Curret Content”,
“MicroMedex”, “Medine”, EBSCO va ma’lumot bazalari bilan ishlash imkoniyatidan unumli 
foydalanmoqda. Kutubxona 1923-yildan boshlab bosma asarlardan majburiy nusxa ola 
boshlagan. 1948-yilda kutubxonaga Alisher Navoiy nomi berilgan. Kutubxona 1956-yildan
buyon xalqaro kitob almashuvini amalga oshirib, uning sheriklari jahonning 24
mamlakatidan 30 dan ortiq tashkilotlardir. Kutubxona yirik xalqaro kutubxonachilik
tashkilotlari: IFLA, yevroOsiyo kutubxonalar Assotsiatsiyasi, elektron kutubxonalar va
yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilar xalqaro 
Assotsiatsiyasining a’zosi. Kutubxona ko‘plab xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar bilan,
shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan chet mamlakatlarning elchixonalari
bilan mustahkam ijodiy aloqalar o‘rnatgan bo‘lib, madaniyati, diniy qarashlari va tarixiy


75 
ildizlari turlicha bo‘lgan xalqlarning yaqinlashishiga o‘zining hissasini qo‘shmoqda. Hozirgi 
kunda kutubxona fondi jahonning 75 tillaridagi deyarli 10 mln. nusxaga yetgan.
Kutubxona 
respublikamizdagi 
barcha 
kutubxonalarga 
kutubxonashunoslik, 
bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohalari bo‘yicha metodik rahbarlik qiladi. 
“Kitobxonlik kuni” bayrami 2005- yildan “Mutolaa bayrami” debnomlana boshlandi. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish