GRAMMATIKA:
IBORALARNING TURLARI VA USLUBIY XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Ijobiy va salbiy bo’yoqli iboralar.
2. Iboralarning o’ziga xos xususiyatlari.
3. Iboralarning uslubiy xususiyatlari.
Tilning lug‘at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan yana biri iboralardir.
Ibora
ikki va
undan ortiq so‘zlardan tarkib topgan lug‘aviy birlik bo‘lib, xuddi so‘z kabi lug‘aviy ma’noni
anglatadi. Masalan,
Xamirdan qil su
g‘
urganday
iborasi «osonlik bilan», «qiyinchiliksiz»
ma’nosini,
ko‘ngil bermoq
iborasi «sevmoq» ma’nosini,
qo‘y o
g‘
zidan cho‘p olmagan
iborasi
«yuvosh» ma’nosini bildiradi.
Xuddi so‘z kabi yaxlit bir ma’noni anglatadigan bunday til birligi
frazeologik birlik
yoki
frazeologizm
deyiladi.
Ibora – frazema
frazeologik birlik sifatida
frazeologiya
bo‘limida o‘rganiladi. Ibora
tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasiga o‘xshab ketsa ham nutq birligi sanalgan bunday birliklardan
tamoman farq qiladi. U so‘z birikmasi kabi har gal nutqning o‘zidagina yuzaga kelmaydi. Til
birligi sifatida nutqqacha tayyor holda mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra iboralarni tilshunoslikda
turg‘un so‘z birikmasi deb ham yuritiladi.
Masalan,
katta gapirmoq, gapni bir joyga quymoq,
tirnoq orasidan kir izlamoq, tomdan tarasha tushganday, aravani quruq olib qochmoq.
So‘z birikmasining tarkibidagi so‘zlar o‘z leksik ma’no mustaqilligini saqlagan bo‘ladi.
Iboraning tarkibidagi so‘zlar esa o‘z leksik ma’nosi bilan qatnashmaydi, ma’nosini yo‘qotgan
bo‘ladi. Ba’zan ibora so‘z birikmasi bilan shaklan teng kelib qolishi mumkin. Bunday holatda
ibora turg‘un birikma sifatida erkin birikma bilan omonimik holatda bo‘ladi. Quyidagi gaplar
tarkibida kelgan turg‘un va erkin birikmalarni qiyoslang: 1.Qiyiq ro‘moli bilan
belini mahkam
bo
g‘
lab olgan
yigit ishga kirishdi. 2.Ish og‘ir.
Belni mahkam bo
g‘
lamasangiz
, qiyin bo‘ladi
(O.Yoqubov). 3.Bola qoqilib yiqildi, u
labini tishlab oldi
. 4.Xadicha xola gapni qo‘zgashga
qo‘zg‘adi-yu, lekin o‘g‘lining avzoyi buzilganini sezib,
labini tishladi
(H.Nazir).
Iboralar ham so‘zlar kabi ifoda va ma’no butunligiga ega. So‘zning ifodaviy tomonini
tovushlar tashkil etsa, iboraning ifoda tomonini esa so‘zlar tashkil etadi.
Qiyoslang:
Farzand –
ko‘zining oqu qorasi, ulu
g‘
lamoq – ko‘kka ko‘tarmoq.
Ibora o‘ziga xos ma’no tomoniga ham ega. Iboradan anglashiladigan ma’no uning
tarkibidagi so‘zlardan anglashiladigan ma’nolarning oddiy yig‘indisi bo‘lmay umumlashma,
obrazli, ko‘chma ma’no sifatida gavdalanadi.
Masalan,
Yo‘qlab kelibsan, boshim osmonga etdi
(A.Muxtor). Bu gapdagi
boshi osmonga etmoq
iborasining «xursand bo‘lmoq» ma’nosi
Do'stlaringiz bilan baham: |