Mujassamlangan xabarlovchilarning xalaqit va
imitoturg‘unligini ta’minlash
Xabarlovchilarning yolg‘on ishlashini oldini olish uchun qu-
yidagilar bajarilishi kerak:
1. Himoya qilinayotgan xonada ventilatsiya qurilmalari
o‘chirilib, deraza, eshiklar yopilgan bo‘lishi va xonada qush va
jonivorlar bo‘lmasligi kerak.
2. Xabarlovchilarga avtomobil chiroqlari va quyosh nurlari
tushishi oldi olinishi kerak.
3. O‘YCh kanalini aniqlash chegarasi himoya zonasidan
tashqariga chiqishi tavsiya qilinmaydi.
4. Agar xonada bir necha xil mujassamlangan xabarlovchi-
lar qo‘llanilsa, ular orasidagi masofa texnik hujjatlarda belgi-
langan chegarada bo‘lishi kerak. Bir xonada mujassamlangan va
radioto‘lqinli xabarlovchilar qo‘llanilsa, yuqoridagi shartlar baja-
rilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |