Maxsus pedogogika 2016. indd


Bolalar  ishlarini,  ta’lim-tarbiya  muassasalari  hujjatlarini



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/102
Sana12.05.2020
Hajmi0,57 Mb.
#48999
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102
Bog'liq
maxsus pedagogika (1)

Bolalar  ishlarini,  ta’lim-tarbiya  muassasalari  hujjatlarini 

o‘rganish  metodi.  Pedagogik  hujjatlarni  o‘rganish  tadqiq  eti-

layotgan ob’ekt haqida turli axborotni olish imkonini beradi. 

Axborot  manbaalari  qatoriga  xalq  ta’limi  organlari,  maktab-

gacha  ta’lim  muassasalari,  maktab  raxbarlari,  surdopedagog 

tarbiyachilar,  o‘qituvchilarning  rejalari  va  hisobotlari,  dav-

lat  ta’lim  talablari  va  o‘quv  dasturlar,  mashg‘ulotlar  ishlan-

malari,  kundalik  va  sinf  jurnallari,  badiiy  va  texnik  ijodiyot 

natijalari  kiradi.  Bu  materiallarni  o‘rganish  tadqiqotchining 

kuzatishlari  natijalarini  to‘ldiradi,  yangi  faktlarni  aniqlashga 

ko‘maklashadi.

Eshitishda  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  ijodiy  faoliyatining 

mahsulotlari,  masalan,  rasm,  yasalgan  buyumlar,  qurilgan 

narsalarga qarab, bolalarning psixik jarayonlari: diqqati, xoti-

rasi, idroki, tafakkurining saviyasi, qo‘l motorikasi va mehnat 

malakalarining holati haqida  hulosa qilish  mumkin. Eshitish 

qobiliyati  buzilgan  bolalarning  amaliy  faoliyatining  natijalari 

bolalarning alohida xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. 

Bolalarning avval chizilgan rasmlari, plastilin va tabiiy materi-

allardan yasalgan buyumlarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish, bo-

lalarga berilgan topshiriqlar qay darajada murakkablashib bor-

ganini, tasviriy faoliyati qanday rivojlanib borganini aniqlashga 

hamda ular bilan olib boriladigan keyinggi ishlarni belgilashga 

yordam beradi.

Suhbat  –  sinov  o‘tkazilayotganlar  bilan  avvaldan  puxta 

o‘ylangan  savollar  yordamida  bevosita,  jonli  muomaladir.  U 

yakka  tartibdagi  va  jamoa  tarzidagi  suhbat  bo‘lishi  mumkin. 

Suhbat intervyudan ( bir tomonlama suhbatdan; unda tashab-

buskor kishi savollar beradi, suhbatdosh esa javob qaytaradi) 

shu bilan farqlanadiki, suhbat ikki tomonlama aloqa o‘rnatishni 




56

57

va  o‘zaro  xayrixohlikni  nazarda  tutadi.  Suhbat  metodi  bola-



larning qiziqishlarini, ularning tasavvurlarini, munosabatlarini, 

bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashga yordam beradi

 Suhbat o‘tkazish uchun maqsadni belgilash, dasturni ish-

lab chiqish, savollarni, ularning ketma-ketligini puxta o‘ylash 

zarur. Suhbat aksariyat hollarda pedagoglar va ota-onalar bi-

lan o‘tkazilib, bolalarning rivojlanishi, o‘ziga xos xususiyatlari 

haqida  ma’lumot  to‘plashga  xizmat  qiladi.  Kichik  yoshdagi 

bolalar bilan suhbat o‘tkazish yaxshi samara bermaydi. Katta 

maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilgan suhbat ma-

teriallari kuzatish, psixolog-pedagogik hujjatlarni tahlil qilish, 

pedagog va ota-onalar bilan suhbat qurish chog‘ida to‘plangan 

axborotlar  bilan  tasdiqlanishi  kerak.  Mazkur  metodning  sa-

maradorligi suhbat maqsadining qo‘yilishi, savollarning to‘g‘ri 

belgilanishi, javoblarning to‘g‘ri belgilanishi va tahlil qilinishi-

ga bog‘liqdir.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish