280-modda. Yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni
o‘zgartirishga doir nizolarni ko‘rib chiqish
Xodimga yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o‘zgartirishga doir
mehnat nizolari ish beruvchi va tegishli kasaba uyushmasi organi yoki xodimlarning boshqa
vakillik organi tomonidan hal qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 88-moddasi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning qoidalarini,
shuningdek yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi
mehnat shartnomasi majburiyatlarini qo‘llanish masalalariga doir mehnat nizolari xodimning
tanlashiga muvofiq mehnat nizolari komissiyasida yoki sudda ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |