XV BOB. MEHNAT NIZOLARI
259-modda. Yakka mehnat nizolarining taraflari va mazmuni
Yakka mehnat nizolari — bu ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi
qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat
shartlarini qo‘llanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir. Bunday hollarda nizoning
xodim manfaatini ifoda etuvchi tarafi bo‘lib xodimlarning vakillik organi ishtirok etishi
mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21 va 22-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba
uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |