263-modda. Mehnat nizolari komissiyasining vakolati
Basharti xodim kelishmovchilikni mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi
yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi ishtirokida ish beruvchi bilan bevosita olib borgan
muzokaralarida hal eta olmagan bo‘lsa, mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rib
chiqiladi.
Mehnat nizolari komissiyasi yakka mehnat nizolarini ko‘radi, ko‘rib chiqishning
o‘zgacha tartibi belgilangan mehnat nizolari (269, 276-moddalar) bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |