277-modda. Xodimlarni sud xarajatlaridan ozod qilish
Xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha
sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 329-moddasining birinchi qismining 13, 19 va
26-bandlari.
278-modda. Mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarning qaroriga binoan to‘langan
summalarni qayta undirib olishdagi cheklovlar
Mehnat nizolari yuzasidan mehnat nizolari komissiyasi chiqargan qaror, shuningdek
sud chiqargan qaror asosida to‘langan summalarni, basharti qaror xodimning bergan yolg‘on
ma’lumotlariga yoki taqdim etgan soxta hujjatlariga asosan qabul qilingan bo‘lib, pirovardida u
nazorat tartibida bekor qilingan hollardagina, xodimdan qayta undirishga yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |