257-modda. O‘quv yurti joylashgan yerga borish uchun haq to‘lashdagi imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchi oliy o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-
imtihon sessiyasida qatnashish maqsadida o‘quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan
qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘l kiraning ellik foizdan kam bo‘lmagan qiymatini
to‘laydi.
(257-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-239-sonli Qonuni tahririda
— O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 554-modda)
Diplom loyihasi (ishi) tayyorlash va uni yoqlash yoki bitiruv imtihonlarini topshirish
uchun borib kelinganda ham shunday miqdorda yo‘l kira to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |